Shu yil 5 yanvar' kuni Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Baxramaddin Razov Beruniy tumanidagi masjidlar qurilish ishlari va obodligi bilan yaqindan tanishib, mutasaddi vakillarga qator topshiriq va tavsiyalar berdi. Shuningdek, “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohida ham bo'lib bu erdagi ishlarni ko'zdan kechirdi.
Tashrif asnosida Baxramaddin domla tumandagi markaziy “Shayx Abboz Valiy” masjidida jome xodimlari bilan uchrashib, ularga amaliy ko'rsatmalar berdi.
Shundan so'ng so'ng “Hech bir yaxshilikni kichik sanamang!” mavzusida juma ma'ruzasi bilan birga inson manfaati uchun bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar, buyuk ne'mat bo'lgan tinchlik va xotirjamlikning qadriga etish haqida suhbat qilib, yurt tinchligi va xotirjamligi uchun duolar qildi.
Kun davomida Qozi domla Beruniy tumanidagi “Maqtumquli” va “Ozod” mahallalari fuqarolari ishtirokidagi “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida tashkil qilingan tadbirda ham ishtirok etdi.
Tashrif davomida “Mehr harakati” loyihasi doirasidagi xayriya tadbirida ham qatnashib, tumandagi “Guliston”, “Qiyot” va “Bunyorkor” mahallalaridagi o'zgalar yordamiga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarning yashash sharoiti bilan tanishib, ular bilan dildan suhbat qurdi. Shu bilan birga, ularga homiylar ko'magida oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar uchun issiq kiyimlar tarqatildi.



.jpg)
D.Bekanov,
Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti xodimi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati