Boshqa musulmon mamlakatlar qatori bizning mamlakatimizda ham hozirgi paytda ichimizdan tafriqa va fitnalar kelib chiqishiga sabab bo'layotgan ma'naviy tahdidlardan biri takfir hisoblanadi.
Usmon ibn Affon (r.a.) va Ali ibn Abutolib ( r.a.) kabi zotlarni ham kufrda ayblagan xorijiylar kabi hozirgi kunda o'zlariga qӯshilmagan va ergashmagan musulmonlarni kofirga chiqarayotgan ekstremistik tashkilotlar muqaddas dinimiz ahkomlarini ko'r-ko'rona buzgan holda, musulmonlarning moli va jonlarini ӯzlariga halol sanashmoqda. Bu bilan musulmonlarni asossiz "kofir" deb hukm chiqarib, ӯzlarining jamiyat va davlatga qarshi bӯlgan fitnalarini oqlashga urinishmoqda.
Musulmon kishini kofirga chiqarish ӯta xatarli ekanligidan, dinimiz bundan qaytargan. Bu ish mumkin emasligi haqida hadisda: " Rasululloh (s.a.v.): "Biror kishi ӯz birodariga: " Ey kofir!",- desa, bu sӯz ikkalasidan biriga tegishli bӯladi" , dedilar ( ya'ni, agar kofirlikda ayblovchi haq bӯlsa, ayblanuvchi kofirligicha qoladi. Basharti haq bӯlmasa, u holda ӯzi kofir bӯladi) (Imom Buxoriy rivoyati).
Hanafiy ulamolardan Ibn Nujaym: "Agar kofir deyish uchun tӯqson tӯqqizta dalil bӯlsa- yu, kofir demaslik uchun birgina dalil bӯlsa, tӯqson tӯqqizni qӯyib, ӯsha bir dalilni olish kerak ",- deydilar.
Payg'ambarimizning: "Buzuq va kofir bӯlmagan odamni buzuq va kofir degan odamning ӯzi kofir va buzuqdir" , - degan hadislaridan ogoh bӯlib, sizu biz musulmonlar, ayniqsa, yoshlarimizdan ijtimoiy tarmoqlar orqali tinch va osuda yashab kelayotgan va diniy ibodatlarni qilayotgan, ayniqsa, diniy ulamolarimizni, imomlarimizni kofirga chiqarib obrӯsizlantirishga urinayotgan, tinch yurtimizni barbod qilib, notinch qilish kabi gunoh ishlarga chaqirayotgan kimsalardan ogoh va ehtiyot bӯlishlari talab etiladi.
Alloh taolo yurtimiz musulmonlarini, musulmon ummati birligiga rahna soluvchi ma'naviy tahdid bӯlgan "takfir "dan saqlasin.
Abdullaxon Mirzayev,
Denov tuman "Muhammadqul" jome masjidi imom xatibi
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Xabarlar
01:17 Diniy ta’limda yangi bosqich: Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy anjuman
02:32 18 avgust – nodir yodgorlik Usmon Mus'hafining Toshkentga qaytgan kuni
03:39 Hududlarda “Qur’on tinchlikka buyuradi” nomli musobaqalar davom etmoqda
04:38 Bayram arafasida saxovat va mehr-oqibat tadbirlari davom etmoqda (hududlar)
06:53 Sirdaryolik imom-xatiblar o‘rtasida “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi
07:45 Samarqand, Buxoro va Xiva – islom sivilizatsiyasining bebaho durdonalari
08:37 O‘zbekiston va Pokiston olimlari Boburiylar merosini birgalikda tadqiq etmoqda
09:16 O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Bahriddin Xushboqov
Operator: Dilshod Mahkamov