Buyuk tobeinlardan Hasan al-Basriy suhbatlarida tinglovchilik qilib yurgan Vosil ibn Ato nomli shaxs ajrab chiqdi. U o'sha davrda ahli sunna aqidasidan o'zining “al-manzila baynal-manzilatayn” ya'ni, “oraliq manzil” tushunchasi bilan ajrab chiqqan edi. Uning iddaosicha katta gunoh qilganlar iymonidan ajraydi biroq, kofir ham bo'lmaydi. Ular iymon va kufr oralig'ida arosatda qoladilar deb ahli sunnaga xilof qilgandi. Uning shu muxolafati tufayli unga va uning izdoshlariga Islom tarixida Mu'taziliy deb nom berildi. Bu toifa keyinchalik qadariya va jadhmiya toifalarining botil aqidaviy mafkuralarini o'zida jamlab biroz rivojlandi ham. Mo''taziliylar ma'lum vaqt gurillab davr surgan bo'lsa-da, ahli sunna ulamolarining sa'y-harakatlari natijasida bu toifa vakillari keyinchalik batamom tugatilgan. Lekin shunga qaramasdan ularning aqidaviy davomchilari yangi-yangi nomlar bilan ora-orada bo'y ko'rsatib turadi. Shulardan biri “Hizbut-tahrir” oqimidir!
Hizbut-tahrirchilarning bid'iy qarashlaridan biri “inson amallari (xar qanday hatti-harakatlari)ning yaralishi masalasi”ga doir bo'lib, ularning iddaosicha insoniyat o'z amallarini o'zi yaratadi, Alloh emas. Bu aqidaning asli egasi tarixda qolib ketgan “ummat majusiylari” degan jirkanch laqabga haqli ravishda ega bo'lgan jahmiylar bo'lib, ulardan Vosil ibn Ato boshliq mo''taziliylarga meros qolgan.
Hizbchilar rahnamosi Taqiyuddin Nabahoniy “ash-Shaxsiyyat ul-
islomiyya” nomli asarida uzining jahmiya va mo''tazilalar bilan bu masalada hamfikr ekanini isbot etgan va bu haqida u shunday yozadi:
“Bu fe'llar (ya'ni inson amallari), ularni qazoga daxli yo'q, qazoni ham ularga daxli yo'qdir. Chunki inson o'z fe'llarini o'z ixtiyori ila amalga oshiradi. Shunga ko'ra, ixtiyoriy amallarning Alloxhning taqdir va qazosiga kirmaydi”.
Shuningdek, ayni usha asarda yana shunday deydi:
“Insonga beriladigan savob va uqubatni hidoyat va zalolatga bog'liq deb bilish shuni anglatadiki, hidoyat va zalolat aslida insonning fe'li, Allohga bog'liq emas” .
Jahmiya, qadariya va mo''tazilalarning zamonamizda yangi paydo bo'lgan avlodlari sanalmish hizbut-tahrirchilarga bu masalada rad javoblaridan oldin shuni alohida ta'kidlash lozimki, “inson amallarining yaralish” masalasi muhim va o'ta jiddiy aqidaviy masalalardan biridir. Yuqorida aytib o'tilganidek bu masalada birinchi bo'lib ahli sunnaga muxolif bo'lganlar ummat majusiylari—jahmiylar bo'lgan.
Ahli sunna ta'limoti buyicha butun koinotda har bir mavjudot, harakot- u sakanot, ixtiyoriy-g'ayri ixtiyoriy fe'llarning yagona yaratuvchisi bo'lib, u ham bo'lsa Alloh taoloning yakka o'zidir! Ha, Alloh hamma narsani yaratuvchisi, Holididir! Insoniyat harakatlari, amallarini Alloh yaratmagan deyishlik bu Yer-osmonni Alloh yaratmagan deb e'tiqod qilish bilan bir xildir!
Buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni imom Buhoriy hazratlari ham o'z davrida bu aqida egalariga etarlicha raddiyalar qilgan. Ul zot bu mavzuda “Halqu af'olil-ibod var-rad 'alal-jahmiya va ashabit-ta'til” nomli yirik raddiya asarini bitganlar. Mazkur asarida shunday deydilar:
“Endi, bandalarning fe'llari masapasiga kelsak, bas bu dadda Ali ibn Abdulloh Marvon ibn Muoviyadan, u kishi Abu Molikdan, u kishi Rib'iy ibn Hirashdan, u kishi Huzayfa roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qilgan: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Albatta , har bir sanoatchi va ularning ijod mahsullarini Alloh yaratadi”. Shu uhadis aytlgan chog'da ba'zilar bunga dastak sifatida ushbu oyati karimani tilovat qilganlar: “Va holbuki, sizlarni dam va sizlar dilib kurgan amallarii dam Alloh yaratgan” (Vas-soffat / 96). Bas, Alloh taolo xabar berdiki, har bir ish va uni qiluvchi sanoatchilar Alloh taolo tarafidan yaratigandir”. ( Imom Buxoriy. Halqu af'olil-ibod var-rad 'alal-jahmiya va ashabit-ta'til. 2-J. 66-B. 124-hadis).
Aslida jahmiylardan qolgan puch aqidani rad etish uchun mana shu hadis tog'ni talqon qilgudek kuchli dalil bo'lsa-da, muammoning jiddiyligi tufayli imom Buxoriy hazratlari yana bir qancha dalillarni keltirganlar. Jumladan, mashhur tobein Tovus al-Yamoniy rahmatullohi alayhning Rasulullohning ko'plab sahobalari bilan uchrashganman. Ularning bari “Hamma narsa Allohning taqdiri bilan bog'liqdir” deb aytardilar” degan so'zlarini ham ilova qilgan.
Yana bir rivoyatida esa Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning “Hamma narsa Allohning taqdiri bilan bo'ladi, hatto qo'lingni
soning ustiga kuyishing ham ” — degan qavlini keltirgan. (O'sha manba.69- B. 131-hadis).
Imom Buxoriy rahmatullohi alayh taqdim qilgan dalillardan xulosa qilib shunday deyishimiz mumkin: O'tgan asrimizning ikkinchi yarmida huruj qilgan, jahmiy va mo''taziliylarning mafkuraviy davomchilari bo'lmish hizbut-taxrirchilar to'g'ri yo'lda emas!
Hizbut-tahrir jamoasi avvalboshdanoq islomiy odob-axloqni inkor qilib, insoniy kadriyatlarning va diniy fazilatlarning bugungi kunda zarurati yo'q deb keladi. Hizb o'z dasturlarida axloq bilan da'vat qilishni, odamlarni axloqli, go'zal xulqli bo'lishni, insonlar chiroyli xulklar sohibi bo'lishini tanqid qiladi. Hizb tasavvurida islom o'zlari o'ylab topgan aqidalar majmuyi va qoidalar nizomidir, xolos (“at-Takattul al-hizbiy”, 18-bet).
Hizbut-tahrir a'zolariga tarqatilgan “Hizbut-tahrir manhaji” nomli risolada: “Fazilatli xulqlarga da'vat qilish jamiyatni isloh kilishga va ummatni uyg'otishga imkoniyat tug'dirmaydi. Chunki, jamiyatning islohi fikrlar islohi bilan hosil buladi… Fazilatli xulqlarga da'vat qilish esa zamonaviy musulmonlarning hukmlarini hal kilish uchun etarli da'vat emas!” (“Manhaj hizb ut-tahrir fi-t-tatyir”, 26-27 betlar), deyilgan. Hizbning muassisi an-Nabahoniy ham insondagi ruhiy xislat va shavqlarning borligini inkor qilgan (“Nizom ul-islom”, 61-bet; “al-Fikr al-islomiy al-muosir”, 202-bet).
Hizbning bu hildagi odob-ahloqni, ruhiy hislat va fazilatlarni inkor qilishlari hizbning a'zolari orasida qalbi qattiqlikni, qo'rslikni keltirib chiqarish uchun zarur edi. Hizb a'zolarida mehr-shafqat, odamgarchilik, qo'ni-qo'shni haqqi, vatan tuyg'usi, mehr-muhabbat, rahimdillik kabi hislatlarning yo'q ekanligini shundan ham bilsa bo'ladi. Ularning o'z vataniga qurol ko'tarishlari, vatandoshlarini kofir deb bemalol e'lon qilib yuborishlari, o'z mahalladoshlarini ham haqorat qilib, jismonan yo'q qilib yuborishga urunishlari hamda o'zlari tug'ilib-o'sgan yurt va vatanlarni kofiriston deyishlarining birdan-bir sababi ham shudir.
Holbuki, islom dini mehr-shafqat dini, islom shariati odob-axloq shariatidir! Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Innama bu'istu li-utammima makorim al-axloq!” (“Shak-shubhasiz, men go'zal xulhlarni kamolga etkazish uchun yuborildim!”) deb marhamat qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam go'zal xulqlarni barkamol qilish, odamlarga go'zal xulqlarni o'rgatish uchun kelganlar. Hizbut-tahrirchilar kabi siyosatni notinch qilish uchun yuborilmaganlar.
Taniqli alloma Sa'duddin Taftazoniy rahimahullohning “Sharh al-aqoid an-nasafiya” asarida “xalifalik” masalasi alohida keltirilgan. Chunki, “xalifalik” masalasi o'sha davrda ham, bugun ham muhim muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda ham ba'zi oqimlar tomonidan “Islom xalifaligi”ni qurish g'oyasi ilgari surilmoqda. Agarda tarixga nazar tashlansa, bu masala ham davriy takrorlanib turganiga guvoh bulish mumkin. “Sharh al-aqoid an-nasafiya” asarida bu to'g'rida quyidagicha, bayon qilingan: “Halifalik o'ttiz yildir. Undan keyin podshohlik va amirlikdir”.
Ushbu fikrini isbotlash maqsadida alloma Taftazoniy Rasululloh sollalloh alayhi va sallamdan quyidagi hadisni keltiradi:.
“Mendan keyin xalifalik o'ttiz yildir. Undan keyin keyin podshohlik va amirliklarga aylinib ketadi ”. Mazkur hadis sahih bo'lib, bir qancha muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan. Shundan keyin, Alloma Taftazoniy sahoba hazrati Ali karramalloh vajhahuning mazkur o'ttiz yilning boshida turishligini aytganlar. Undan keyin hukmronlik qilganlar esa, podshoh va amirlar bo'ladi, deydilar. Jumladan, sahoba Muoviya raziyallohu anhu va undan keyingi amirlar xalifalardan emasligini aytiladi.
Alloma Taftazoniy ham hozirgi davrda xalifalik tuzishni targ'ib qiluvchilar doim keltiradigan hadisi sharifga e'tibor qaratgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan kuyidagi hadis keltiriladi: “Axli qibladan kim o'z zamonasining imomini tanimasdan vafot etsa, kofir bo'lib vafot etibdi”.
Alloma Taftazoniy mazkur hadis e'tiboridan ummat Nabiy (s.a.v.) vafotidan keyin eng muhim ishni qildilar. Ya'ni, o'zlariga raxbarni tayinladilar. hatto, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dafn qilinmasdan oldin bu ishni amalga oshirdilar va bu ishni har bir raxbar vafotidan keyin xam davom ettirdilar, deganlar. Ya'ni, bu erda hech qanday xalifalik haqida gap-so'z yo'q. Mazkur hadisda har bir davrdagi, har bir yurtning o'zlari tinch yo'l bilan saylab qo'ygan raxbarlari nazarda tutilgan. Hadisda tilga olingan “imom” so'zi diniy raxbar – masjid imomini ham, siyosiy raxbar – davlat raxbarini ham nazarda tutadi. Fiqhiy manbalarda ham “imom” so'zi ana shu ikki ma'noda qo'llanadi. Undan faqat “xalifa”ni e'tiborga olish ma'nosi yo'q.
Halifalikni va xalifalik tuzishni targ'ib qiluvchilar o'zlarining g'arazli maqsadlari uchun shu ma'nodagi quyidagi sahih hadisi sharifni yashirib keladilar: “Kimki itoatdan chiqib va jamoatdan ajralib vafot qilsa, johiliyat o'ligi xolda o'lib ketadi. Kimki ummatimga qarshi chiqib, yaxshisini ham, yomonini ham (buyiniga qilich va bolta ila) ura boshlasa, ularning mo''minligiga parvo qilmay qo'ysa, ularning ahdlashgan kimsalariga vafo qilmasa, u mendan emas! Kimki asabiylikka chaqiradigan ko'r bayroq ostida urishsa, yoki asabiylik bilan g'azablanaversa, u o'ldirilsa, jaholat xolida o'ldirilgan bo'ladi!”.
Mazkur hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hozirgi kunda ahmoqona “halifalikni qayta qurish” rejasi bilan mo''min-musulmonlarga qarshi chixqayotgan, musulmonlarni o'ldirayotgan, asabiy va serg'azab nokaslarni ogohlantirmoqdalar, ularning o'zlari jaholatda, harom o'lim topishlari to'g'risida bashorat qilmoqdalar.
Hulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, “xalifalikni qayta qurish” masalasi asrlar davomida turli firqalar tomonidan davriy ravishda ko'tarilib turgan. Bugungi kunda ham bu masala ba'zi adashgan firqalar tomonidan ko'tarilmoqda. Yuqorida keltirilgan dalillar mazkur oqimlarning qarashlari noto'g'riligini isbotlaydi va ularning qilayotgan bu da'volari faqat o'zlarining g'arazli maqsadlarini niqoblashdan o'zga holat emas ekanini ko'rsatadi.
Maqola ta'lim muassasasi “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” maxsus kurs ma'ruzalari matni asosida tayyorlandi.
“Hadichai Kubro” ayol-qizlar o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi o'qituvchisi H.Usmonova
«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga yo‘l oladi. Ular yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Innovatsion muzey bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy-madaniy meros obyektlari, jumladan, YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar bo‘ylab maxsus dastur tashkil etiladi, xabar bermoqda iccu.uz.
Yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Payariq tumanida, buyuk muhaddis va ilohiyotshunos Muhammad al-Buxoriyning (810–870) dafn etilgan joyida joylashgan. U «Sahihi Buxoriy» to‘plami muallifi bo‘lib, mazkur asar sunniy islomdagi eng mo‘tabar hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi.
Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng majmua 2026 yil bahorida ziyoratchilar uchun qayta ochildi. Uning umumiy hududi 45 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 10 ming kishilik masjid, ma’muriy va xizmat ko‘rsatish binolari, 154 ustunli ayvon, 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bo‘lgan to‘rtta minora barpo etilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng majmuaning kunlik qabul qilish quvvati 12 ming nafardan 65 ming nafargacha oshdi.
Majmuaning markaziy qismlaridan biri — to‘qqizta pavilondan iborat yangi Imom Buxoriy Innovatsion muzeyidir. Ekspozitsiya allomaning hayoti, hadisshunoslik tarixi va uning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makka va Madinadagi hayoti hamda yozma hadis to‘plamlarining shakllanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.
Majmua yaqinida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham faoliyat yuritadi. Markaz islom ilmiy va qo‘lyozma merosini, jumladan, Markaziy Osiyoning o‘rta asr olimlari asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar va tarjimalar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ilmiy almashinuvni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Majmuaga tashrifdan so‘ng forum ishtirokchilari tarixiy Samarqand bilan tanishadi. Shaharning asosiy me’moriy yodgorliklari qatoriga Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kiradi. YUNЕSKO ushbu to‘rt obyektni 2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharning asosiy yodgorliklari sifatida e’tirof etadi.
Samarqand bosqichi 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi dasturining bir qismi bo‘ladi.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana