Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Oktabr, 2026   |   15 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:28
Quyosh
06:47
Peshin
12:12
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:43
Bismillah
26 Oktabr, 2026, 15 Jumadul avval, 1448
Yangiliklar

Tartib-intizom – muvaffaqiyat omili

22.10.2026   41138   1 min.
Tartib-intizom – muvaffaqiyat omili

Tartib-intizomli bo‘lish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish – dinimiz talabi. Zotan, tartib bo‘lgan joyda unum va baraka bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent shahar vakilligi Ishchi guruhi a’zolari poytaxtimizning Uchtepa tumanida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etdi.

«Hazrat Bilol» jome masjidi imom-xatibi Jamoliddin domla Azimov bilan birgalikdagi tumandagi 21 ta masjidda hujjatlarni yuritish holati, masjidlarning toza-ozodaligi, namozxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.

Ishchi guruhi a’zolari har bir masjid ma’muriyatiga mazkur masalalarda ko‘maklashdi, zarur tavsiyalar, yo‘l-yo‘riqlar berishdi.

Xuddi shunday tadbir Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham o‘tkazildi.

Tadbirlar shahrimizning boshqa tumanlarida ham davom etadi.

Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Markaziy bank tomonidan islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi

26.10.2026   50   1 min.
Markaziy bank tomonidan islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi

Markaziy bank Boshqaruvining 2026 yil 23-oktyabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq, “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-I-sonli litsenziya berildi. Bu — O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun berilgan ilk litsenziya.

Mazkur litsenziya O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari