Endilikda Shayx hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan dasturi orqali ushbu savolga javob topishingiz, qolaversa, bilmagan savollaringizning javoblaridan boxabar bo’lishingiz mumkin.
Ramazon oyida «Hilol-Nashr» nashriyoti yurtimiz musulmonlari uchun yana bir tuhfa – Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida savol-javob dasturini tayyorladi!
Ushbu dasturda Shayx hazratlarining boy ilmiy meroslaridan manfaat olishingiz mumkin. Hozirgacha 10 ga yaqin kitobdan tayyorlangan savol-javoblar dasturga kiritilgan. Yana bir nechta kitoblar bo’yicha savol-javoblar tayyorlanib, dasturga qo’shish rejalashtirilgan.
▶️Dasturni ushbu manzildan yuklab olishingiz mumkin.
«Hilol-Nashr» nashriyotining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida jumladan bunday deyiladi: “Agar sizda ham ustozimizning asarlari asosida savol-javob tuzish istagi bo'lsa, boshqalarga ilm tarqatish xohishi bo'lsa, biz bilan bog'laning va o'zingiz yoqtirgan kitoblardan savol-javob tuzing. Unutmang, siz sabab bir odam ilm o'rgansa, manfaat olsa, bu siz uchun hadisda keltirilgandek “qizil tuyalardan ham yaxshiroqdir”».
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Бугун, 2 июнь куни "Ҳаж – 2026" мавсумининг илк зиёратчиларини олиб келадиган дастлабки самолётлар Жидда-Тошкент йўналиши бўйича Ислом Каримов номидаги Тошкент халқаро аэропортига қўнади.
Ушбу дастлабки авиарейслар орқали Тошкент шаҳри зиёратчилари юртимизга қайтиб келишади. Шунингдек, ҳожиларимиз республикамизнинг 10 та ҳудудидаги халқаро аэропортларда тантанали равишда кутиб олиш режа қилинган.
Маълумот ўрнида, ҳаж сафарини якунлаган юртдошларимизни Жидда шаҳридан олиб келиш ишлари жорий йилнинг 19 июнь кунига қадар изчил давом эттирилади.
Аллоҳ таоло юртдошларимизнинг ҳаж ибодатларини мабрур айлаб, ўз уйларига эсон-омон етиб келишларини насиб қилсин!
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Матбуот хизмати