Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Tinchlik va barqarorlik — oliy qadriyat

09.08.2021   1717   3 min.
Tinchlik va barqarorlik — oliy qadriyat

Tinchlik — buyuk ne'mat, taraqqiyot va farovon hayotning birlamchi sharti. Ezgu maqsadlarning ro'yobi, eng avvalo, ushbu ne'matga bog'liq. Shu bois qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moliyu joni bilan kurashib kelgan.

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro'y beradi. Odamlarning o'zaro bir-birlariga ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bo'lishi ham asosan xotirjamlik tufaylidir.

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashishni zamon andozalariga mos holda olib borishga alohida e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki globallashuv jarayonlari yuqori sur'atda kechayotgan bugungi davr inson ongu qalbiga qaratilgan tahdidlar, din niqobi ostidagi axborot xurujlari tobora kuchayib borayotgani bilan g'oyat murakkab va tahlikalidir.

Ba'zi yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar o'zlari bilib-bilmay turli diniy oqimlar, aqidaparast kuchlar ta'siriga tushib qolayotgani ham sir emas. Bunda ularga etarli diniy bilimlarga ega emasligi, g'o'rligi, muqaddas dinimizning asl mohiyatini to'la anglamasligi pand bermoqda.  

Islom dinida tinchlik oliy ne'mat ekani haqida ko'p bor ta'kidlangan. Alloh taolo Qur'oni karimda tinchlikni saqlash va qadrlashni zimmamizga yuklab, bunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” (Baqara surasi, 208-oyat).

Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida: “Ikki ne'mat borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga etmaydi. U — xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati), deb marhamat qilganlar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sahobalar ko'proq nimani duo qilib so'rashni savol qilishgan-da, Nabiy alayhissalom: “Alloh taolodan ofiyat (tinchlik, xotirjamlik)ni so'ranglar”, deb aytgan so'zlari bu ne'matlar nechog'lik muhim ekaniga dalolat qiladi. Yana bir hadisi sharifda Rasuli Akram alayhissalom shunday deganlar: “Kim oilasi tinch, tani salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to'lig'icha berilibdi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga etib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur etkazishdan ham saqlanishlari lozim.

Tinchlik va xotirjamlik amaliy shukr talab qiladigan ne'matlardan. Bu ne'matning shukrini ado etish barchaning zimmasiga burchdir. Yoshi ulug' nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug' ne'matning mustahkamligini so'rab, duo qilishi, yoshlar o'zlarining halol mehnatlari, jonkuyarligi, uni himoya qilish uchun astoydil bel bog'lashlari bilan bu ne'matning shukrini ado etgan bo'lamiz.

Mamlakatimizda hukm surayotgan osuda hayotni asrash, uning barqarorligiga munosib hissa qo'shish — shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqaroning, qaysi millat va dinga mansubligimizdan, qanday kasb-kor bilan shug'ullanishimizdan qat'i nazar har birimizning eng asosiy vazifamizdir.

Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror va bardavom, xalqimizning hayotini faravon qilsin.

 

Homidjon IShMATBYeKOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari.

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   5047   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari