Shu yil 10 fevral' kuni Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida viloyatdagi diniy soha xodimlari hamda “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtining ustoz va talabalari ishtirokida O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining 2023 yil yakuni bo'yicha sarhisob tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda vakillikning salmoqli natijalarga erishishida munosib hissa qo'shgan, hamkasblari orasida faollik ko'rsatib, ularga namuna bo'lgan 15 nafar diniy soha xodimlari viloyat vakilligining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtining bu yilgi bitiruvchi talabalari ham vakillikning sovg'alariga ega bo'ldilar. Talabalarga kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab, duoi xayrlar qilindi.






O'zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati