Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Xushxabar: Shovotdagi "Arab bobo" jome masjidining yangi binosi ochildi (Foto+)

22.08.2024   38717   1 min.
Xushxabar: Shovotdagi

Bugun, 22 avgust kuni Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Shovotdagi "Arab bobo" jome masjidining yangidan qurib bitkazilgan binosining ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, "Imom Faxriddin ar-Roziy" bilim yurti mudiri Davronbek domla Abduqodirov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, mutasaddilar, mahalla ahli jam bo‘lishdi. 

Marosimda Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, Haq taolodan yangi masjid xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlashda hidoyat va ziyo maskani bo‘lib ko‘p yillar xizmat qilishini so‘rab, bu ezgu ishga hissa qo‘shgan barchaning haqqiga duolar qilindi. 

  Ma’lumot o‘rnida mazkur masjid qurilishi 2022 yil boshlangan bo‘lib, homiylar va mahalla ahli ko‘magida bunyod etildi. Masjidda namozxonlar uchun barcha sharoitlar hozirlangan. 1500–1600 nafar nomozxon bemalol ibodatlarini ado etishi mumkin. 

Majmuaning umumiy maydoni yarim gektar. Xonaqoh ikki qavatli bo‘lib, gumbazning balandligi 23 metr va  aylanasi 33 metrni tashkil etadi. Tahoratxona bir vaqtda  20 dan oshiq namozxonga xizmat ko‘rsatadi. Majmuada imom-xatib, qabulxona va boshqa zaruriy xonalar va  ma’muriy binolari mavjud. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi Xushxabar: Shovotdagi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kech uxlash umrni qisqartiradi

25.08.2026   80   1 min.
Kech uxlash umrni qisqartiradi

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 58 foizi uyqusizlikdan aziyat chekmoqda. Buning birinchi sababi gadjetlar doimiy tomosha qilish oqibatida kechki soat 23:00 dan keyin uxlashga odatlanishdir. 
 

Kech uxlash sog‘liqqa bir qancha xavf tug‘diradi.


Jigar va boshqa a’zolar o‘zini tiklay olmaydi. Inson organizmidagi barcha a’zolar tunda, ayniqsa, soat 22:00–02:00 oralig‘ida faol tiklanish jarayoniga kirishadi. Xususan, jigar soat 23:00 dan keyin tanani faol tozalash (detoksikatsiya) vazifasini bajaradi. Agar inson u paytda uxlamagan bo‘lsa, vazifa to‘liq bajarilmaydi. Bu esa charchoq, bezovtalik, tushkunlikka olib keladi.


Gormonlar muvozanati buziladi. Uyqu vaqtida, ayniqsa, soat 22:00–01:00 orasida o‘sish gormoni (melatonin va somatotropin) ishlab chiqariladi. Bu gormonlar immunitetni ko‘tarish, teri va hujayralarni tik lash, stressni kamaytirishga xizmat qiladi. Agar uxlash kechiksa, bu gormonlar kama yib boradi.


Aqliy faoliyat susayadi. E’tiborni jamlash, eslab qolish qobiliyatining pasayishi aynan o‘z vaqtida uxlamaslik bilan bog‘liq. Oqibatda ish unumdorligi yomonlashib, sifatli o‘qishga ham salbiy ta’sir qiladi.


Ruhiy muvozanat buziladi. Soat 23:00 dan keyin uxlaydigan insonlarda depressiya, qo‘rquv, ruhiy zaifliklar ko‘p kuzatiladi.


Yurak urish muvozanati yomonlashadi.


So‘nggi yillarda yurakqon tomir kasalliklari ham ko‘payib, ham “yosharib bormoqda”. Kam va o‘z vaqtida uxlamaslik yurakni zo‘riqtirib, umrning qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Yurakni davolash uchun o‘z vaqtida uxlash kerak.


Eng foydali uyqu esa soat 22:00 dan 05:00 gacha bo‘ladi. Chunki aynan shu soatlarda uyqu fazalari mukammal kechadi.


Internet manbalari asosida tayyorlandi.

“Hidoyat” jurnalining 2025 yil 8-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

O'zbekiston yangiliklari