Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Aprel, 2026   |   1 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:38
Peshin
12:27
Asr
17:08
Shom
19:11
Xufton
20:29
Bismillah
19 Aprel, 2026, 1 Zulqa`da, 1447

Qaltis tahdidlar

22.09.2021   1103   5 min.
Qaltis tahdidlar

Bugun tez-tez qulog'imizga chalinayotgan, tasavvurimizda kezayotgan bir so'z u ham bo'lsa, hozirgi zamon “axborot asri” deb takror-takror eshitilmoqda. “Axborot asri” deb atalayotgan hozirgi zamonda ma'lumot olish va axborot almashishning qulay vositasi internet deb e'tirof etilmoqda. Ma'lumot tarqatish, biznes va reklama uchun katta maydonga aylangan global tarmoqlar shunday rivojlandiki, uning nihoyasi yo'q. Lekin, yaxshi narsani ikkinchi tomoni salbiy bo'lgani sabab, axborot asrining tuzatish mumkin bo'lmagan tahlikalari borligi kishini tashvishga solmay iloji yo'q.

Atrofga nazar solsangiz, maktab o'quvchilarining qo'lida ham uyali telefon bor, ularning aksariyati internetga ulangan. Bu mittigina qutichadek matoh yordamida dunyoni kaftda ko'rgandek kuzatish mumkin. U cheklanmagan, istagan odam esa internetga kira oladi.

Internetdan maqsadli foydalanish xususan, yoshlar bilim salohiyatini oshirishda uning aql-zakovatni oshirish borasidagi dasturlarga murojaat qilishlari mukin.

Lekin, deyilgan istisnoli so'z barchamizni o'yga toldirishi ham tabiiy.O'smiryoshlar ongiga ta'sir qilib, ular qalbiga o'z buzg'unchi g'oyalarini singdirishni, ularnito'g'ri yo'ldanozdirishni, behayo fil'mlar tomosha qilishga targ'ib qilishni maqsad qilgan noqobil harakatlar mavjud.

Odatda yoshlarni kompyuter va telefonga qiziqishi shu darajada oshib bordiki, ajratilgan vaqt chegarasiga rioya qilmasdan, undan to'xtashni talab qilinsa faqat janjal, yig'i-sig'i bilan yakun topa boshlaydigan bo'lib qoldi.

Eng achinarlisi, bunga ota-onalar o'zimiz sababchi bo'lib qoldik. Ota-ona ishdan kelgandan so'ng dasturxon atrofida farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishning o'rniga ota bir tomonda, ona bir tomonda telefonini titkilab o'tiradigan holatga kelib qoldik. Buni ko'rgan farzand ham internetdagi o'tkinchi      ishlarga qiziqishi ortib bormoqda.

Internet va kompyuter o'yinlari asiriga aylanish kasalligiga chalingan o'smirlar hayotdan, ma'naviy qadriyatlardan tamom uzulib, butunlay o'yinlarga berilishi yoki ball yig'ishga, qimorga va yutuq-sovg'a olish kabi qadrsiz ishlarga mukkasidan ketishlarini aytib o'tmasdan ilojimiz yo'q.

Miyasida o'yinlardan tinimsiz zavqlanish hissini tuyayotgan bola uchun bunday “sevimli” mashg'ulotidan boshqa hamma narsa asta-sekin ahamiyatsiz bo'lib qolishi tabiiy. Sir emaski, kattalarga qaraganda bolalarda biror narsaga bog'lanib qolish kuchli, ularning sog'ligiga etadigan zarar ham bir necha barobar ziyoda ekanligiga dalil talab  etmaydigan haqiqatdir.

Ular oddiygina uy vazifasi va uning yumushlarida ham hatto xonasini tozalash, kiyimini shkafga ilish kabi o'zigagina tegishli bo'lgan ishlarni bajarishdan ham bo'yin tovlamoqda.

Ovqatlanayotgan paytda ham intrnetdan uzila olmasdan, uning bilan birga bo'lib ovqatlanish achinarli holdir.

Dars jarayoni ham tubdan o'zgarib ketishi, ustozlarning tartibga chaqirishi, nasihat va maslahatlari ham mutlaqo ta'sir qilmasligi hayotiy muammolarga olib ketayotgani sir emas.

Ota-onalar, yaqinlari, sinfdosh o'rtoqlari bilan bo'ladigan muloqotlar esa go'yoki zerikarli tuyulayotganini aytmasdan ilojimiz yo'q.

Bundan boshqa oqibatlarni keltirib chiqarayotgan yolg'on axborotlarning oqibatlarini gapirsangiz tanangiz zirxlaydi.

Darhaqiqat, dono xalqimiz keltirgan naqllardan tanalarga shifo, davo bo'lgan asalni ham noto'g'ri iste'mol qilinsa tana uchun zarar keltirishi ayni haqiqat.

Bu holat oddiy kompyuter o'yinlaridan tortib, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham ochiq ko'zga tashlanmoqda. Yuzaki qaraganda, arzimasdek tuyuladigan bu harakatlar vaqt o'tgan sari jiddiylashib, qat'iy tusga aylanishi o'ta ayanchli natijalarni keltirib chiqarmoqda.

Shu o'rinda foydali xulosalar qiladigan bo'lsak, yurtimizda yoshlarimizning barkamolligi uchun barcha imkoniyatlareshigi keng ochilgan. Jumladan, axborot texnologiyalari, xususan, internet sohasida ham. Shunday ekan, yoshlarimizning internetdan oqilona va to'g'ri foydalana olishiga targ'ib qilsak. Yoshlar vaqtini bema'ni narsalarga zoye qilmasdan, faqatilm bilan shug'ullanadi va kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lishiga harakat qilsak.Zero, yoshlarimizda yovuz xurujlarga qarshi kuch-immunitet shakllansa, ularga hech qanday tahdid o'zining zararli ta'sirini o'tkaza olmaydi. Yoshlar kelajagimiz, ularni g'oyaviyofatlardan asrash burchimizdir!

Agar biz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, dinimiz sofligi yo'lida zaxmat cheksak, kelajak avlod ham bizdan o'rnak olardi.

 

 

Abdulhay TURSUNOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakili

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

18.04.2026   11739   1 min.
Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Ma’lumki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan yurtimizdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.


Shu munosabat bilan joriy yil 6 aprelidan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida tajvid ilmi bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Mazkur dastur doirasida 2026 yil 16 aprel kuni Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida viloyat imom-xatiblari va imom noiblari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Xorazm ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida ham ma’ruza qilib berdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari