O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janoblari 2017 yil 1 sentyabrda “Hazrati Imom” majmuasida davlat, jamoat va diniy soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi birgalikda Respublikada ommaviy suratda va turli bosqichlarda Qur’on qiroati musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdilar. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘iga asosan 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda Qur’on musobaqasini o‘tkazish belgilab olindi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu Qur’on musobaqasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari va Toshkent islom universiteti talabalaridan tashqari, masjidlardagi imom-xatiblar, imom noiblari, muazzinlar hamda Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan 18-40 yoshdagi barcha erkagu ayol fuqarolarimiz ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: hifz va tilovat. Hifz yo‘nalishida Qur’oni karimni to‘la yod olgan qori va qoriyalar, tilovat yo‘nalishida esa Qur’onni go‘zal tarzda tilovat qila oladigan fuqarolar ishtirok etadi.
Ishtirokchilar yoshga ko‘ra ikkiga taqsimlanadi:
18‒25 yoshdagi ishtirokchilar;
25‒40 yoshdagi ishtirokchilar.
Musobaqaning tuman (shahar) va viloyat bosqichlari, shuningdek, mazkur o‘quv yurtlaridagi saralash bosqichi 2018 yilning boshidan mart oyiga qadar hamda bularning barchasi uchun respublika bosqichi 2018 yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqaning birinchi bosqichi viloyatlardagi bosh shahar va markaziy tumanlarda (3‒4 ta tumanda) bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar doimiy ro‘xatdan o‘tgan manzillari asosida qaytdan o‘tadilar. Ro‘yxatga olish 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab 10 yanvarigacha davom etadi. Ushbu Qur’on musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi (Murojaat uchun telefon raqamlar quyida berilgan).
Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi o‘ziga xos, sharqona tartiblarga rioya etilgan holda o‘tkazilishi ta’minlanadi. Bunga viloyatlardagi vakilliklar qoshida xizmat ko‘rsatayotgan otin oyilar mas’ul qilinadi.
Birinchi bosqich g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Viloyatda birinchilikni qo‘lga kiritganlar respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.
Musobaqaga doir boshqa xabarlarni bilish uchun Diniy idoraning muslim.uz saytini muntazam kuzatib boring.
O‘zbekiston qorilari musobaqasini yuqori saviyada, har taraflama manfaatli, xalqaro talablarga javob beradigan tarzda o‘tkazish to‘g‘risida 2017 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaror qabul qildi va ushbu musobaqa uchun diniy idora qoshida maxsus hay’at tuzildi. Ushbu hay’at butun Respublika bo‘ylab faoliyat yuritadi.
Musobaqa haqida O‘MI qoshidagi hay’at kotibiyati bilan bog‘lanish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998711487770, +998998987277
Musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan har bir fuqaro o‘z viloyatidagi O‘MI vakilligiga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tadi. Musobaqada ishtirok etuvchi aholisi ko‘proq bo‘lgan viloyatlarda musobaqa o‘tkaziladigan tumanlarda ham ro‘yxatga olish ishlari olib borilishi mumkin. Ro‘yxatga olish 2018 yil 1 yanvardan 10 yanvargacha ertalab soat 09:00dan kechgi soat 19:00gacha davom etadi.
O‘zbekiston Qur’oni karim qiroati musobaqasining shahar va tuman bosqichini o‘tkazish bo‘yicha
JADVAL
|
№ |
Viloyat va shahar nomi |
O‘tkazish joyi |
Shahar va tuman bosqichini o‘tkazish sanasi |
|
1. |
Jizzax viloyati |
O‘MI Jizzax viloyati vakilligi +998973257243 Botirxon Ro‘ziyev |
11-13.01.2018 |
|
2. |
Sirdaryo viloyati |
O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi +998911019820 Dilmurod Sulaymonov |
11-13.01.2018 |
|
3. |
Samarqand viloyati |
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi +99893485870 Yoqubjon Mansurov |
14-16.01.2018 |
|
4. |
Buxoro viloyati |
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi +998956000031 Anvarjon Nurillayev |
14-16.01.2018 |
|
5. |
Navoiy viloyati |
O‘MI Navoiy viloyati vakilligi +998919911555 +998939507303 Muzaffar Rahmonov |
16-18.01.2018 |
|
6. |
Qoraqolpog‘iston Respublikasi |
Qoraqolpog‘iston Respublikasi vakilligi +998934897670 Zulfiqor Sapashov |
19-21.01.2018 |
|
7. |
Xorazm viloyati |
O‘MI Xorazm viloyati vakilligi +998622284438 +998937572557 Bobojonov Hamid |
19-21.01.2018 |
|
8. |
Qashqadaryo viloyati |
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi +998972004716 Bobomurodov Nazrulloh hoji |
22-23.01.2018 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
O‘MI Surxondaryo viloyati vakilligi +998912382717 Abdusalom Fathullayev |
22-23.01.2018 |
|
10. |
Andijon viloyati |
O‘MI Andijon viloyati vakilligi +998742280196 +998916107040 Nurulloh Qodirov |
25-27.01.2018 |
|
11. |
Namangan viloyati |
O‘MI Namangan viloyati vakilligi +998906429977 Obidxon Ikromov |
27-29.01.2018 |
|
12. |
Farg‘ona viloyati |
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi +998914532870 Husniddin Tursunzoda |
29-31.01.2018 |
|
13. |
Toshkent viloyati |
O‘MI Toshkent viloyati vakilligi +998903482262 Sultonov Farrux |
01-02.02.2018 |
|
14. |
Toshkent shahri |
Toshkent shahar vakilligi +998712351733 +998974206264 +998949320022 Murodjon Kadirov |
03.04.2018 |
Ushbu jadval asosida shahar va tumanlarda saralash bosqichi o‘tkazilgach, ulardan har bir yo‘nalishning birinchi raqamli g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashadi.
Respublika bo‘yicha viloyat bosqichlari fevral oyi ichida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularni o‘tkazish sanasi va manzili kelgusi xabarlarda e’lon qilinadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Sayyor yig‘ilish
Bir kishiga ko‘maklashsangiz, u qanchalik shod bo‘ladi.
Endi bir emas, o‘n emas, yuzdan ziyod oilaga ham ma’naviy, ham ma’rifiy, ham moddiy ko‘mak berilsa, qancha kishining ko‘ngli ko‘tarilishini, sizni alqashini tasavvur qilib ko‘ring-a.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida poytaxtimizning Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidida ma’naviy-ma’rifiy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ergashali domla Rustamov, Toshkent shahar tumanlari bosh imomlari, imom-domlalar, «Haj 2026» ishtirokchilari qatnashdilar.
Tumandagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida mahallalarga tashrif buyurildi. Adashib aqidasi buzuq turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ham suhbatlar olib borildi.
Katta hayot tajribasiga ega hoji otalar, hoji onalar imom-xatiblar, otinoyilar bilan birgalikda olib borgan ma’rifiy targ‘ibotlari o‘z samarasini berdi: yuzdan ziyod xonadonga ham ma’naviy, ham moddiy yordam ko‘rsatildi.
* * *
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Yangi hayot tumanidagi mahallalarga tashrif buyurib, u yerdagi bir qancha xonadonlarga kirib, xonadon egalarining qalblariga xursandchilik ulashdilar.
Quvonarlisi, yangi o‘quv yili arafasida homiylarni jalb qilgan holda 30 ta haqdor xonadon sohiblari farzandlariga sumka, o‘quv qurollari hadya etildi.
Yuzdan ziyod xonadon egalarining ko‘ngli ko‘tarilib, ular ezgu ishlarning boshida turgan barcha aziz insonlarning haqlariga xayrli duolar qilishdi.
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati