Nottingem (Buyuk Britaniya) universitetining bir qator tadqiqotchi olimlari tomonidan olib borilgan izlanish hamda tajribalarga ko‘ra, kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish oxir oqibat yoshlarni chekish hamda spirtli ichimlik iste’mol qilishga olib borishi kuzatildi.
Ayniqsa, Grand Theft Auto (GTA), Call of Duty: Black Ops II, Call of Duty: Modern Warfare 3 hamda Assassin’s Creed III kabi kompyuter o‘yinlarini muntazam o‘ynaydigan yoshlar bilan bu o‘yinlarni o‘ynamaydigan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma olib borilganda, bu o‘yinlarga haddan berilgan yoshlarning aksariyati spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishlari aniqlandi.
Davron NURMUHAMMAD
Joriy yilning 12–15 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BAAning “HEDAYAH” xalqaro markazi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va X-Media jamoasi hamkorligida mamlakatimizning din va jamoat yetakchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.
Boshqa jamoat tashkilotlari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidan 25 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur trening zamonaviy media texnologiyalari, sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanishga bag‘ishlandi.
Seminar davomida nazariyadan amaliyotga o‘tgan ishtirokchilar video kontent yaratish, ssenariy yozish, faktlarni tekshirish, raqamli platformalarda auditoriyani jalb etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi.
Bu kabi seminar-treninglar zamonaviy media imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, jamiyat bilan muloqotni yanada samarali, mazmunli va ishonchli yo‘lga qo‘yishda juda foydali ekani bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati