Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Missioner tashkilotlarning g'oyaviy maqsadlari va ularning o'zaro xamkorligi

13.07.2021   1790   10 min.
Missioner tashkilotlarning g'oyaviy maqsadlari va ularning o'zaro xamkorligi

«Butun dunyoni Injil xabarlari ruhida tarbiyalash» shiori bilan yo'lga chiqqan Amerika va ingliz tashviqotchilari, ayniqsa, XX asrning so'nggi choragidan boshlab dunyoga ta'sir qiluvchi yangi dunyo tartiboti va mintaqalashuvini amalga oshirish uchun ijtimoiy va siyosiy sharoitlardan ham foydalanishyapti. Ushbu harakatlar dunyoning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarni boshdan kechirayotgan yoki AQSh hamda g'arbiy Ovrupaning harbiy va madaniy ta'siri ostida bo'lgan o'lkalarda ko'proq amalga oshirilmokda. Shu tariqa O'rta Sharq o'lkalari bilan bir qatorda Bolqonda, Kavkaz o'lkalarida, O'rta Osiyoda, Turkiyada missionerlik harakatlari kuchaymokda. Nasroniy missionerligi manbai «Yangi ahdl»-dir. U o'zini zamonga moslab, shu uslublarini muttasil yangilamoqda. G'arb o'lkalarida muayyan bosh cherkov yoki mustaqil missioner guruhlarga bog'liq missionerlik ta'lim-tarbiya muassasalari izlanishlar olib borishyapti. Yangi-yangi missionerlarni etishtiryapti. Uyushgan ta'lim uslubiga qo'shimcha missioner shaxslar va guruxlar ko'rinishida tarqoq ta'lim ham yo'lga qo'yilgan.
Hozirgi kunda missionerlar va prozelitlar quyidagicha uslublarni keng ishga solishyapti;
1. Madaniyatga moslashish uslubi. Hozir missionerlikda madaniyatga moslashish (contextualisation) uslubi juda ommaviydir. Missionerlar Ovrupa va Janubiy Amerika singari nasroniylik an'anasi hokim bo'lgan mintaqalarda emas, butun dunyoda mahalliy an'ana va odatlarga moslashish fikrini bu uslubga asos qilib olishyapti. Tajribali missioner Charlz Egal shaxsan o'zi qo'llagan «madaniyatga moslashuv» uslubining ahamiyati shundaki, bu shakdda nasroniylikka qiziqib Islomdan nasroniylikka kirgan kishilar Islom madaniyati bilan munosabatlarini uzishmaydi va o'z jamiyatlarida nasroniy missiyasining vakili bo'lib, yanada faol ish olib borishadi. «Natijada boshqa dinga kirgan kishi o'z jamiyatida qoladi va Injilni yanada kengroq yoyishga imkon topadi.
Muhimi bu uslub «nasroniylikni qabul qilish — g'arblik bo'lish» tarzidagi qarashni ham yo'qqa chiqaradi». Katolik protestant cherkovi atroflarida keng qo'llanilgan «madaniyatga moslashuv» uslubi ikki asosni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bulardan birinchisi missionerlikning nasroniy jamiyatlar ijtimoiy-siyosiy kuchlarga qilgan va ularning hukmronlik maydonini kengaytirishga xizmat qilgan holda nasroniy bo'lmagan jamiyatlarda vujudga kelgan ishonchni o'zgartirishdir. Bu uslub nasroniylikning mahalliy madaniyat va an'analarga moslashtirilishi va nasroniy e'tiqod va urf-odatlarida mahaliy qadriyat va xususiyatlar birinchi jabhaga chiqarilishi, uchinchi dunyo mamlakatlarida butun dunyo miqyosida cherkov faoliyatini mahalliy o'lkalarga yoyish va dunyoning har tarafida cherkovlar tashkil etishdir.
«Madaniyatga moslashuv» uslubi nasroniy hayot tarzining mahalliy an'analarga moslashuvini taqozo etadi. Musulmon jamiyatlarida missionerlar musulmonlarga xos din tili va istilohlarini qo'llashga qattiq e'tibor berishadi. «Alloh», «rasul», «nabiy», «vahiy», «oyat», «masjid», «Injil» kabi atamalar va «hazrat», «sharif», «mashaalloh», «inshaalloh» singari diniy ifodalar nasroniy matnlariga olinadi va nasroniy an'anasining targ'ib-tashviqida keng qo'llaniladi. Musulmonlar orasida missionerlik qilarkan, duoda, va'zda Qur'ondan va Islom madaniyatidan ba'zi ko'chirmalar qo'llaniladi.Charlz Egal musulmonlar orasida juda ahamiyatli sanalgan Fotiha surasini duo maqsadida o'qish mumkinligini aytadi. Ro'za singari ba'zi islomiy ibodatlarning, chegaralangan holda bo'lsa ham bajarilishi (odamlar ishonchini qozonish uchun ro'za tutishi — tarj.) haqida hozir bahs ketyapti.
Yana, musulmonlar orasida nasroniylikka oid va'z va duolar juma kuni qilinadi va ibodatlar asnosida, agar musiqaga o'rin berilsa, cherkov musiqasi o'rniga mahalliy musiqalar chalinadi. Bundan tashqari, musulmonlarning qarshiligiga uchramaslik maqsadida nasroniylashgan yangi vakillarning cho'qintirilishini bir muddatga kechiktira olish, buning o'rniga ramziy marosim qilish mumkinligi ma'lum qilinmoqda.

Holbuki, cho'qintirish bir dinga kirish (insiyasi) marosimi sifatida nasroniylar uchun g'oyatda ahamiyatlidir. «Cherkov», «rohib» va «nana» kabi bevosita nasroniylikka oid atamalar o'rniga musulmon jamiyatlarida «masjid», «o'qituvchi», «tarbiyachi», «ustoz» va «etakchi» atamalari qo'llanyapti. Din peshvolariga nisbatan esa «pastor» va «jamoat oqsoqoli» kabi unvonlar qo'llaniladi. Ba'zi missionerlar yangi nasroniylashgan, biroq eski e'tiqod va qadriyatlaridan hanuz voz kechmagan kishilarni jomelarga borib kelishlariga ham «ruxsat» berishadi. Nasroniy bo'lmagan xalklar missionerlarning madaniyatga moslashuv yo'lidagi xatti-harakatlarini haqli ravishda ikkiyuzlamachilik va soxtakorlik deya baholashmokda.
2. Muloqot-missiya uslubi. Missionerlar faqat bir-birini tanish va tushunishga asoslangan sodda muloqotni qabul qilishmaydi. Bir-birlarining madaniyatlarini va e'tiqodlarini boyitish maqsadini ko'zlagan suhbatni ham ular oklashmaydi. Ularning asl maqsadi — qarshisidagi kishini nasroniylashtirishdir. Ularning fikricha, muloqot bahslashishni emas, “qutqarish”ni ko'zlashi kerak. «Najot-kutulish»ga erishish esa o'z-o'zidan bo'la qolmaydi. Buning uchun qarshisidagi insonlar bilan jozibali muhitni yuzaga keltiradigan suhbat qurish lozim bo'ladi.
3. Ijtimoiy tadbirlar uslubi. Missionerlik ishlarida qulay muhitni vujudga keltirish uchun ijtimoiy tadbirlarga alohida e'tibor qaratiladi. Missionerlar nasroniy ta'limotini boshqa insonlarga etkazishda uchta muhim unsurga katta ahamiyat berishadi:
a) vaziyatni yaxshi aniklash;
b) nozik yondashuv;
v) maqsadlar tayinli bo'lishi.
Mazkur unsurlarning amalga oshishi uchun faoliyat yo'naltirilgan xalklar bilan ijobiy munosabatlar o'rnatilishi muhimdir. Buning uchun avvalo o'rtoklik va do'stlik muhiti yuzaga keltiriladi.
«O'rtoqlik evangelizmi» deb nomlangan uslub «yaxshi muhitni shakllantirish»ga asoslangan. Masalan, bu borada kafelarda, yoshlar davralarida, tungi klublarda, savdo va sport markazlarida, madaniyat va ijtimoiy yordam jamg'armalari singari joylarda kishilar bilan do'stlik o'rnatishga, do'stlar orttirishga harakat qilinadi.
Dunyoning turli burchaklarida missioner tashkilotlar tashkil etgan lager va sayohatlarda oldindan aniqlanib, tanlangan kishilar faol ish yuritadilar. O'rtoqlik evangelizmidan maqsad — odamlarga boshqa asl maqsadni ochiq bildirmay, ular bilan uyg'un do'stlik asoslarini yuzaga keltirish, ularni cho'chitmay, yaxshi suhbatdosh sifatida tinglash, madaniy saviyalari bilan ijtimoiy va madaniy ildizlarini, ishonchi va madaniy qadriyatlarga hurmat saviyalariyu muammolarini aniqlash, shundan keyingina qulay sharoitda ularga nasroniy ta'limotini etkazishdir. O'rtoqlikni shakllantirishda missioner tashkilotlar turli muassasalarni vosita sifatida qo'llashlari ham ko'rilmoqda. Oddiy ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi muassasalar, madaniyat uylari, til o'rgatish kurslari, do'stlik uylari, ba'zi turizm hamda maslahat byurolari kabilar missionerlarning mahalliy xalq bilan o'rtoklik munosabatlarini yo'lga qo'yishida juda qulay keladi. Missionerlar ayniqsa so'nggi yillarda chet o'lkalarga turli xizmat sohalari ishchilari yoki mutaxassislari ko'rinishida (to'g'rirog'i, niqobida – tarj.) kirishmokda.
Missionerlar shifokor, o'qituvchi, texnik, ijtimoiy yordam vakili, turizmchi va boshqa niqoblarda turli mintaqalarga kelib joylashishyapti va ayniqsa iqtisodiy-ijtimoiy tomondan orqada qolgan o'lkalarda xalqqa ko'rsatgan xizmatlari orqasida missionerlik faoliyatlariga mos shart-sharoitlarni yaratishyapti.
4. Cherkovni mahalliylashtirish uslubi. Cherkovlarni maxalliylashtirishda yig'ilgan jamoa soniga qarab ikki turdagi muassasa tashkil etiladi. Mos ijtimoiy va siyosiy shart-sharoit yuzaga kelib, jamoa soni etarli miqdorga chiqsa, rasmiy nasroniy tashkiloti ochiladi. Bunday jamoa mahalliy urf-odatlarga uyg'un ish olib boradi. Ijtimoiy-siyosiy sharoit etilmasa va hali mo'ljaldagi jamoa yig'ilmagan bo'lsa, «uy cherkovlari» shaklidagi jamoalar tashkil etiladi. Bu uylar oddiy aholi uylari bo'lib, ozgina bezatiladi xolos. Missioner bunday uylarda yangi muxlislar, yangi nasroniylashtirilgan shaxslarni ma'lum vaqtlarda to'plab, duo qiladi, ta'lim beradi. Odatdagi cherkov binolariga nisbatan uy cherkovlari diqqatni unchalik jalb qilmaydi.

Missionerlar bunday joylarda yaxshiroq niqoblanishadi, yaxshiroq faoliyat yuritishadi. Uy cherkovlari aholi yashaydigan maskanlarda sotib olingan yoki ijaraga olingan hovli yoxud ko'p qavatli uylardir. Bu uylar faol missionerlar boshchiligida mahalliy xalq ichidan topilgan o'rtoqlar va muxlislarni o'ziga og'dirish uchun juda qo'l keladi.
Tashqaridan qaraganning diqqatini jalb qilmaydigan bu uylarda kelajakda quriladigan rasmiy cherkovlarga zamin tayyorlanadi. Cherkovni mahalliylashtirishda nasroniylash-tirilayotgan mahalliy xalq orasidan faol missionerlik va rahbarlik sifatiga ega bo'lganlarni tarbiyalash muhim sanaladi.
5. Ijtimoy-siyosiy vaziyatlardan foydalanish uslubi. Missionerlik harakatlarida ayrim mintaqalarda yuzaga kelgan vaziyatlarga katta ahamiyat beriladi. Hozirgi kunda avvalo AQSh va boshqa g'arb davlatlari missionerlarga siyosiy ko'mak berishyapti. Dunyoda sodir bo'layotgan xalqaro voqea-hodisalar, turli o'lkalarga qarshi siyosiy va harbiy harakatlar missionerlar uchun aql bovar qilmas qulay fursatlarni tuhfa etmoqda. Bu holning mashhur misolini 11 sentyabr vokealaridan so'ng AQSh va ittifoqdoshlarining O'rta Sharqqa siyosiy va harbiy harakatlarida ko'rish mumkin. Demokratiya va tinchlik o'rnatish niqobi ostida kirgan g'arb davlatlari O'rta Sharqqa oqib kirgan minglab missionerlar uchun himoya qalqoni bo'lishdi. 11 sentyabr voqealari missionerlik harakatlari uchun tom ma'noda burilish nuqtasi bo'ldi. Bu voqealardan so'ng deyarli butun dunyo bo'ylab Islom anarxiya, terror dini, deya «targ'ib» etildi. Kim qilgani noma'lum terror va zo'rovonliklar butun musulmonlarga, ularning e'tiqodlariga va hatto muqaddas Qur'oni karimga nisbat berildi.

Madaminov Umrbek

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   778   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari