Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Mazhablar musulmonlarni bo'lib tashlamagan!

05.08.2021   1682   10 min.
Mazhablar musulmonlarni bo'lib tashlamagan!

Soxta salafiylar “To'rt mazhab imom­lari shariat masalalarida mu­sulmonlar o'rtasini bo'lib tashlaganlar”, deya da'vo qilishadi. Chindan ham shundaymi?

To'rt mazhab imomlari va faqihlarining ixtilofi shariatning furu'iy masalalarida bo'lgan, xolos. Ammo aqida va usulud dinda esa ularning o'rtasida hech qanday ziddiyat yo'q. Furu'iy masalalardagi ayrim kichik bahslar sahobalar zamonidan beri mavjud.

Misol uchun, Ibn Abbos roziyallohu anhu­mo “avl”1 – ilmi faroizga tegishli masala haqida Umar roziyallohu anhuga xilof qil­gan. Umar roziyallohu anhu fikriga esa jumhur sahobalar bir ovozdan qo'shilishgan. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhumo biror narsa demagan. Lekin ijmo, keyin Umar va sahobalar roziyallohu anhumning “avl” haqidagi fikrlarini haq deb topgan.

Sahobalar Rasululloh sollallohu alay­hi va sallamning Me'roj kechasida Rabbi­larini ko'rganlari haqida ham ixti­lof qilishgan. Ibn Abbos, Abu Hurayra va ulardan boshqa sahobalar: “Al­batta, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'z Rabbilari­ni ko'rganlar”, degan. Oysha, Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhumo: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Rabbilarini ko'rmaganlar, balki Jabroil alayhissalom­ni ko'rganlar”, deyishgan.

Tobeinlar zamonida furu'2 masalalari­da mujtahidlarning ixtiloflari ham ko'zga tashlanadi. Har bir Islom o'lkasining o'z mujtahidlari bo'lgan. Masalan, Iroq va Hijozning ushbu mujtahidlari mashhur bo'­lishgan: Urva ibn Zubayr, Solim ibn Ab­dulloh ibn Umar, Alqama ibn Musayyib, Nofe', Sulaymon ibn Yasor va boshqalar. Shuningdek, boshqa islomiy o'lkalarning mujtahidlari ham ilmda dong taratishgan.

Tabaa tobeinlar va mujtahid imomlar zamonida ijtihodiy furu' masalalarida ixtilof davom etdi. Ushbu zamonlarning yaxshiligi haqida esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam gu­vohlik berganlar.

Mujtahidlarning furu' masalalaridagi ixtiloflari musulmonlarni bo'lib, ularni firqa-firqa qilib tashlamagan. Ashobi havolar3 esa – mu'tazilalar va xavorijlar4 Islom ummatini parokanda qiladigan fir­qalar­dan hisoblanadi.

Furu' masalalarida faqihlarning ixtiloflaridan zarar ko'rilmagan. Bu ixtiloflar musulmonlarni ajratib tashlashga olib borishi mutlaqo mumkin emas.

“Bir masalada ijtihodlar ko'p bo'lishi­ning sababi nima? Axir, Qur'on ham, arab tili ham bir-ku! Faqih­lar furu' masa­lala­ridagi ixtilofni qo'yib, barcha ijtihodla­rini bitta qilishsa bo'lmas­midi?” degan savol tug'i­lishi tabiiy.

Men bu savolga bunday javob beraman: “Bu mushkul ishdir. Chunki Kitob va sunnatning nass5-dalillari tarkiblar hamda xilma-xil uslublarga ega, arabiy lafzlardan tash­­kil topgan bo'lsa-da, lekin ular bir-biri­ga zid emas. Bular o'z atrofidagi fikr­larning sanog'ida va ulardan olinadigan hukmlarning navlarida bir xil.

Imom Shotibiy bu masalalarni jamlagan. Ibn Sayyid uni “Mujtahidlar o'rtasida xilofga olib boradigan sabablar” deb sarlavha qo'yib, quyi­dagicha bayon etgan:

  1. Lafzlarda bo'ladigan mushtaraklik bu lafzlar­ning ta'villarga ehti­molidir. Bu uch qismga bo'­li­nadi:

a) yolg'iz bir lafzning o'rnidagi mushtarak­lik bo'lib, “quru'” so'zi kabidir. Bu so'z hayzga dalolat qil­ganidek, poklikka ham dalildir.

b) so'zning tuslanishidagi mushtaraklik. Alloh taoloning: وَلَا يُضَارَّ كَاتِبٌ وَلَا شَهِيدٌ

“Kotib ham, guvoh ham zararlanmaydi” (Baqara surasi, 282-) oyatida “Va la yuzoorra” so'zi kotib yoki guvoh tomonidan o'z ishida ziyoda va kamchilik bilan zarar kelishi joiz emas, degan ma'noga ehtimol qilinadi. Shuningdek, u kotib yoki guvohga o'z majburiyatlarini bajarayotgan paytda zarar berish joiz emas, degan ma'noga ham ehtimol qiladi.

v) tarkib jihatidan mushtaraklik. Alloh taolo­ning: إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ

Hush so'z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O'z dargohiga) ko'tarur” (Fotir surasi, 10-) oyatida “ho” lafzi yaxshi amalga qaytishi ehtimol qilinadi. Shu­ningdek, xush so'zga ham.

