Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Oktabr, 2026   |   29 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:11
Quyosh
06:29
Peshin
12:10
Asr
16:06
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
10 Oktabr, 2026, 29 Rabi`us soni, 1448

Xalqaro aloqalar

ISLOM OLAMI BILAN MUSTAHKAM ALOQALAR – USTUVOR VAZIFA

Xalqaro hamkorlik

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston butun dunyo davlatlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatmoqda. 100 ga yaqin mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan izchil aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan:

  • Islom olami uyushmasi, Islom hamkorlik tashkiloti va unga qarashli Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi, Musulmon ulamolar xalqaro uyushmasi, Musulmon donishmandlar kengashi kabi xalqaro tashkilotlar;
  • Saudiya Arabistonining Islom va vaqf ishlari hamda Haj va umra vazirliklari, Misr Vaqf ishlari vazirligi, «al-Azhar» majmuasi, Iordaniyaning vaqflar, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vazirligi, Islom Taraqqiyot banki, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston, Kuvayt, Tunis, Rossiya, Janubiy Koreya;
  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Kavkaz, Turkiya, Rossiya, Litva, Italiya musulmonlari idoralari va «al-Azhar» majmuasi, Xalqaro islom fiqhi akademiyasi kabi 10 dan ortiq xalqaro diniy tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi;
  • 30 dan ortiq davlatdan 100 ga yaqin delegatsiya tashrif buyurdi;
  • 14 ta davlatda 50 ga yaqin nufuzli konferensiyalarda ishtirok etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar:

  • Abu Dabi tinchlik forumi (BAA, 2023 y.);
  • Xalqaro musulmon ulamolari kengashi (Qatar, 2023 y.);
  • Musulmon donishmandlar kengashi (BAA, 2024 y.);
  • Islomiy fiqh akademiyasi (Saudiya Arabistoni, 2024 y.);
  • Islom olami uyushmasi (Saudiya Arabistoni, 2024 y.);
  • Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud nomidagi Hadisi sharif akademiyasi Ilmiy Kengashi (Saudiya Arabistoni, 2026).

Ta’limdagi natijalar

  • Misr, Suriya, Saudiya Arabistoni, Marokash, Turkiya, Sudan, Tunis, Pokiston, Malayziya kabi davlatlarda talabalarimiz ta’lim oldilar.
  • Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Rossiya, Pokiston, Misr kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi Qur’on musobaqalarida qorilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Haj va umra

  • 2025 yil mobaynida 1.000.000 nafarga yaqin ziyoratchi umra ibodatini ado etdi.
  • Haj ziyoratchilari kvotasi 15.000 nafarga yetdi.
  • «Haj va umra yagona portali» ishga tushirildi.

 

Tashrif buyurgan martabali mehmonlar:

  • Professor Ahmad Toyyib – Misr Bosh imomi, «al-Azhar» shayxi
  • Muhammad Taqiy Usmoniy – Shayxul islom, Karachi «Dorul ulum» universiteti prorektori
  • Shayx Muhammad Avvoma – Dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan muhaddis olimi
  • G‘onim bin Shohin al-Gonil – Qatar Vaqf va islom ishlari vaziri
  • Nur Muhammad Soqib – Afg‘oniston Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri
  • Yunus Saloh Odil – Quddusdagi «al-Aqso» masjidi imom-xatibi
  • Samuyel Braunbek – AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchisi.