Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2026   |   4 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:03
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
19 Iyun, 2026, 4 Muharram, 1448
Maqolalar

Ustozning sabog‘i

04.02.2025   10911   1 min.
Ustozning sabog‘i

Ustoz xattaxtaga 1 raqamini yozdi va o‘quvchilarga qarab: “Bu sizning insoniyligingiz”, dedi. So‘ng 1 raqami yoniga 0 raqamini yozib: “Bu sizning boyligingiz” dedi. Yana bir 0 yozar ekan: “Bu sizlarning martabangiz”, dedi.

Ustoz shu zayl raqamni yiriklashtirib borarkan, inson hayotda erishishi mumkin bo‘lgan yutuqlarni sanardi. Keyin esa... Boshlanishdagi 1 raqamini o‘chirib tashladi. Xattaxtada hech bir qiymatga ega bo‘lmagan nollar qoldi. Shunda ustoz shogirdlariga: “Agar sizda insoniylik bo‘lmas ekan, qolgan yutuqlarning bari hech bir qiymatga ega bo‘lmaydi”, dedi.      

Qissadan hissa shuki, hayotning o‘zi bir darsxona. Birini ko‘rib fikr qil, birini ko‘rib shukr qil, degan naql bejiz aytilmagan. Alloh bizga bergan umrni O‘zi rozi bo‘ladigan, boshqalarga naf keltiradigan, dunyo va oxiratda foydali bo‘lgan ishlarga sarflaylik. 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yana bir zamonaviy xonadon o‘z egalariga topshirildi

18.06.2026   5634   1 min.
Yana bir zamonaviy xonadon o‘z egalariga topshirildi


Bu xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizdan, saxovatpesha homiylardan Alloh rozi bo‘lsin.

O'zbekiston yangiliklari