Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Avgust, 2026   |   9 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:39
Peshin
12:26
Asr
17:13
Shom
19:16
Xufton
20:38
Bismillah
22 Avgust, 2026, 9 Rabi`ul avval, 1448

Jaholatga ma'rifat bilan kurashmoq lozim

11.10.2021   2372   6 min.
Jaholatga ma'rifat bilan kurashmoq lozim

Muqaddas islom dini odob axloq, mehr muabbat va insonpavarlik dek guzal g'oyalarni o'z ichiga olganligi cababli turli zamonlarda odamlar bu dindan turlicha foydalana boshladilar. Kimdur dunyo va oxiratining manfaati uchun foydalangan bo'lsa, islom dini deyilsa eshitgan odam mumdek erib qolishini bilgan g'arazli kishilar o'zining moddiy yo botil g'oyasini amalga oshirish uchun ishlatadigan bo'lib qoldi. Ushbu botil g'oya va aqidalarni sezgan ulug' zot va allomalrimiz o'z zamonalarida mazkur toifalarning yo'lini to'smoq uchun o'z bilim va mahoratlarini ishga solib ko'p natijalarga erishdilar va muqaddas islom dinimizni bizgacha toza va sof etkazib berish baxtiga musharraf bo'ldilar. Shuning uchun biz ham bugungi global holatini nazarda tutmay befarq va loqayd bo'lib panja ortidan qarab o'tiradiganlardan bo'lsak, kelajak avlod haqqini poymol qilib ular oldida javobgar bo'lib qolishimiz muqarrar bo'ladi.

Bugun dunyoning ba'zi bir mamlakatlarida turli toifa va aqidaparastlar o'z g'arazli g'oyalarini amalga oshirish uchun islom dini niqobi ostida amal qilib, o'qlari nishonga etmoq uchun hadisi sharif va Qur'oni karim oyatlarini o'z manfaatlari yo'lida tafsir qilmoqdalar.

Avvalan bilmoq kerakki, Qur'onni gafsir qilib unga ma'no berishga faqat mujtahid (tafsir, hadis, fiqh va usul ilmlarni bilgan kishi)haqlidirki, bu ish vaqtida o'z ifodasin topgan. Zero hadisda kelganki: «Qur'onni kim o'z fikri bilan tafsir qilsa joyini jahannamdan tayyyorlab qo'ysun». Shuningdek Qur'oni karimda shunday oyatlar mavjudki, ularning ma'nolarini Parvardigordan boshqa hej kim bilmaydi deb Qur'nda ta'kidlangan. Shuning uchun bizning Hanafiy mazhabimiz ulamolari shunday oyatlarning ma'nosini Olloh taologa havola qilib ma'no berishidan o'zlarini tiyadilar. Bundan tashqari Qur'on va hadislarning nosix va mansux(hukmi bekor qilingan) lari bor bo'lib, mufassir ularni ham mukammal bilmog'i lozim bo'ladi. Mansux oyatlarga imon keltiriladi ammo unga amal qilinmaydi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek bugungi yangi firqalar Qur'ni karim va hadislarni ko'r-ko'roni ta'vil qilib tinj hayot kechirib turgan jamiyatni halokat girdobiga tortmoqdalar. Hudovand taboraka va taolo shunday kimsalardan ogoh bo'lmog'imiz uchun qo'yidagi oyatni Qur'onda keltirib marhamat qiladi: (Oyat ma'nosi) «Bu Kitoda(Qur'nda) ma'nosi aniq va ravshan oyatlar va ham mutashobih(tushinishi qiyin bo'lgan) oyatlar ham o'rin olgandir. Endi dillarida haq yo'ldan og'ish bo'lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o'z havoi nafslariga muvofiq tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar,- Holbuki, unday oyatlarni ta'vilini yolg'iz Ollohgina bilur…..» deb bayon qilingan. ( Oli Imron 7 oyat). Mazkur oyat xususida Payg'ambarimz (alayhissalom) bunday deganlar: «Bir qavmning Qur'on oyatlari ustida ta'vil qilishi, ularning xatoga yo'l tutishiga sabab bo'ladi va ular fitnaga yo'l tutadi so'ngra ular Qur'ondan mutashobih oyatlariga ergashadilar. Bu hol ularni halokatga olib borabi».(Qatoda rivoyati). Boshqa bir hadisda bunday deyilgan: «Agar Qurondan mutashobih oyatlariga ergashganlarni ko'rsangizlar, ulardan uzoqlashingiz».(Tafsiri Abd).

Mazkur oyat va hadisi shariflardan xulosa chiqorib shuni aytish mumkinki, bugun dunyoda o'z qabih amallari bilan xavf solib turgan firqalardan biri «IShID» ( Iroq va Shom Islom davlati) , «Hizbut-tahrir» va boshqa guruhlar mavjudligidan barcha yurtdoshlarimiz ogoh bo'lmoqlari lozim. Zero Hazrati Ali (karramallohu vajhahu) bir ming to'rt yuz yil muqaddam ularning sifatlarini bayon qilib bunday deganlar: «Qachon qora bayroqlarni ko'rsangiz erni lozim tuting. (ya'ni makoningizda turing ularga ergashmang) Qo'llaringiz va oyoqlaringizni qimirlatmang.(ularga moddiy va ma'naviy yordam bermang) So'ng zaif bir qavm zohir bo'lur. Ular e'tiborga sazovor emaslar. Ularning qalblari temirning zangiga o'xshaydi.(odamlarga rahm qilmaydilar, shafqatsiz azob beradilar) Ular mol-mulk sohiblaridirlar. Ahdga ham, va'daga ham vafo qilmaslar. Haqqa chaqirurlar, lekin o'zlari haq ahlidan emaslar. Ismlari laqabdir. Nisbatlari qishloq-shaharlarigadir. Sochlari ayollarning sochlariga o'xshab osilib turadi. Ular oxiri borib o'zaro ixtilof qiladilar…..».

Hulosa sifatida shuni alohida ta'kidlash lozimki, jahonda kechayotgan murakkab jarayonlar yoshlar tarbiyasiga yanada jiddiyroq e'tibor berishni talab etmoqda. Hususan har bir ota- ona bo'ynidagi mas'uliyatni his etib farzandlarining har nafas va har bir qadamidan xabardor bo'lib ularning yuradigan yo'li hamda do'stu hamso'hbatlari kimligini bilib turishlari shart va lozim dur. Urush janjallar bizdan uzoqdaku deb beparvo bo'lish aslo mumkin emas. Garchi yurtimiz Hudoga shukr tinch-osuda bo'lsada bu xatarlarni oldi olinmasa, uning tafti etib kelishi mumlmgini unutmasligimiz darkor. Zero hozirgi globallshuv davrida internet orqali dunyoning bir chetida turib, odamlarga o'z g'oyasini singdirish mumkin bo'lgan davrda yashamoqdamiz. Shuning uchun mazkur toifalarga nisbatan « fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda» deb yozgan edilar marhum Yurtboshimiz o'z «Yuksak ma'naviyat engilmas kuch» asarlarida.

Bir muborak hadisning ma'nosida bunday deyilgan:

« Kim erta o'yqudan turib oilasiga tinchlik va ahli oilasini sihhat va salomat topsa hamda farzandlari uchun bir kunlik eguli naprsasi bo'lsa bilsinki u eng boy va baxtli insondir».

Yana bir hadisda: «Mening umatim ikki ne'matning qadriga vaqtida etmaydi. Biri tinchlik ikkinchisi esa sihhat va salomatlikdir». deyilgan. Shuning uchun bugungi tinchlik va xotirjamligimizga shukr qilib, ushbu ulug' ne'matni avaylab asrash har bir fuqaroning burchi ekanligini aslo unutmasligimiz lozim.

 

Fazliddin Karomatulloh
Sariosiyo tumani «Hoja Alouddin Attor» j. masjidi imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman diniy sohada zamoniy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi

21.08.2026   12214   2 min.
Anjuman diniy sohada zamoniy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli anjuman diniy ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish va sohaga ilg‘or pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish va zamon talabiga mos kadrlar tayyorlashda yo‘lidagi salmoqli amaliy qadam bo‘ldi.

Tadbirlar davomida sohaga oid ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi hamda ilmiy-tadqiqot sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot, diniy ta’limda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va ilmmetriya masalalariga bag‘ishlangan mahorat darslari ham o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar tizimda zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirish, dars jarayonlarida yangicha uslublarni qo‘llash hamda soha vakillarining kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, anjuman doirasida oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining muhtaram Prezidentimizga yo‘llagan Murojaatnomasi o‘qib eshittirildi.

Unda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani tubdan rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash hamda ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish va diniy ta’limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tarixiy islohotlar alohida e’tirof etildi. Jumladan, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy islom instituti kabi diniy ta’lim maskanlari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqshband kabi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilishi yurtimizda ma’rifat ahli uchun keng imkoniyatlar ochgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, pedagoglar ushbu yuksak e’tibor va shart-sharoitlar uchun Davlatimiz Rahbariga minnatdorlik bildirib, bunga javoban yoshlarni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Islom dinining asl insonparvarlik g‘oyalarini o‘zlashtirgan va sohada yetuk kadrlarni tayyorlashini ta’kidladilar.

Bo‘lib o‘tgan anjuman diniy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda sohada yuqori malakali, zamon bilan hamnafas mutaxassislarni tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari