NAJOT – ILMU MA’RIFATDA
4 ta oliy diniy ta’lim muassasalari “HEMIS” va 10 ta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari EMIS ta’lim tizimiga ulangan.
Diniy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan 90 ta fan dasturi tubdan yangilandi.
Samarali mehnat qilgan pedagog-o‘qituvchilarga oylik ish haqining 20-45 foizigacha ustama haq, iqtidorli talabalarga “Imom Buxoriy”, “Imom Termiziy”, “Eshon Boboxon” stipendiyalari to‘lanmoqda.
Har yili Oliy diniy ta’lim muassasalarida 2 ta xalqaro va 3 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazilmoqda.
Diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilari masjidlarga, diniy ta’lim muassasalariga hamda Diniy idora boshqaruv tashkilotlariga ishga taqsimot qilindi.
Tizimda 14 ta diniy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, 4 tasi oliy, 10 tasi o‘rta maxsus, shundan 2 tasi xotin-qizlar islom bilim yurtidir. Yurtimiz bo‘ylab 29 ta «Qur’oni karim va tajvid» o‘quv kurslari, 2 ta ilmiy tadqiqot markazi faoliyat yuritmoqda.
Ta’lim muassasalarida 2300 nafar talabaga 400 nafardan ziyod pedagog tahsil bermoqda.
“Xatmi kutub”, “Ustoz-shogird” kabi an’anaviy va zamonaviy interfaol ta’lim uslublari uyg‘unligida darslar o‘tiladi.
Ta’lim muassalarida “Yagona olimpiada”, “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovlari hamda “Barkamol avlod” sport musobaqasi muntazam o‘tkaziladi.
5 ta maxsus ilmiy maktab va 1 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Oliy diniy ta’lim muassasalari:
Toshkent islom instituti
Hadis ilmi maktabi
Mir Arab oliy madrasasi
Imom Termiziy nomidagi islom institut
O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari:
Sayyid Muhiddin Maxdum
Hidoya
Ko‘kaldosh
Xoja Buxoriy
Faxriddin ar-Roziy
Imom Termiziy
Mir Arab
Xadichai Kubro
Jo‘ybori Kalon
Muhammad al-Beruniy
Ilmiy-tadqiqot markazlari:
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Bahovuddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi.
Ilmiy maktablar:
Hadis va kalom ilmi – Samarqand;
Fiqh – Farg‘ona;
Tasavvuf – Buxoro;
Aqida – Qashqadaryo.