Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Avgust, 2026   |   27 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:27
Peshin
12:30
Asr
17:25
Shom
19:33
Xufton
21:02
Bismillah
10 Avgust, 2026, 27 Safar, 1448

Eski kiyimlarni sadaqa qilish

20.11.2023   2381   2 min.
Eski kiyimlarni sadaqa qilish
  1. Erkagu ayollarning va bolalarning kiyilgan, lekin yirtilib ketmagan, hali kiyishga yaroqli kiyimlarini sadaqa qilish mustahab amaldir. Bu ish yomon ko'rgan narsasini sadaqa qilib yuborishga kirmaydi. Eskirgan narsa o'rtacha mol hisoblanadi, chunki kambag'allar bundan ham eskiroq kiyimlarni sotib olishadi. Qanchadan-qancha boylar pisand qilmaydigan kiyimlar borki, ularga erishish kambag'allar uchun orzudir. Bunday kiyim-kechaklarni axlatga tashlash yoki yoqib yuborish mumkin emas.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam yangi kiyim olgan odamlarni eskisini sadaqa qilib yuborishga targ'ib qilganlar.

Umar ibn Hattob roziyallohu anhu yangi kiyim kiyib, «Avratimni berkitadigan, yasanadigan narsani kiydirgan Allohga hamd bo'lsin», dedi. Keyin shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim yangi kiyim kiyganda: "Avratimni berkitadigan, yasanadigan narsani kiydirgan Allohga hamd bo'lsin" desa, keyin eskirgan kiyimini sadaqa qilsa, hayotu mamotida Allohning himoyasida, Allohning muhofazasida va Allohning satrida bo'ladi», deganlarini eshitdim». (Termiziy va boshqalar Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilishgan. Hofiz Ibn Hajar «Nataaijul afkaar» degan kitobida hasan degan).

  1. Yomon kiyimni sadaqa qilish makruhdir. Chunki Alloh taolo: «Nafaqa qilganingizda nopokni ko'zlamang. Holbuki, uni o'zingiz ham undan ko'z yummay turib olmaysiz», degan. (Baqara surasi, 267-oyat). Makruh bo'lishi bilan birga bunday kiyimni sadaqa qilgan odamga sadaqasiga yarasha ajr yoziladi, vaholanki unga molning yaxshisini tanlab sadaqa qilish afzaldir.

Hatib Shirbiniy rohimahulloh: «Sifatsiz narsani sadaqa qilish makruhdir. Lekin shundan boshqa narsa topa olmasa, makruh bo'lmaydi»  («Mug'nil muhtaaj», 4/197).

  1. Afzali o'sha kiyimlarni yuvib, dazmollab, so'ng kambag'alning o'ziga yoki birorta xayriya jamg'armasiga berish yoki masjid imomidan muhtoj odamlarni so'rab olib, o'shalarga berishdir.
  2. Shuningdek, eski oyoq kiyim, idish-tovoq va uy jihozlarini sadaqa qilish ham mustahabdir.

Alloh sizu bizning solih amallarimizni qabul aylasin.

Doktor Muhammad Sodiq Darvish

 

Boshqa maqolalar
Videolar

Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

10.08.2026   2   1 min.
Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

 

Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning ehsonlarini dargohida qabul qilsin, mol-u jonlariga baraka, oilalariga tinchlik va xotirjamlik ato etsin. Yurtimizda bunday xayrli amallar bardavom bo‘lib, yetim bolalarning yuzidagi quvonch va tabassum hech qachon arimasin.

 

Vaqf.uz sayti orqali o‘zingiz xohlagan yo‘nalishga ehson qilishingiz mumkin!

VIDEO