Ming afsuslar bo'lsinki, bugungi kunda Qur'on, sunnat va salaflarga ergashish da'vosi bilan chiqib, mujtahid imomlarga ergashib birdamlikda ibodatini qilib yurgan musulmonlar jamoasini bo'linib, turli xil qarama-qarshiliklarni kelib chiqishiga sabab bo'lgan kimsalar paydo bo'ldi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday dedilar: «Odamlarning yaxshilari men bilan yashaganlar, so'ng ulardan keyingilar, so'ng ulardan keyingilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Mazkur davr sahobalar, tobe'inlar va tabaa tobe'inlar davridir. Ana shu davr salaflarning davridir.
So'nggi vaqtlarda «salaf solihlarga ergashish» shiori ostida «salafiylik» mafkurasini bayroq qilib olgan, o'zlarini go'yoki «salaflarning izdoshlarimiz» deb hisoblaydigan mutaassib, soxta salafiylar paydo bo'lganini alohida qayd etish lozim.
Soxta salafiylar qo'yidagi g'oyalarni ilgari suradilar:
Ayniqsa, soxta salafiylar tomonidan targ'ib qilinayotgan mazhabsizlik g'oyasi, asrlar davomida shakllangan diniy an'analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari o'rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda.
Hozirgi kunda soxta salafiylar mazhablarni inkor qilish masalasida o'z usullarini bir oz o'zgartirganlari kuzatilmoqda. Endi ular mazhablarni to'liq inkor qilish yo'lidan voz kechib, mazhabboshilarning qarashlarini qabul qilmoqdalar. Ammo mazhab yo'lini davom ettirgan ulamolarni xato yo'lda deb, targ'ib qilmoqdalar.
Fiqhiy mazhablarning vujudga kelish tarixini o'rganar ekanmiz, hozirgi kundagi ba'zi mazhabsizlarning yoki soxta “salafiylar”ning: “Mazhabga ergashish bid'at”, “Imomga ergashish sunnatdan yuz o'girishdir” kabi da'volari puch ekanini ko'ramiz. Aksincha, fiqhiy mazhablarning tarixiy ildizi buyuk sahobalar va ulug' tobeinlar asos solgan yo'l ekaniga guvoh bo'lamiz.
Muhammad Said Ramazon Butiyning: “Mazhabsizlik Islom shariatiga tahdid soladigan xatarli bid'atdir”, degan so'zi ayni haqiqatdir.
Tadqiqotlar hozirda jahon internet tarmog'ida soxta salafiylarning targ'ib-tashviqot ishlarini tashkil etish uchun ochilgan bir necha mingdan ziyod veb-saytlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Ularga asosan diniy asosdagi nizolarni keltirib chiqaradigan ma'lumotlar, diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlar rahbarlarining turli bayonot va murojaatlari joylashtirilmoqda.
Mutaassiblikka asoslangan nazariy qarashlardan terrorchilik amaliyotiga o'tish, terrorchilikning yangi usullariga murojaat qilish, hamda zamonaviy texnologiya va kommunikatsiya vositalari imkoniyatidan foydalangan holda o'z g'oyalarini tarqatishga urinish, soxta salafiylikning bugungi kundagi muhim xususiyatlaridan hisoblanadi.
Ma'rufxon Aloxodjayev,
Namangan shahar “Abdulqodir qori” jome
masjidi imom-xatibi
Mustaqillik — bu birlik, hamjihatlik va bir-birimizga qo‘l uzatish kunidir. Farg‘ona viloyatida bu ruh so‘z bilan emas, amal bilan namoyish etilmoqda: 35 yillik istiqlol arafasida yuzlab insonlar mehr va saxovat bag‘rida bayramga kirmoqda.
Alisher domla Naimov tashabbusi bilan Quvasoy shahrida o‘tkazilgan xayriya tadbirida 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etdi.
Tadbirning yakunida yurt rivoji, xalq farovonligi va mustaqilligimizning bardavom bo‘lishi uchun birgalikda duo qilindi.
Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati