Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Sirdaryodagi Qur'on kursiga tashrif

12.02.2024   2520   2 min.
Sirdaryodagi Qur'on kursiga tashrif

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Toshkent Islom instituti “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov va “Qur'oni karim va tajvid o'quv kurslari” bo'limi boshlig'i Jahongir qori Ro'ziyev Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishib, tinglovchilar bilan muloqot qildi.

Tashrif asnosida o'quv kursida 3 oy ta'lim olib, tahsilni yakunlagan bitiruvchilar uchun tadbir tashkil etildi. Unda diniy soha mas'ul vakillari musaffo dinimizning ta'lim-tarbiyaga bo'lgan e'tibor, Qur'on ahli Alloh taoloning xos bandalari ekani haqida mav'iza qildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga sertifikat va Mus'hafi shariflar hadya qilindi.

Ma'lumot o'rnida Prezidentimizning “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018-yil 16 apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq O'zbekiston musulmonlari idorasining buyrug'i bilan Sirdaryo viloyatida 2018 yil 10 iyundan “Qur'oni karim va tajvid” o'rgatish bo'yicha pullik o'quv kurslari tashkil etildi.

O'quv kurslariga O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi qonuniga muvofiq 18 yoshga to'lgan fuqarolarimiz suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy ta'lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);

4 dona fotosurat (3×4 hajmdagi);

Manzil: Guliston shahri, Tarqqiyot MFY, Bunyodkor ko'chasi 605 uy

☎️ (77) 007-01-38, (94) 007-19-95

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   24079   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari