Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Ajdodlarimiz asarlarida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash asoslari

11.08.2021   2138   10 min.
Ajdodlarimiz asarlarida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash asoslari

Bugun jahon hamjamiyati oldida turgan ulkan muammolardan biri butun insoniyatni xavotirga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlari bo'lib turibdi. Globallashuv vositalaridan kuch olgan bu tahdidlar kundan kunga avj olib, kuchayib bormoqda. Dunyoning ko'plab mamlakatlari, mintaqalarida diniy ekstremizm va terrorizm oqibatida qonli to'qnashuvlar va ashaddiy xunrezliklardan yuz minglab odamlar qurbon bo'lmoqda. Natijada, tinchlikni ta'minlash uchun ana shu illatlarga qarshi profilaktik ishlar olib borish zarurati tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda tinchlik uchun jonini ham berishga tayyor yurtda xotirjam, tinch-osoyishta hayot kechirar ekanmiz, uning qadriga etib har birimiz zimmamizga yuklatilgan vazifalarni bekami-ko'st ado qilsakkina osuda hayotimiz bundan keyin ham davom etishida o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. 

Ho'sh, biz taraqqiyotimizning yuqori pog'onalariga erishishda nimalar qilmog'imiz darkor?! Bu savollarga javob izlashda qaysidir millatning faylasufi yoki yozuvchisi yozib qoldirgan asarlaridan  yoki hayoti va ijodi bilan tanishib ulardan ibrat olishdan mutlaqo behojatmiz. Chunki  axborot texnologiyalar rivojlanayotgan bunday davrda yaratgan kashfiyotlari, yozgan asarlari va qoldirgan bebaho oltin meroslari ayni vaqtda davlatni boshqarishda, ta'lim-tarbiyani rivojlantirishda, zamonaviy tibbiyot yo'nalishida ham muhim omil bo'lib kelayotgan ulug'  zotlar yurtimizdan etishib chiqqan. Yuqoridagi savolimizga javobni ota bobolarimizning bebaho asarlarini o'rganish ila qidirsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning boisi,  ularning qay birining  hayotini kitoblardan o'qimaylik o'z tutgan hayotiy yo'llarida o'ta mohir, zukko va bilimdon ekanlarini ko'ramiz. 

Buyuk davlatga asos solgan Amir Temur bobomiz, falakiyot ilmining rivojiga  katta hissa qo'shgan Mirzo Ulug'bek, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda mustaqillikka erishish, tobelikka  barham berish yo'lida jon  fido qilgan jadidchi bobolarimiz shular jumlasidandir.

Bizning ajdodlarimiz dunyoga vatanparvarlik va yurtga sadoqat qanday bo'lishini ko'rsata olgan zotlardir. Bobolarimizdan bizgacha etib kelgan sadoqat va vatanga bo'lgan muhabbat degan bu tuyg'uning  davomchisi bo'lish, bugungi kunda yaratib berilgan cheksiz imkoniyatlardan unumli foydalanib, bobokalonlarimiz yoqib ketgan ilmu ma'rifat chirog'ini yanada yoritish, ularga munosib farzand bo'lish, ularning bebaho meroslarini o'rganib, keyingi avlodlarga ham omonat tarzida etkazib berish bugungi mustaqil vatanimiz farzandlariga lozim va lobuddir.

Hozirgi davrdagi jaholat urug'ini solayotgan soxta ekstremistik g'oyalarga ma'rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko'rinishda bo'lsa-da, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g'oyalar oldin ham bo'lganiga guvoh bo'lamiz. Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz yana shunga amin bo'lamizki, sog'lom idrok, sog'lom haqiqat va g'oyalar soxta g'oyalar ustidan hamisha g'alaba qozonib kelgan. Ulug' islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo'shgan bobokalonimiz Abu Mansur Motrudiyning ilmiy merosida soxta g'oyalarga qarshi ish olib borgan kurashida ko'rish mumkin. U kishining “Kitob at-tavhid” asarida soxta ta'limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo'ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko'rsatib berganiga guvoh bo'lamiz: “Bu ko'r – ko'rona taqlid bo'lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya'ni bunda juda ko'pchilik biron-bir ma'naviy yoki diniy yo'lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo'shilishga engib bo'lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o'larok, har bir firqa va har bir yo'nalish shu paytga qadar o'z tarafdorlariga ega bo'lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta'limotga sadoqatda qat'iylik namoyish etmoqdalar va yana o'zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar”, - degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Moturidiy bobomiz o'sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o'sha davrda ham ko'p bo'lgan. Shunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g'alaba qilib kelgan. 

Shu ma'noda bugungi jaholat yo'liga kirgan, dinni niqob qilib olgan xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ma'rifiy yo'llardan biri o'zbek xalqining milliy va diniy qadriyatlari bo'lib, ularga tayanib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat, zo'ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da'vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai sifatida qaralishi lozim. Ular nafaqat mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri halol mehnati va olamshumul kashfiyotlari bilan jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan o'zbek xalqining xarakterli xususiyati (mentaliteti) ga tamomila zid bo'lgan terrorchilik g'oyalarining kirib kelishi va yoshlar ongini zaharlashga qarshi qaratilgan mustahkam qalqon bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Ajdodlarimiz inson xulqida yuksak fazilatlar shakllanishiga undovchi ichki bir turtki, ma'naviy intilish bo'lmas ekan, u aslo kamolotga erisha olmaydi deb bilganlar. Shunday zotlardan biri Abdurauf Fitrat farzandni to'laqonli kamol toptirish masalasida keng bilim sohibi bo'lgan. Har jihatdan barkamol insonning uchta fazilati bo'ladi: Ular: jismoniy sog'liq, aqliy etuklik va ma'naviy barkamollik. Agar insonda shu sifatlardan birortasi bo'lmasa, u tom ma'noda barkamol shaxs bo'lolmaydi. Fitrat tarbiyani uch qismga bo'lgan:

badan tarbiyasi;

aql tarbiyasi;

axloqiy tarbiya.

U umuman, yosh avlod tarbiyasi xususida qalam tebratar ekan, hayotni kurash maydoniga o'xshatib, “Bu janggohda o'zida tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloqni mujassamlashtirgan insonlar g'oliblikka erishadi”, deydi. Uning fikricha, farzandining baxtli bo'lishini istagan ota-ona uni mustaqil hayotga tayyorlashda uchta aslaha bilan qurollantirib qo'yishi kerak.

Fitrat badan sog'ligi bilan aqlning takomillashuvi o'rtasida uzviy bog'liqlik bor deb hisoblaydi. Zero, sog'lom va aqli raso inson, shubhasiz kasalmand va aqli noqis odamga nisbatan o'z yurti taraqqiyotiga ko'proq hissa qo'shadi. Bu haqda hazrat Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: Kuchli mo'min kishi Alloh huzurida kuchsiz mo'mindan yaxshiroq va mahbubroqdir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Yana bobomiz  Abdurauf Fitratning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlari  bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: “Halqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq”. 

Yoshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan esktremistik va terroristik g'oyalarning oldini oladigan milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bo'lgan insonparvarlik, tinchliksevarlik, ma'rifatparvarlik asosida qurilgan milliy va diniy qadriyatimiz bo'lgan islom arkonlarini yoshlarimizga tushuntirib borilsa, har qanday diniy niqobdagi g'oyalarga, ularning makkorona, g'arazli va jirkanch niyatlariga berilmasligi mumkin. Yoshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan radikal guruhlardan himoya qilishning yana bir yo'li, xalqimiz qadriyatlarini tiklab, o'zlikni anglash hissini o'yg'otish orqali ma'naviy sarchashmalarimizga, uning ildizlariga qaytib, Vatanga, millatga sadokat ruhida tarbiyalash lozim. Chunki, milliy va diniy qadriyatlarimiz, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat, zo'ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka undovchi bitmas-tuganmas ma'naviy manbadir.

Buyuk ajdodlarimizning bu borada ko'rsatgan sadoqatlari va jasoratlari bizlarga o'rnak bo'lishi lozim. Mashhur ajdodlarimizdan biri Kubroviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro hazratlarining o'z vataniga bo'lgan sadoqati, u kishini qo'llarida vatan bayrog'ini tutib jon berishlari ayni vatanparvarlikdir. Yoki Jaloliddin Manguberdining o'sha paytda butun musulmon dunyosi va evropaga xavf solib turgan mo'g'ullarga qarshi o'n yildan ko'proq mardonavor jang qilgani va shu yo'lda halok bo'lishini bilsa ham g'animga qarshi kurashni to'xtatmagani vatanparvarlik emasmi?

Jamiyatimiz ravnaqi uchun zarur bo'lgan ilmlarni olish har bir yosh yigit qizning zimmasidagi burchlaridan biri hisoblanadi va etarli ilmning mavjudligi yoshlarning diniy ekstremizm va terrorizm ta'siriga tushishlarining oldini olishda asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Vatandoshimiz buyuk muhaddis Imom al Buxoriy: “Najot faqat ilmdadur” deb bejiz aytmagan. Chunki bilimsizlik – jaholatdan, jaholat esa – takabburlik, mutelik va buzg'unchilikdan kelib chiqadi. 

Ha, shubhasiz barchamiz o'z hayotimizning mashaqqatli cho'qqilarini zabt etishda ajdodlarimizning buyuk tajribalariga va ayni tajriba asosida aytilgan ibratli so'zlari va ko'rsatmalariga suyanishimiz lozim. 

 

O'MIning Qashqadaryo viloyatidagi vakili, 

viloyat bosh imom xatibi:

R. Usmonov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kech uxlash umrni qisqartiradi

25.08.2026   1334   1 min.
Kech uxlash umrni qisqartiradi

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 58 foizi uyqusizlikdan aziyat chekmoqda. Buning birinchi sababi gadjetlar doimiy tomosha qilish oqibatida kechki soat 23:00 dan keyin uxlashga odatlanishdir. 
 

Kech uxlash sog‘liqqa bir qancha xavf tug‘diradi.


Jigar va boshqa a’zolar o‘zini tiklay olmaydi. Inson organizmidagi barcha a’zolar tunda, ayniqsa, soat 22:00–02:00 oralig‘ida faol tiklanish jarayoniga kirishadi. Xususan, jigar soat 23:00 dan keyin tanani faol tozalash (detoksikatsiya) vazifasini bajaradi. Agar inson u paytda uxlamagan bo‘lsa, vazifa to‘liq bajarilmaydi. Bu esa charchoq, bezovtalik, tushkunlikka olib keladi.


Gormonlar muvozanati buziladi. Uyqu vaqtida, ayniqsa, soat 22:00–01:00 orasida o‘sish gormoni (melatonin va somatotropin) ishlab chiqariladi. Bu gormonlar immunitetni ko‘tarish, teri va hujayralarni tik lash, stressni kamaytirishga xizmat qiladi. Agar uxlash kechiksa, bu gormonlar kama yib boradi.


Aqliy faoliyat susayadi. E’tiborni jamlash, eslab qolish qobiliyatining pasayishi aynan o‘z vaqtida uxlamaslik bilan bog‘liq. Oqibatda ish unumdorligi yomonlashib, sifatli o‘qishga ham salbiy ta’sir qiladi.


Ruhiy muvozanat buziladi. Soat 23:00 dan keyin uxlaydigan insonlarda depressiya, qo‘rquv, ruhiy zaifliklar ko‘p kuzatiladi.


Yurak urish muvozanati yomonlashadi.


So‘nggi yillarda yurakqon tomir kasalliklari ham ko‘payib, ham “yosharib bormoqda”. Kam va o‘z vaqtida uxlamaslik yurakni zo‘riqtirib, umrning qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Yurakni davolash uchun o‘z vaqtida uxlash kerak.


Eng foydali uyqu esa soat 22:00 dan 05:00 gacha bo‘ladi. Chunki aynan shu soatlarda uyqu fazalari mukammal kechadi.


Internet manbalari asosida tayyorlandi.

“Hidoyat” jurnalining 2025 yil 8-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

O'zbekiston yangiliklari