  1. Lafzni haqiqiy va majoziy ma'nolarga burish. Bu ham uch qism:

a) yolg'iz lafzga qaytuvchi narsa. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ushbu so'zla­riga o'xshash: “Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi”. “Tushadi” degan lafz haqiqatan tushishga va majoziy tushishga ehtimol qilinadi. Lekin Allohning komilligi va ulug'­ligiga munosib bo'lgan narsa uni o'z haqiqatidan burib yuboradi. Ahli sunna val jamoa nazdida esa uning majozga haml qilinishi vojib bo'ladi. Ammo mujassi­malar6 esa uni aslicha qoldirishgan.

b) lafzning ahvoliga qaytadigan narsa. Alloh taoloning quyidagi so'ziga o'xshash:

بَلْ مَكْرُ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ

Balki kecha va kunduzning makri” (Saba' surasi, 33-) ­oyatida makr kofirlardan bo'lganiga ehtimol qilinadi. Bu esa haqiqatdir. Makr kecha va kunduzdan bo'lganiga ham ehtimol qilinadi, bu esa majoziydir.

v) tarkib jihatiga qaytadigan narsa imkonsiz narsani mumkin bo'lgan narsa shaklida keltirish, buyruq fe'lini xabar suratida keltirish, madhni ayblov siyg'asi bilan keltirish va hokazo.

  1. Dalilni hukm bilan mustaqil bo'lish va bo'lmaslik o'rtasida aylantirish. Lays ibn Sa'dning Abu Hanifa, Ibn Abu Laylo va Shibrima bilan bay' va shart masalasida keltirgan hadisiga o'xshash. Shu o'rinda Lays ibn Sa'd bay' va shartdan qaytarilgan hadisni mustaqil qildi, bu o'rinda boshqalar mustaqil qilishmadi.

Dalilni umumiy va xos ma'nolarga burish. Alloh taoloning:

لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ

“Dinga majburlab kiritish yo'q” (Ba­qara surasi, 256-) oyati odamlarning ham­masini Islom dinini qabul qilish­lariga zo'rlashni bekor qiladigan umumiy holatmi? Yoki ahli kitoblarning jizyani7 qabul qi­lishlari bilan ularga umumiy aytganmi? Yoxud oyat ular tufayli nozil bo'lgan kishilarga tegishlimi?

  1. Roviylarning va hadisni rivoyat qilish yo'llarining sanog'idagi ixtilof. Gohida rivoyat mujtahidga sahih yo'l orqali etib kelsa, boshqasi uni sahih deb topmaydi. Goho esa ularning ba'zisiga bir lafz bilan etib kelsa, boshqasiga boshqa lafz orqali etib keladi. Chunki hadislar ulug'ligiga ko'ra ma'no bilan ham rivoyat qilinadi.
  2. Ijtihod va qiyos8ning jihatlari. Ya'ni, qiyosning yo'llaridagi va shartla­ridagi ixtiloflar. Ijti­hodning vasilalaridagi, illatidagi va zobitalaridagi ixtiloflar.
  3. Kitob va sunnatda nasx­ning8borligi. Shu o'rin­da jumhur ulamolar nasx­ning mavjudligini aytishsa, boshqalari uni inkor etadilar. Uning borligini aytguvchilar esa nosix-mansux oyat va hadislar to'g'risida ixtilof etishadi. Chunki Nabiy sollallo­hu alayhi va sallamdan bu haqda chegaralangan bayon kelmagan. Sahobalardan esa juda kam narsa kelgan.
  4. Dalillarning muboh­likni va undan boshqasini ehtimol qiladigan bir qan­cha yo'llarga binoan kelishi.

Bu hadislarning barchasi ham sahih bo'lib, ularning ba'zilarini muj­ta­hidlar hujjat qilib olishgan bo'l­sa, ba'zilarini esa yo'q.

Muxtasar aytganda, sox­­ta salafiylar aytayot­ga­­nidek, ahli sunna val jamoa maz­hablari musul­monlarni bo'lib tashla­magan, balki muj­ta­hidlarni biror furu'iy masalada dalil-huj­jatlar asosida bahsla­shib, haqiqatni ongli ravishda anglab etishga chorlagan. Zotan, adolatli va asosli bahs taraqqiyotga xizmat qiladi.

Doktor Abdulqodir Iso Diyabning

“Al-Miyzan al-odil litamyizal haqqi

minal botil” kitobidan

Toshkent shahar

“Al-Badr” jome

masjidi imom noibi

Murodulloh MAJIDOV

tarjimasi

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

24.08.2026   18701   1 min.
“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

Iordaniyaning  nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.

Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari