Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Sentabr, 2025   |   2 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:12
Peshin
12:20
Asr
16:30
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
24 Sentabr, 2025, 2 Rabi`us soni, 1447
Maqolalar

Imomning qiroati kifoya

20.06.2025   10618   1 min.
Imomning qiroati kifoya

Hanafiy mazhabida imomga iqtido qiluvchi imom orqasida xoh jahriy namozda, xohi maxfiy namozda qiroat qilmaydi.

Bunga dalil Payg‘ambarimiz alayhissalomning so‘zlaridir: «Kimning imomi bo‘lsa, bas, imomning qiroati uning ham qiroatidir», deb aytganlar.

Mana shunga sahobai kiromlar ham ijmo’ qilishgan. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: «Qachon qiroat qilinsa, bas, jim turing!»  Imom Muslim rivoyati.

Abu Hanifa va Abu Yusuf roziyalohu anhumlar nazdida: Imomga iqtido qilgan kishining qiroat qilishi makruh bo‘ladi, bundan murod makruhi tahrimiydir.

Chunonchi, Hazrati Ali karramallohu vajhahu bunday deganlar: «Kimki imom orqasida qiroat qilsa, batahqiq, sunnatni xato bajaribdi!»

Shunday ekan imomga ergashuvchi har bir namozxon imomga iqtido qilib ergashdimi, imomni qiroatini eshitishi va sukut saqlab jim turishi kerak bo‘ladi. Shunda ado etiladigan ibodatlar mukammal, bexato bo‘ladi.

Hanafiy mazhabining masalasiga binoan, fiqhiy matn kitoblari ko‘rsatmasiga amal qilgan holda barcha namozlarda imom orqasida muqtadiy jim turishi talab etiladi. Aks holda, makruhi tahrimiy ishni qilib qo‘yish mumkin.

Abdug‘affor Nishonov,

Pop tumani "Soy" jome masjidi imom-xatibi

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

24.09.2025   1980   1 min.
Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

Toshkent islom institutida “Sentyabr – Islom tarixi va siyrat fan oyligi” doirasida  institutning 3-kurs talabalari o‘rtasida "Hidoyat mayog‘i” nomli siyrat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Umidjon Xodjayev, institut rektori Uyg‘un G‘afurov, Ilmiy ishlar va fan bo‘yicha prorektori Soatmurod Primov, shuningdek, "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi ustozlaridan iborat hakamlar guruhi ishtirok etdi.

Musobaqa an’anaga muvofiq Qur’on tilovati va xayrli duolar ila boshlandi. Tadbirni institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Musobaqada 3-kurs talabalaridan iborat Ibn Kasir, Ibn Hajar Asqaloniy va Imom Zahabiy jamoalari o‘rtasida qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda birinchi o‘rin Ibn Kasir jamoasiga, ikkita ikkinchi o‘rin Imom Zahabiy va Ibn Hajar Asqaloniy jamoalariga nasib etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlar "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati  

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar