Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Mustaqillik ne’matiga shukrona qilish va uning mustahkamligini saqlash

01.09.2021   3660   6 min.
Mustaqillik ne’matiga shukrona qilish va uning mustahkamligini saqlash

Allohimga beadad hamdu sanolar boʻlsinki jonajon Ona Vatanimiz – Oʻzbekiston Respublikasi mana bu yil oʻzining davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yoʻlini boshlaganining 30 yilligini nishonlash arafasida turibdi. Istiqlol el-yurtimiz uchun oʻz taqdirining haqiqiy egasi boʻlib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda isteʼdod va qobiliyatini toʻla namoyon etishi, huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishining mustahkam zaminidir.

Qur’oni karimda Alloh taolo Oʻzi borliqda yaratgan narsalaridan, osmon, yer, inson va boshqa maxluqotlar, nabotot va jamodotlardan ba’zilarini zikr qilib, ularni qanday yaratganini zikr qilib va soit bir nizom bilan tadbir qilganini bayon etadi. Shuningdek yaratgan bir nechta ne’matlarini ham sanab oʻtadi, Alloh taolo Oʻz kitobidagi bu oyatlar bilan bandalarining qalbini larzaga soldi, ularning vijdonini uygʻotdi, tabiiy hislarini qoʻzgʻatdi. Toki, ular Allohning maxluqotlari xaqida fikr yuritsinlar. Uning behisob ne’matlarini eslasinlar. Ana shu inson oʻz tabiati va sogʻlom aqli orqali Alloh taoloning borligiga, yagonaligiga iymon keltiradi, hamda Uning ibodatini oʻziga lozim tutadi. (Rad surasi 1-2 oyatlari)

Inson yaratuvchisi tarafidan berilingan har bir nemat uchun shukr qilmoqligi ham ibodatdir

Mustaqillik yillarida koʻhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bagʻrikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusi yuragimizning tub-tubidan oʻrin oldi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida, oʻtgan davr mobaynida bosib oʻtilgan murakkab yoʻlimizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.

“U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzilini oʻlchovli qilgan Zotdir. Alloh oʻshan faqat haq ila yaratdi. U biladigon qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir. (Yunus surasi 5 oyat)

Darhaqiqat Alloh tabaroka va taolo mustaqilligimizning bu oʻlchovli 30 yili mobaynida istiqlol tufayli oʻzligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida Oʻzbekistonning bor boʻy-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning gʻayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etmoqdamiz.

“Batahqiq banu Odamni azizu mukarram qilib qoʻydik va ularni quruqligu dengizda (ulovda) koʻtardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni Oʻzimiz yaratgan koʻp narsalardan mutlaqo afzal qilib qoʻydik”. (Isro surasi 70-oyat)

Alloh taologa beadad hamdu sanolar boʻlsinki ona yurtimiz Oʻzbekistonga mustaqillik nematini berib, boshqa davlatlar oarsida aztzu mukarram qilib qoʻydi, Mustaqillik tufayli, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi taʼminlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida konyunktura oʻzgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga koʻtarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʻyicha eng muhim ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida hamda butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni oʻylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Harakatlar strategiyasi loyihasi xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini yanada keng roʻyobga chiqarib, odamlarimizni shijoat bilan ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtirishga qodirligini koʻrsatdi.

Albatta bu ulugʻ nematni qadriga yetish, uni mustahkamligini barqaror qilish barcha yurtimiz fuqarolarining ulean burchimizdir, biz ayollar bu ulugʻ nematni qadrlashda farzandlarimizni ona vataniga sodiq va sadoqatli qilib tarbichlash, jasoratli er yigitlarimiz esa oʻzlarini bor kuch quvvatlari bilan ona yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida kamarbasta boʻlmoqlari lozimdir.

Bugun jannatmakon Oʻzbekistonimiz mustaqqilligining 30 yilligi bayramini dilda quvonch va katta shodiyonalar bilan kutib olish taraddudida turibmiz. Alloh taolo bu saodatli va qutlugʻ ayyomni barcha yurtdoshlarimizga muborak aylasin.

Mustaqilliging abadiy boʻlsin ona yurtim – Oʻzbekistonim.

Xadichai Kubro ayol qizlar islom 

talim muassasasi mudarrisasi 

Poshshaxon Eshonxon qiz

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

25.08.2026   9945   2 min.
Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga yo‘l oladi. Ular yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Innovatsion muzey bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy-madaniy meros obyektlari, jumladan, YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar bo‘ylab maxsus dastur tashkil etiladi, xabar bermoqda iccu.uz.

Yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Payariq tumanida, buyuk muhaddis va ilohiyotshunos Muhammad al-Buxoriyning (810–870) dafn etilgan joyida joylashgan. U «Sahihi Buxoriy» to‘plami muallifi bo‘lib, mazkur asar sunniy islomdagi eng mo‘tabar hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi.

Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng majmua 2026 yil bahorida ziyoratchilar uchun qayta ochildi. Uning umumiy hududi 45 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 10 ming kishilik masjid, ma’muriy va xizmat ko‘rsatish binolari, 154 ustunli ayvon, 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bo‘lgan to‘rtta minora barpo etilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng majmuaning kunlik qabul qilish quvvati 12 ming nafardan 65 ming nafargacha oshdi.

Majmuaning markaziy qismlaridan biri — to‘qqizta pavilondan iborat yangi Imom Buxoriy Innovatsion muzeyidir. Ekspozitsiya allomaning hayoti, hadisshunoslik tarixi va uning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makka va Madinadagi hayoti hamda yozma hadis to‘plamlarining shakllanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.

Majmua yaqinida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham faoliyat yuritadi. Markaz islom ilmiy va qo‘lyozma merosini, jumladan, Markaziy Osiyoning o‘rta asr olimlari asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar va tarjimalar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ilmiy almashinuvni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Majmuaga tashrifdan so‘ng forum ishtirokchilari tarixiy Samarqand bilan tanishadi. Shaharning asosiy me’moriy yodgorliklari qatoriga Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kiradi. YUNЕSKO ushbu to‘rt obyektni 2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharning asosiy yodgorliklari sifatida e’tirof etadi.

Samarqand bosqichi 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi dasturining bir qismi bo‘ladi.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

O'zbekiston yangiliklari