Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Ekstremizm va terrorizm jamiyat tahdidi

30.08.2021   1759   2 min.
Ekstremizm va terrorizm jamiyat tahdidi

Bizga ma'lumki, bugungi kunda musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'qnashuvlarni boshidan kechirmoqdalar. Mazkur hududlarda din niqobi ostida ochiqdan-ochiq zo'ravonlik, buzg'unchilik, musulmonchilikka zid, vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo'l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi.

So'nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko'rinishda tarqatish, internet orqali targ'ibot o'tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Terroristik tashkilotlar, ayniqsa, internet tarmog'ida go'yoki islom ravnaqi yo'lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqida targ'ibot-tashviqot olib borayotgani, buning oqibatida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar aldanib “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etish da'vosida Yaqin Sharq mamlakatlari hududiga borib, ushbu guruhlar safiga qo'shilayotganining guvohi bo'lmoqdamiz.

Yana e'tibor berish lozim bo'lgan bir holat, ekstemistlar o'zlariga ergashmagan barcha musulmonlarni “kofir”ga chiqarmoqdalar. Zero, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam “La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh” deb turgan shaxsni kofirga chiqarish xatarini bir qancha hadisi shariflarida baѐn qilganlar. Jumladan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Uch narsa imonning aslidandir: “La ilaha illalloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli kofir demaymiz, amali tufayli Islomdan chiqarmaymiz” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Yana bir hadisi sharifda: “Kim mo'min kishini kofirga chiqarsa, uni o'ldirgandek gunohkor bo'ladi” (Imom Buxoriy rivoyatlari) deganlar. Hozir butun dunyo ulamolari terrorchi va ekstremistik guruhlarning islomga umuman aloqasi yo'q ekani haqida fatvo bermoqdalar

N.Abdumannonov

Samarqand shahar

“Damariq” masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

24.08.2026   26350   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari