Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi

26.08.2024   13694   3 min.
Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi

Bugun, 26 avgust kuni Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” VIII xalqaro kongressi muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur nufuzli tadbirda 4 kun davomida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish hamda Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining joriy va kelajakka mo‘ljallangan rejalari, muhim loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tgani uning amaliy ahamiyatini oshirdi.

Uch yuzdan ziyod ishtirokchi qatnashgan kongressda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, xorijlik TURKSOY xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev, Xalqaro Turkiy Akademiyasi prezidenti, akademik Shayn Mustafoyev kabilar ham ishtirok etib, nutq so‘zladilar. 

Bundan 7 yil muqaddam Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimizda Uchinchi uyg‘onish davri poydevorini barpo etish uchun katta asos bo‘ldi. Davlatimiz rahbari ushbu markazga tashriflari chog‘ida majmuani ko‘rkam va sifatli qilib qurish bilan birga, uning mazmuniga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, markaz xalqimizning ma’naviy qudrati qay darajada ekanini ko‘rsatish kerakligini ham alohida qayd etdilar.

Shu bois, ushbu muassasaga yurtimizning ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi va Islom dinining mazmun-mohiyatini keng yoyish kabi vazifalar yuklatildi.

O‘tgan davrda markazda ilmiy izlanishlar olib borildi, ajdodlarimizning asarlari tadqiq qilinib, tarjimalar amalga oshirildi. Birgina misol sifatida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasida 70 jildlik kitob-albomlar nashr qilinib, eng mashhur kutubxonalar, oliygoh va muzeylar, ilm maskanlariga yetkazib berildi. Ana shu ishlarning uzviy davomi sifatida ushbu anjuman kunlarida yana 10 ta yangi jild taqdimoti o‘tkazilgani quvonchli voqea bo‘ldi.

Xalqaro tadbirga tashrif buyurgan dunyoning 35 ta davlatidan 200 ga yaqin ishtirokchi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid muhim loyihalarni taqdim qildilar. Ayniqsa, IRSIKA, AYSЕSKO, TURKSOY, «al-Furqon» jamg‘armasi rahbarlari, Xalkaro Turk akademiyasi, Arab davlatlari ligasi va boshqa xalkaro tashkilotlar vakillari takliflari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Xalqaro kongress doirasidagi mazkur markaz faoliyatini rivojlantirish, nodir qo‘lyozma va asarlarni targ‘ib etish borasidagi taklif-tavsiyalar, ma’ruza va tashabbuslar ma’naviy taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan fikr-mulohazalar asosida bu markaz zamonaviy jihozlanadi, ma’naviy jihatdan ziynatlanadi hamda eksponatlar bilan boyitilib, insonlar ruhiy oziqa va madaniy-ma’rifiy bilim oladigan muhtasham maskanga aylanadi, insha Alloh.

 Darhaqiqat, markazda ajdodlarimizning asarlari tadqiq etiladi, tarjimalari amalga oshiriladi, kitoblar chop etiladi. Ushbu maqsadda mahalliy va xorijiy eng yetakchi olimlar, mutaxassislar va ilmiy izlanuvchilari jalb qilinadi. 

Majmuaning qurilish ishlari nihoyalanib, to‘laqonli ish boshlashi aholimiz uchun ham, dunyo xalqlari uchun ham ulkan tarixiy voqeaga aylanishi, shubhasizdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi Xalqaro kongress amaliy taklif, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarga boy bo‘ldi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   13164   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari