Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Bugungi buzg'unchi oqimlarning asosiy dastak qilib ushlagan narsasi nima?

08.09.2021   1111   1 min.
Bugungi buzg'unchi oqimlarning asosiy dastak qilib ushlagan narsasi nima?

Islom dinida tinchlikka va kishilarning osoyishtaligiga rahna soladigan barcha ishlar buzg'unchilik-fasod ishlardan sanaladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 205-oyatida "Va holbuki, Alloh fasodni xush ko'rmas" deyilgan.
Terrorchilik va aqidaparastlik begunoh odamlarning qoni to'kilishiga olib keladi. Muqaddas Islom dinimizda bunday ishlar qat'iy man etilib, Qur'onda "Kim bir jonni nohaqdan yoki er yuzida fasod qilmasa ham o'ldirsa, xuddi hamma odamlarni o'ldirgan bo'ladi" (Moida, 32) deya qat'iy qoralangan.

Bugungi buzg'unchi oqimlarning asosiy dastak qilib ushlagan narsasi shuki, ular shariat amallarini to'la-to'kis bajarmagan boshqa musulmonlarga nisbatan "qozilikni" da'vo qilib, "munofiq" va "murtad" deb hukm chiqarishdan tap tortmaydilar. Hadisda, "Kimki mo'min kishini "kofirsan" deb haqoratlasa, go'yoki uning qonini to'kkanchalik gunoh qilgan bo'ladi", deyiladi. Ya'ni, hech bir odamga musulmon insonni "kofir", deb hukm chiqarish huquqi berilmagan.
Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib har bir qadamimizni o'ylab bosaylik, har qanday g'oyaga ta'sirlanmasdan, rasmiy jome' masjidi imom-xatiblari bilan maslahatlashaylik!

Bobobek ABDURAHIMOV,
Qoraboy oqsoqol jome' masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi o‘quv yiliga — ezgu niyatlar bilan!

24.08.2026   89   1 min.
Yangi o‘quv yiliga — ezgu niyatlar bilan!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.

Yangi o‘quv yili arafasida viloyatdagi imom-xatib va imom noiblari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlariga o‘quv qurollari olib berilmoqda.

Bu ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashish bilan birga, ularning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishiga ko‘maklashmoqda.

Mehr-oqibat va saxovat — xalqimizga xos ezgu qadriyatlar!

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari