Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Missionerlarning ayyorona rejasi

12.11.2021   2442   7 min.
Missionerlarning ayyorona rejasi
HH asrning boshlarida boshlangan, millatning diniy qadriyatlari urf-odatlarini yo'qotib, o'zligini qaram qilish maqsadida tuzilgan  sho'rolar tuzumnig g'oya va mafkuralari shu asring oxirlariga kelib, inqirozga uchradi. Ushbu tuzumni barbod bo'lishi uning g'oya va mafkuralarining inqirozga uchrashi unga ishongan ko'pgina insonlarni sarosimaga solib qo'ydi. Ho'sh, agar bu mafkura noto'g'ri va puch bo'lsa, qaysi mafkuraga amal qilish lozim? degan savol paydo bo'ldi. Shunday qilib, sho'roviy tuzum hududlarida o'zining rejali ravishda amalga oshirgan g'oyaviy inqiloblari oqibatida mafkuraviy bo'shlik paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Bu ko'pgina noan'anaviy diniy oqimlar uchun ayni muddao edi.
 
Birinchidan, din insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ma'naviy hayotning muhim qismi bo'lib kelgan, mamlakatlar va jamiyatlarning madaniy hayotiga ta'sir ko'rsatagan. Sho'ro davrida olib borilgan ateistik siyosat tufayli bu hudud aholisi aynan shunday ozuqa va ta'sir manbaidan bir muncha uzoqlashtirildi va unga o'ziga xos chanqoqlik yuzaga keldi .
 
Ikkinchidan, yuqori iqtisodiy taraqqiyot va aholini moddiy faravonligiga havas bilan qaragan odamlar G'arb mamlakatlaridan kirib kelayotgan barcha narsa va hodisalarni ijobiy mazmunda qabul qila boshlgan edilar.
Yuqorida qayd etilgan holatlar missionerlik faoliyati uchun qulay zamin yaratdi. Missionerlikning kirib kelishi HIH-HH asrda yuzaga kelgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib global ko'rinish oldi.
 
Missionerlik *missio* lotin tilidan olingan bo'lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Haqiqatdan ularni “ rahbarlari” missionerlarni maxsus vazifa bilan jo'natishadi, u ham bo'lsa , an'anaviy tarzda bir dinga e'tiqod qilib kelayotgan xalqlar orasida boshqa dinni targ'ib qilishni anglatadi. Ya'ni, asrlar davomida musulmon bo'lib yashagan xalqni xristiyanlashtirish maqsad qilishgan.
 
Hozirgi kunda missionerlik sertarmoq soha hisoblanadi. Bugun missionerlar kirib bormagan jabha, ular faoliyat yuritmayotgan mamlakat dunyoda topilishi qiyin. Missionerlar alohida e'tibor qaratayotgan jihatlar qatorida ta'lim, sog'liqni saqlash va bepul ijtimoiy yordam tizimini ko'rsatish mumkin. “Wold Book” entsiklopediyasida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini katolik missionerlari tashkil etadi. Shunga qaramay hozirgi kunda missionerlikning asoosiy homiysi protestantlik bo'lib qolmoqda.
 
Bir necha oqimlarga bo'linib ketgan ushbu yo'nalishda missionerlik “din” arkonlaridan hisoblanib, unga a'zo bo'lganlar bu amaliyot bilan shug'ullanishni o'ziga “farz” deb biladi. Shundan kelib chiqib, ular targ'ibot-tashviqot bilan faol shug'ullanadi. To'g'ri aytish mumkin Qomusimizning 31 –moddasida “ Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi", keyinida “Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb belgilab ko'yilgan. Hoh majburlash yo'li orqali xoh aldov yo'llar bilan bo'lsin , qonun jihatidan ushbu faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlanadi. Protestantlik oqimi yo'nalishlaridan biri «Iegovo Shohidlari» ular hatto xristianlarni o'zidagi bo'lgan uchlik haqidagi aqidani inkor etadi, lekin boshqa oqimlar kabi uning barcha ko'rinishlarini izohlashadi.
 
Hozirgi kunda Iegova shohidlari 220 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo bo'ylab 111ta mamlakatda o'z bo'limiga ega. Tashkilotning “Qo'riqchi minora” jurnali oyiga ikki marta 125 tilda 22 milliondan ortiq nusxada, “Uyg'oninglar” jurnali oyiga bir marotaba 81 tilda 20 million adadda tarqatiladi. Ushbu nashrlar asosan missionerlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda iyegovachilar dunyo bo'yicha 6,7 millionni tashkil etadi. Iegova shohidlarining bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini ta'minlashga ketadigan sarf xarajatlardan tashqari missionerlarning «kundalik xarajatlari»ga yiliga 100 million AQSh dollardan ortiq mablag' sarflanadi.  
 
O'zbekiston xalqi ko'p millatli bo'lish bilan birga, mahalliy aholi o'z urf odatlariga juda ham sodiq. Islom dini esa mahaliy aholining hayot tarziga aylangan. Halqimizning tarixi, buguni va kelajagi Islom dini bilan chambarchas bog'liq. Iegovachilarning xato tushunchalardan biri insonning qonini boshqaga quyishni gunoh deb biladilar. Inson hayoti uchun kutilmagan vaziyatlarda qon quyish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini inobatga oladigan bo'lsak bunday g'oyaviy targ'ibotning oqibatini tasavvur etish qiyin emas. Ushbu yo'nalish a'zolari, davlat xafsizligini ta'minlash uchun harbiy xizmatdan ham bosh tortadi, bu degani davlat xavfsizligi tahdid ostida qolganda ularning qo'l qovushtirib turish g'oyasi qandaydir kuchlar tomonidan ta'kitlangandek go'yo. Har bir insonning boshida o'lim bor. Nasroniylikni qabul qilgan qishining vafot etgach nima bo'lishini tasavvur qiling. Kim uni dafn qiladi?! Kim uni janozasini o'qiydi ?!  Kim uning ortidan duoga qo'l ochib yuziga fotiha tortadi?! Kim uni qandoq va qayerda dafn qilishi kerak degan muammolar yuzaga keladi. Albatta hech bir musulmon ota-ona farzandini bejanoza, bekafan ko'mishni istamaydi. Aza bo'lgan xonadonga mahalla ko'ydan hech kim ta'ziya bildirib bormasa, bu qanday og'ir oqibatlarga olib kelishini tushunish qiyin emas. Qaysi ota-ona farzandiga “Arosat” filmidagi kabi jasadi xor-zor bo'lishini xoxlaydi, hech bir ota –ona, qavmu-qarindosh o'z yaqiniga hargiz bunday holatda o'lim topishiga rozi bo'lmasa rozi bo'lmasa kerak..Halqimizda qiz olib qiz berishda nafaqat kelin kuyovning o'ziga balki uning etti pushtiga ahamiyat beradi. 
 
Hulosa qilish mumkinki ushbu oqimga ko'r-ko'rona yoki o'z havoi nafsini ustun qo'yib, o'zining sof etiqodi, pok qadriyatini arzimagan matoh uchun sotib yuboradigan kimsalar bilib qo'ysinlar, ular ikki dunyosini ham kuydiradi. Alloh Taolo O'zining kalomi Qur'oni karimning Oli Imron surasi 19-oyatida “Alloh nazdida eng maqbul din Islomdir” deb turgan bo'lsa, nahotki ular o'z dinlarini qo'yib, boshqa dinni xoxlashlari mumkin.
 
Alloh Taolo ushbu suraning 85-oyatida “Kim Islomdan boshqa dinni xoxlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas,va u oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladir”. Alloh huzurida maqbul bo'lgan yagona Islom dinining oxirgi va mukammal ko'rinishi Muxammad alayhissalomga yuborilgan haqiqiy Islom dinidir. Ana endi undan boshqa dinni istab o'sha boshqa dinda yurganlardan u dinlari hargiz-hargiz qabul qilinmaydi. Ular oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladi. Alloh ularni hidoyatga solmaydi. Toinki bu yo'llaridan tavba qilib, qaytmagunlaricha Alloh Taolo ularni zalolatlariga bardavom qilib, ularni la'natlab turadi. 
 
Kogon tuman «Said Amir Kulol» jome masjidi

imom-xatibi Saburov Jaloliddin 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.08.2026   15992   1 min.
Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.


Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.


Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:

  • Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;

  • Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

  • Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.


Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari