Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

“DINIY BAG'RIKYeNGLIK” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

20.11.2023   1385   1 min.
“DINIY BAG'RIKYeNGLIK” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

So'nggi yillarda “16 noyabr' – Halqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan turli konferentsiya va anjumanlar, davra suhbati va uchrashuvlarni o'z ichiga qamrab olgan “Bag'rikenglik haftaligi”ning o'tkazilishi – jamiyatda bag'rikenglik g'oyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat hamda diniy konfessiya vakillari o'rtasida o'zaro do'stlik va hamjihatlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotgani alohida e'tirofga loyiq.

Ta'kidlash lozimki, oxirgi yillarda mamlakatimizda diniy-ma'rifiy soha rivoji yo'lida keng ko'lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Ushbu jarayon soha xodimlaridan ham alohida mas'uliyat va faollik talab etadi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ularning fidoiyligi, sharafli mehnatlari hukumatimiz tomonidan e'tirof etilib, qadrlanmoqda.

Bugun O'zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda soha xodimlari «Diniy bag'rikenglik» ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

O'MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   13790   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari