– Gunoh ketidan gunoh qilaversa, banda nazarida katta gunoh ham kichkina bo'lib qoladi;
– gunoh sodir etgan kishi toat-ibodat lazzatidan mahrum bo'ladi;
– gunoh inson qalbini qoraytiradi, yuzini shuvit qiladi;
– gunohlar qalbning, tananing kuchini qirqadi. Shuning uchun osiy banda tanasi kuchsiz,
irodasi bo'sh bo'ladi;
– gunohkor yuzidan hayo pardasi ko'tariladi;
– gunoh tufayli shar'iy ilmdan baraka ketadi, kishi o'qigani xotirasida qolmaydi. Chunki
ilm qalbga nur bag'ishlaydi, ma'siyat esa dil nurini so'ndiradi;
– gunoh inson zehnini pasaytiradi;
– gunoh ketidan gunoh qilaverish qalbni toshdek qotirib yuboradi;
– gunohkor o'zini yolg'iz, himoyasiz sezadi;
– gunohkor bandaning hayoti og'irlashadi, ishlari yurishmaydi, har qadamda qandaydir
muammoga duch kelaveradi;
– gunohkor banda tirikligida, qabrda, oxiratda tang ahvolda qoladi;
– gunohlar sabab banda qo'lidagi ne'matdan ayriladi;
– gunohlar umrni qisqartiradi;
– gunoh tufayli kishining topgan-tutganidan baraka ketadi;
– gunohkor odamning boshi balodan chiqmaydi, qachon qarasangiz qandaydir falokatga
yo'liqaveradi;
– Qur'on, jannat do'zah haqidagi oyatlarni eshitsa ham ta'sir qilmay qoladi.
Oldinlari menda chinakam qalb taqvosi bor edi. Har doim Allohdan qo'rqib yurar edim. Allohni zikridan boshqa so'zni umuman so'zlashni xoxlamas edim. Allohni zikr qilganimda qalbim yanada ochilib borardi. Qur'on oyatlarini, do'zah haqidagi oyatlarni eshitganimda seskanib ketar edim. Hozir esa qalbim juda qorayib ketgan. Hatto ba'zida men ham musulmonmanmi? Deb yuradigan bo'lib qolganman. Allohim qalblarimizni to'g'ri yo'lingga burgin. Bizlarni bu to'rt kunlik dunyo matohlari bilan fitnalantirib qo'ymagin.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».
Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.
Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:
– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.
– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...
– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.
Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.
– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.
– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.
Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.
Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.
Akbarshoh RASULOV