Bugungi kunda internet tarmoqlari orqali yoshlarga diniy ilmlarni bildirish, o'rgatish maqsadida ochilgan ba'zi bir saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning ba'zilari to'g'ri, haq yo'lni ko'rsatsa, ba'zilarida esa qandaydir g'arazli niyat bo'lib, siyosiy kuch olib, o'sha mamlakat yoki hududga qaratilgan ma'lum bir maqsad bilan aytilgan ma'ruzalar bo'ladi. Shulardan biri - saylovga qatnashish kufr, degan so'zlarni tarqatish. Saylov bu - xalqning fikrini jamlab, o'sha fikrlardan xulosa qilishni aytiladi. Hamma o'z fikrini aytadi. Barchaning fikrini yig'ib, ko'pchilikning fikri qaysi tarafda bo'lsa, o'sha taraf fikri inobatga olinadi. Mana shuni saylov yoki saylash deyiladi. Bunda hech qanday kufrni yoki Allohning diniga nisbatan teskarilikni ko'rmaymiz. Bugungi kunda internet tarmoqlari orqali avval bunday gaplarni aytmagan toifalar yurtimizda yaqin kunlarda bo'lib o'tishi kutilayotgan saylovni e'tiboridan, o'sha joyda parokandalik, ixtilof va fitna chiqarish uchun shunday so'zlar tarqatmoqda. Bu narsaga aslo aldanmaslik kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan keyingi xalifalar ham saylandilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar, hazrati Usmon, hazrati Ali roziyallohu anhumlarni sahobalar tasdiqladilar.
Bugungi kunda musulmonlar ziyrak bo'lishi kerak. Tinchlik osoyishtalikni ta'minotlaridan biri ham - saylov. El yurt saylaganni hech kim inkor qilmaydi, hurmat qiladi. Saylov bu - xalq fikrini jamlanmasi hisoblanadi va biz buni hurmat qilishimiz, to'g'ri talqin qilishimiz, xalqni manfaati uchun qilinayotgan ish ekanini yoshlarga tushuntirishimiz kerak. Chunki tashqi zalolat, tashqaridan jo'natilgan fitna oz bo'lsa ham farzandlarimizga o'z tasirini o'tkazadi.
Alloh Taolo yurtimizni hamisha tinch, osoyishta qilsin, barchalarimizni iymonda, islomda barqaror qilib, adashishdan ham adashtirishdan ham saqlasin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Jizzax viloyat vakilligi matbuot kotibi
Usmonali OROLOV
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati