Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Hizbut-tahrirga raddiyalar (1-qism)

12.10.2021   1870   6 min.
Hizbut-tahrirga raddiyalar (1-qism)

MO'_''TAZILALARNING IZDOShLARI

O'tgan asrimizning yarmida Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1977) nomli shaxs tarafdan ta'sis etilgan “Hizbut-taxrir” oqimi vakillari yurtimizdagi diniy erkinliklardan unumli foydalanib qolish ilinjida oxirgi vaqtlarda g'imirlab qolishganga o'xshaydi. Kuni kecha “Darakchi” internet nashrida xuddi shu toifaga a'zo bir oilaning qonun oldida javob berayotganlari to'g'risida maqola o'qib qoldim.

Maqolani o'qigach xalqimizga bu oqim to'g'risida ko'proq va kengroq ma'lumotlar zarur degan xulosaga keldim. Veb saytimizda oqimga doir ma'lumotlar, ba'zi qarashlariga ilmiy raddiyalar bo'lsada, yana bu mavzuni ko'proq yoritish lozimligini tushunib etdim. Shu nuqtai nazardan, Allohdan tavfiq so'ragan holda “Hizbut-taxrir” oqimining diyonati buzuq, aqidasi noto'g'ri ekanligi haqida davomiy maqolalar berib borishga jazm qildim. Toki odamlar bu oqimning asl basharasni tanib bilib olsinlar. Targ'ibotchilariga duch kelganda munosib javob bera olsinlar.

“Hizbut-taxrir” oqimi ba'zi aqidaviy g'oyalarida Islom tarixida dastlabki adashgan oqim – mo''taziliylarga izdosh sanaladi. Ularning oqsoqoli Taqiyuddin Nabhoniy “Islomiy shaxsiyat” nomli asarida yozadi:

«وهذه الأفعال ـ أي أفعال الإنسان ـ لا دخل لها بالقضاء ولا دخل للقضاء بها، لأن الإنسان هو الذي قام بها بإرادته واختياره، وعلى ذلك فإن الأفعال الاختيارية لا تدخل تحت القضاء»

«Bu fe'llarning (ya'ni insonning qilayotgan hatti-harakatlari, amallari, ishlari va hokazo) Allohning qazo va qadariga aloqasi yo'q. Chunki inson barcha amallarini o'z ixtiyori va xohishi bilan yaratadi. Shunga ko'ra, ixtiyoriy fe'llarimiz Allohning qazosi ichiga kirmaydi».

Huddi o'sha kitobning yana bir sahifasida:

«فتعليق المثوبة أو العقوبة بالهدى والضلال يدل على أن الهداية والضلال هما من فعل الإنسان وليسا من الله»

«Savob va iqobni hidoyat va zalolatga bog'lashlik shuni anglatadiki, hidoyat va zalolat aslida insonning o'ziga bog'liq o'z fe'lidir. Allohdan emas».

Taqiyuddin Nabhoniy bu fikrini “Islom nizomi” nomli asarida ham sizdirib o'tgan. U bu bilan nima demoqchi? Insoniyat fe'lini o'zi yaratadi, Alloh yaratmaydi demoqchi! Bu g'oya aslida Hasan al-Basriy rahmatullohi alayhning oq bo'lgan talabasi Vosil ibn Ato asos solgan mo''taziliylarga tegishli bo'lib, u Kitob, Sunnat va sog'lom mantiqqa ham ochiqcha teskaridir! Alloh taolo aytadi:

وخلَقَ كلَّ شىءٍ فقدَّرَه تقديرًا

«U….har bir narsani o'lchov ila o'lchab yaratgan Zotdir». (Furqon surasi, 2-oyat).

Yana Qur'onda shunday deyiladi:

واللهُ خلقكم وما تعملون

«Alloh taolo sizlarni ham, qiladigan amallaringizni ham yaratgan». (As-soffat surasi, 96-oyat).

Ya'ni: Alloh taolo jamiki koinotdagi narsalarni, ularning o'zini ham qiladigan ishlarini ham, fe'l-amallarini ham aniq o'lchov — taqdirga mos tarzda yaratgan. Oyatlarda kelgan “شيء” (narsa) so'zi koinotda mavjud bo'lgan jamiki jonzotlar, jismlar va ularning harakat va sukanatlarini, ixtiyoriy bo'lsin yo iztirobiy bo'lsin, farqi yo'q hamma amallarini qamrab oladi. Shunday ekan, Furqon surasidagi “شيء” (narsa) so'zi amal va harakatlarimizga ham tegishli bo'ladi.

Mantiqan olib qaralsa jonzotlar tarafdan sodir etiladiga ixtiyor hatti-harakatlar beixtiyor qilingan ishlarga nisbatan ko'proqni tashkil qiladi. Agar hizbchilar e'tiqodiga ko'ra, jonzotlar, insonmi hayvonmi nima bo'lganda ham ixtiyoriy amallarini o'zlari yaratib, ixtiyoridan tashqari ishlarni Alloh yaratgan deb faraz qilsak, er yuzida insonlar yaratgan narsalar Allohnikidan ko'payib ketadiku?!

Demak, ma'lum bo'ladiki, Nabahoniyning inson fe'l va amallari borasida ilgari surgan fikri kitob va sunnatga, ahli sunnat va jamoat g'oyalariga ochiqcha teskari va raddir.

Shuningdek, Alloh taolo hidoyat va zalolat masalasida shunday deydi:

فمن يهدي من أضلَّ اللهُ

«Alloh zalolatga solgan kimsani kim ham hidoyatga sola olardi?!». (Rum surasi, 29-oyat).

Va yana:

إنَّك لا تهدي من أحببْتَ ولكنَّ اللهَ يهدي من يشآءُ

«Albatta, siz o'zingiz sevgan kishini hidoyat qila olmassiz. Lekin Alloh kimni xohlasa, o'shani hidoyat qilur». (Qosos surasi, 56-oyat).

Bu oyati karimalarda ochiq bayon qilinmoqdaki, hidoyat va zalolat bandaning o'z ixtiyori bilan amalga oshadigan narsalar emas. Aksincha Alloh xohlagan kimsasi qalbida zalolat, hoxlagan kimsasi qalbida hidoyat fe'lini yaratadi.

Hizb oqsoqolining bu masaladagi fikri quyidagi oyatga ham muxolif:

ونُقلّبُ أفئِدتَهم وأبصارَهُم

«Va qalblari va ko'zlarini burib qo'yarmiz…». (An'om surasi, 110-oyat).

Bu oyati karima shuni anglatadiki, insonning qalbiy fe'llari va tashqi a'zolari bilan sodir etgan ishlari hammasi aslida Alloh taolo tarafdan yaratiladi.

Shunday ekan, hizbchilardan kimdir sizni targ'ib etsa, o'z taraflariga og'dirib olishga urinsa, saflariga moddiy yo ma'naviy ko'makni ro'kach qilib qo'shib olishga urinsa, unga aldanib yurmang. Binobarin hizbning yo'li boshi berk ko'cha tarafgadir. Hizbchilar tavba qilmasa qiyomat kuni qattiq qiynalib qolishlari aniq. Alloh barchamizni to'g'ri yo'ldan toydirmasin!

Botirjon qori

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   16645   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari