Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

“Al-fiqh al-akbar” Imom Abu Hanifaga tegishli emasmi?

12.07.2021   3826   4 min.
“Al-fiqh al-akbar” Imom Abu Hanifaga tegishli emasmi?

Ahmad ibn Taymiyaning izdoshlari bo'lmish “salafiy”lar tarafdan ahli sunna val-jamoa aqidasida yozilgan mashhur matn al-Fiqh al-akbar asarini imom A'zam Abu Hanifaga tegishli emas degan iddao ilgari suriladi. Salafiy imom Alboniyga ayni shu mavzuda savol berishadi. U “imom Abu Hanifaning aqidagi doir hech qanday asari yo'q” deb javob bergan (“Hidoyat va Nur” turkum ko'rsatuvlari. 52-son).

Umuman salafiylar orasida al-Fiqh al-akbar Abu Hanifaga mansub emas degan fikr keng tarqalgan. Ularga ko'ra, Imom Abu Hanifa rahimahulloh hijriy birinchi asrning oxiri va ikkinchi asrning birinchi yarmida (80-150) yashab o'tgan. Bu davrda hali kitob yozish an'anasi yo'lga qo'yilmagan edi, demak al-Fiqh al-akbarning muallifi imom Abu Hanifa bo'lmagan.

Masalaning qiziq tarafi shuki, xozirgi salafiylarning bu fikri salafiylik asoschisi Ahmad ibn Tayyamiya va uning yaqin shogirdi Ibn Qayyim al-Javziyalarning fikriga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. “Salafiylar” ulug'i Shayh ul-islom Ibn Tayamiya “Dar'u taoruzil aql van naql” asarida al-Fiqh al-akbarning muallifi imom Abu Hanifa ekanligini, u kitob Abu Hanifaning shogirdlari orasida mashhur va keng yoyilganini aytib o'tgan. Shuningdek, yana bir “salafiy” imom ibn Qayyim al-Javziya ham o'zining “Ijtimo al-juyush al-islamiya” nomli asarida al-Fiqh al-akbar imom Abu Hanifaning asari deb aytib qo'ygan.

Bu ikkisdan tashqari boshqa e'tiborli olimlar ham al-Fiqh al-akbarning muallifi imom Abu Hanifa rahimahulloh ekanligini aytib o'tgan. Jumladan: alloma ibn Abulizz Aqidatu Tahoviyaning sharhida aytgan.

Shayh Vahbiy G'ovajiy Mulla Ali Qori rahimahulloh tarafdan al-Fiqh al-akbarga yozilgan sharhni tahqiq qilarkan shunday degan: “al-Fiqh al-akbar imom Abu Hanifa rahimahullohning imlosi va ta'lifidir. Bu kitob Alloma Zohid Kavsariy tarafdan birinchi bor tahqiq qilib nashr etilgan. Men Madinai munavvaradagi “Orif Hikmat” kutubhonasida al-Fiqh al-akbarning juda yaxshi saqlangan qo'lyozma nusxasini ko'rdim. Roviylari: Ali ibn Ahmad forisiy, u kishi Nasr ibn Yahyodan, u kishi Abu Muqotildan, u kishi Osim ibn Yusufdan, u kishi esa imom Abu Hanifa rahimahullohning o'g'li Hammoddan.

Hijriy 429 yili vafot topgan imom Abdulqohir Bag'dodiy o'zining “Usuli din” nomli asarida shunday degan: “Ahli sunna mutakallimlarining avvalgi faqihlari qatorida mazhab egalari imom Abu Hanifa va imom Shofe'iyni tilga olish o'rinli. Chunki imom Abu Hanifa qadariyalarga raddan bir kitob yozgan va uni al-Fiqh al-akbar” deb nomlagan. (Usuli din. Abdulqohir Bag'dodiy. 38 — Bet).

Imom Abulmuzaffar Isfaroiniy ham “at-Tabsir fid-din” nomli asarida bu mavzuga to'xtalib: “Abu Hanifa rahimahullohning al-Olim val-mutaallim” asari bilan “al-Fiqh al-akbar” asarlarida ahli bid'at va mulhidlarga raddan ochiq-oydin hujjatlar bor. Bu kitoblarning rivoyati bizga ishonchli va mo''tamad sanadlar bilan Nasr ibn Yahyodan u esa Abu Hanifadan etib kelgan” deb aytgan. (at-Tabsir fid-din. 113 — Bet).

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, “al-Fiqh al-akbar”ning imom Abu Hanifa rahimahullohga mansubligida shubha yo'q. Bu kitob Imom Abu Hanifa rahimahullohning imlolari asosida, ya'ni u kishining aytib turishi shogirdlari esa qog'ozga tushirishi asosida yozilgan. Asrni muallifdan Hammod ibn Abu Hanifa, imom Abu Yusuf, Abu Muti' Hakam ibn Abdulloh Balxiy, Abu Muqotil, Hafs ibn Muslim Samarqandiy kabi shogirdlari yozib olgan va boshqalarga rivoyat va kitobat orqali etkazganlar.

Imom Abu Hanifa rahimahullohning nabirasi Ismoil ibn Hammod,  Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy, Muhammad ibn Samoa, Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Shaddod ibn Hakamlar esa sahih isnodlar bilan “al-Fiqh al-akbar”ni birinchi roviylaridan olib keyingi avlodga tarqatishgan va asar shu tarzda ishonchli roviylar silsilasi orqali shayh Abu Mansur al-Moturidiy rahimahullohgacha etib kelgan va u kishi bu asarga sharh bitgan.

TII Maxsus sirtqi bo'lim

bitiruvchisi Botirjon Tojiboyev

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

27.08.2026   21286   2 min.
“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

Ispaniyaning “Orta Lectura” nashrida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda hamda xorijiy davlatlarning sayyohlar uchun tavsiyalarida yuqori xavfsizlik darajasiga ega mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

World Justice Project (WJP) tomonidan e’lon qilingan “Rule of Law Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 143 ta mamlakat orasida 17-o‘rinni, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 15 ta mamlakat orasida esa 1-o‘rinni egalladi.

WJP indeksi 215 mingdan ortiq fuqarolar hamda 4 ming 100 nafardan ziyod huquqshunos va ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

“Gallup” kompaniyasining “2025 Global Safety Report” ma’ruzasida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aholisining 86 foizi kechasi yolg‘iz yurganda o‘zini to‘liq xavfsiz his qiladi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73 foizlik darajadan sezilarli darajada yuqoridir. Shu bilan birga, “Law and Order Index”ning kengroq ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz 100 dan 91 ball to‘pladi.

Institute for Economics & Peace tomonidan tuziladigan “Global Peace Index 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 30 pog‘onaga yaxshilab, 163 ta mamlakat orasida 1,726 ko‘rsatkich bilan 37-o‘ringa ko‘tarildi. 2026 yilgi rasmiy hisobotda mamlakatimiz tinchlik ko‘rsatkichlari eng yuqori sur’atda yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

AQSH Davlat departamenti “Travel Advisories” tizimida O‘zbekistonga “Level 1 – Exercise Normal Precautions” darajasini, ya’ni “Odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish” tavsiyasini bergan. 2026 yil yanvarda yangilangan tavsiyanomada xavf darajasi oshirilmadi. Bu AQSH Davlat departamenti tomonidan xalqaro sayohatlar uchun belgilanadigan eng past xavf darajasi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari