"Ziyo" media markazi va "Oriyat dono" radiosi hamkorligida tayyorlangan " "Ziyo chashmasi" radio dasturi.
Dastur mehmoni "Huvaydo" jome masjidi imom xatibi Abror domla Alimov
Suxandon: Nurmuhammad Ziyodullo o'g'li
Toshkent islom institutida o‘qish jarayonida bilimga chanqoqligi, faolligi, mas’uliyati hamda namunaviy xulqi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga institut nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Mazkur tashakkurnomalar talabalar orqali ota-onalariga yetkazildi.
Ushbu tashabbus orqali institut tomonidan ota-onalarning farzand ta’limi va tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori, mas’uliyati hamda fidoyi sa’y-harakatlari yuksak e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning nafaqat chuqur bilim egallashi, balki yuksak ma’naviyatli, odobli va jamiyatda munosib o‘rin egallagan shaxs bo‘lib kamol topishida oilaning, xususan, ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Ana shu hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik samarasida talabalar ta’lim-tarbiyada yuqori natijalarga erishib, institut nufuzini oshirib kelmoqda.
Toshkent islom instituti jamoasi bunday tashakkurnomalarni yo‘llash amaliyotini kelgusida ham davom ettirib, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashni maqsad qilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati