Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir qishloqda ikki qo‘shni yonma yon yashar edi. Biri nafaqadagi o‘qituvchi, ikkinchisi esa tadbirkor bo‘lib, texnologiyaga qiziqishi bor edi.
Ikkalasi ham bog‘ida turli o‘simliklar ekishar edi. Nafaqadagi o‘qituvchi o‘simliklariga ozgina suv berib, unchalik e’tibor qilmasdi. Tadbirkor esa, o‘simliklariga ko‘p suv berib, ularni yaxshilab parvarish qilardi.
O‘qituvchining o‘simliklari oddiy edi, ammo yaxshi ko‘rinardi. Tadbirkorning o‘simliklari esa yanada go‘zal, ko‘m-ko‘k va sertarovat edi.
Bir kecha kuchli bo‘ron keldi, yog‘ingarchilik va kuchli shamol esdi. Ertalab barcha odamlar bog‘lariga chiqib, bo‘ron keltirgan zararlarni ko‘rishga chiqishdi.
Albatta, nafaqadagi o‘qituvchi va tadbirkor ham bog‘lariga chiqib, qanday zarar yetganini ko‘rishdi.
Tadbirkor o‘z o‘simliklarini ko‘rib, ularning to‘kilib, butunlay vayron bo‘lganini ko‘rdi. Nafaqadagi o‘qituvchining esa o‘simliklari hech qanday zarar ko‘rmagan edi va joyida mahkam turardi!
Tadbirkor hayratlanib, nafaqadagi o‘qituvchining yoniga borib so‘radi: "Ikkimiz ham bir xil o‘simliklarni bir vaqtda va bir joyga ekkanmiz, men ularni sizdan ko‘ra yaxshiroq parvarish qilganim uchun o‘simliklarim siznikidan ko‘ra ko‘proq ko‘m-ko‘k va chiroyli edi. Ammo bo‘rondan keyin o‘simliklarim butunlay vayron bo‘lganini ko‘rdim, sizning o‘simliklaringiz esa joyida mahkam turibdi. Men ularni sizdan ko‘ra yaxshi parvarish qilgan bo‘lsam-da, nega bunday bo‘ldi?".
Nafaqadagi o‘qituvchi kulib bunday dedi: "Siz o‘simliklaringizga keragidan ortiq e’tibor va suv berdingiz, ularga keragidan ortiq g‘amxo‘rlik qildingiz. Bu ularning hayotini yengillashtirdi.
Men esa o‘simliklarimga ularga kerak bo‘lgan suvdan biroz kamroq berdim, shu sababli ular suv topish uchun o‘z ildizlarini yerga chuqur kirgizishga majbur bo‘ldi. Shuning uchun o‘simliklarimning ildizlari yanada chuqur, uzun va mustahkam bo‘ldi. Shunday qilib, o‘simliklarim mahkam tura oldi, sizning ko‘p e’tiboringizni ko‘rgan o‘simliklaringiz esa barbod bo‘ldi".
Bu hikoyadan bolalar tarbiyasiga oid xulosalar olish mumkin. Bolalar o‘simliklarga o‘xshaydi. Agar ularga barcha narsalar tayyor holda berilsa, ular qiymatini tushunmaydi, zarur narsalarni o‘zi harakat qilib topishni o‘rganmaydi, boshqalarga bog‘lanib qoladi, hayotning og‘irliklari bilan ro‘baro‘ bo‘lishni bilmaydi.
Shunday ekan, ba’zan ularga hamma narsani tayyor holda bermaslik, balki ko‘rsatma berish yaxshiroqdir. Ularga yurishni o‘rgating, ammo ular o‘zlari yurishga qodir bo‘lganida ko‘tarib yurmang.
Ha, ularni o‘z holicha qo‘yib qo‘ymang, balki ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating va izingizdan ergashishlariga imkoniyat bering.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
O‘n yillik iztirob... O‘n yillik kurash... O‘n yillik umid... Firdavs Ergashev tug‘ilganidan buyon 6 ta murakkab operatsiyani o‘tkazdi. O‘n yil davomida qorniga o‘rnatilgan maxsus naycha orqali ovqatlantirildi. Hayoti ko‘p bor xavf ostida qoldi. Farzandi bilan barobar onaizor ham dard chekib yashadi...
Nihoyat Prezidentimiz e’tibori, Bolalar milliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari sa’y-harakati bilan Firdavs yana hayotga qaytdi.
Shundan so‘ng bolakayning onasi Sabohat Ergasheva qalbidagi quvonchi, minnatdorlik so‘zlari va shukronalik tuyg‘ularini davlatimiz rahbariga yozgan maktubida birma-bir ifodalashaga qaror qildi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan "Hayotga qaytdim: Prezidentga maktub" maxsus videoloyihasi ayni shu qahramonlarning hayotiy hikoyasiga bag‘ishlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati