Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448

Ma'naviy tahdidlar va ularning oldini olish zarurati

30.10.2021   5668   3 min.
Ma'naviy tahdidlar va ularning oldini olish zarurati

Yurtning ertangi kuni, taraqqiyoti yoshlar zimmasidadir. Hozirgi vaqtda yoshlarning ma'naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi eng dolzarb vazifa bo'lib kelmoqda. Yurtboshimiz aytganlaridek: “Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot turli xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar, mafkuraviy tahdidlar tobora kuchayib borayotgani barchani yanada hushyor va ogoh bo'lishga undaydi”. Jamiyatning ma'naviy barqarorligini izdan chiqarishga yo'naltirilgan tahdidlarga ma'naviy tahdidlar deyiladi.

Ma'naviy tahdidlar jamiyat hayotining barcha jabhalarini izdan chiqarishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalakni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlashi, mamlakatda ijtimoiy qatlamlararo, millatlararo, dinlar va diniy konfessiyalararo antagonistik ziddiyatlarni tug'dirishi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini butunlay izdan chiqarishi mumkin. Yoshlarga ma'naviy tahdidlar haqida ma'lumot berish ularni bo'lajak ma'naviy xavf xatarlardan saqlash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biridir. Ma'naviy tahdidlar ma'naviy barqarorlikni izdan chiqaradi.

Masalan: 1. Ichki tahdidlar – ma'naviy barqarorligimizga o'z ichimizdan turib zarar etkazuvchi odatlar va xatti-harakatlar.

  1. Tashqi tahdidlar – ma'naviy barqarorligimizga tashqaridan turib, muayyan reja asosida zarba berishga mo'ljallangan xodisalar va harakatlar.
  2. Ichki tahdidlar loqaydlik, takabburlik, befarqlik, milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik, sotqinlik, milliy nigilizm, millatchilik, xudbinlik va kosmopolitizm.
  3. Tashqi tahdidlar diniy va siyosiy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizm, missionerlik, sektantlik (tariqatchilik), qadriyatlarga hujum, ommaviy madaniyat va boshqalar.

Keyingi paytlarda xalqimizning ming yillar mobaynida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizni obro'sizlantirishga, ularni antidemokratik qadriyatlar deb atab kamsituvchi g'oyalar yoyilmoqda. Masalan, oila qardriyatini kamsituvchi feministik g'oyalar, mahalla qadriyatini kamsituvchi kosmopolitik g'oyalar vujudga kelmoqdaki, ular yoshlarni milliy qadriyatlaridan begonalashtirishni o'zlariga maqsad qilib olishgan. Yovuz kuchlarga qarshi kurashish, diniy toqatsizlik va ma'naviy mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, tinchlikni saqlash, insoniyatning muayyan bir ma'naviy-ruhiy negizida jinslashishini talab qiladi. Barcha halqlarning ezgu g'oyalari, ayniqsa benazir umuminsoniy qadriyatlari, yuksak ma'naviyatlari dunyo ahlini birlashtirish va ruhan yaqinlashtirishga zamin yaratadi.

Botir NOSIROV
Hovos tumani “Husnobod”
jome masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   22270   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari