Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

O'zbekiston "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" ro'yxatiga kiritilmagan

09.01.2024   707   1 min.
O'zbekiston

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamentining rasmiy bayonoti

Ma'lumki, AQSh davlat departamenti tomonidan har yili "Halqaro diniy erkinlik" to'g'risidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotgani monitoring qilib boriladi.

Diniy erkinlik borasida ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmagan mamlakatlar "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" ro'yxatiga kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasi mazkur ro'yxatdan 2020 yilda chiqarilgan. (https://t.me/DinQumita/1315)

Joriy yilning 4 yanvar' kuni, AQSh Davlat departamentining rasmiy https://www.state.gov/religious-freedom-designations/ saytida o'tgan 2023 yil natijalariga ko'ra e'lon qilingan rasmiy bayonotda O'zbekistonning "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" ro'yxatiga kiritilmagani ijobiy hol, albatta.

AQSh Davlat Kotibi Entoni Blinken:

"1998 yilda Halqaro diniy erkinlik to'g'risidagi qonun qabul qilingan va kuchga kirganidan beri din yoki e'tiqod erkinligini ta'minlash AQSh tashqi siyosatining asosiy maqsadi bo'lib kelgan.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda Birma, Hitoy Halq Respublikasi, Kuba, KHDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlar diniy erkinlikning o'ta jiddiy buzilishiga yo'l qo'yganliklari uchun alohida tashvishli davlatlar sifatida baholandi.

Bundan tashqari, Jazoir, Ozarbayjon, Markaziy Afrika Respublikasi, Qamar orollari va V'etnamni diniy erkinliklarning jiddiy buzilishida ishtirok etayotgani uchun maxsus kuzatuv ro'yxatiga kiritilgan", dedi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   9440   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari