Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:26
Quyosh
05:49
Peshin
12:23
Asr
17:01
Shom
19:00
Xufton
20:19
Bismillah
01 Sentabr, 2026, 19 Rabi`ul avval, 1448

Jiddada yana bir xalqaro forum

21.11.2023   5443   1 min.
Jiddada yana bir xalqaro forum

Saudiya Arabistoni Qirolligi Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) va Musulmonlar jahon ligasi (MJL) tashabbusi bilan “Ommaviy axborot vositalarida nafrat va zo'ravonlik tarqalishi avj olishini kamaytirish” mavzusida xalqaro forum ish boshlaydi.

Anjumanda MJL Bosh kotibi, shayx doktor Muhammad bin Abdulkarim Al-Iso, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Falastin davlatidagi rasmiy ommaviy axborot vositalari bosh nazoratchisi, vazir Ahmad Assaf, shuningdek, IHTga a'zo davlatlar axborot agentliklari rahbarlari, xalqaro media institutlari, taniqli diniy tashkilotlar vakillari, intellektual, huquq va inson huquqi arboblari, xalqaro  tashkilotlar mas'ullari, diplomatlar, jurnalistlar ishtirok etadi.

Forumda “Ommaviy axborot vositalarida tarafkashlik va noto'g'ri talqin: Falastin muammosi namuna sifatida” kabi bir necha dolzarb mavzu muhokama qilinadi. Bundan ko'zlangan maqsad OAVda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni aniqlash hamda tashviqot va tarafkashlikning insoniyatga, jamiyatga salbiy ta'sirini ko'rsatishdan iborat.

Tashkilotchilar noto'g'ri ma'lumot berish, noxolislik, OAV orqali nafrat tarqalishi xavfiga qarshi xalqaro ittifoq tuzish niyatida.

Muharrama Pirmatova, O'zA

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   33197   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari