Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Ularning asl maqsadi fitnadir

14.06.2021   2129   4 min.
Ularning asl maqsadi fitnadir

Butun insoniyat rishtasi Odam alayhissalom va momo Havo bilan bog'lanishi barchamizga ma'lum. Biz musulmonlarni ma'naviy birlashtirgan bosh omil esa dinimizdir. Islom ilk davrlarda qattiq qarshilikka uchragan, hatto Yer yuzidan o'chirib tashlash uchun keskin harakatlar bo'lgan. Afsuski, bunday jirkanch harakatlar hozirgacha ham bir soniya bo'lsa-da to'xtagani yo'q. Chunki mo'min-musulmonlarning hamjihat, birodar bo'lib yashashining negizi Islomdir.

Alloh taolo Qur'oni karimning “Hujurot” surasida: “Albatta mo'minlar birodardirlar” deb marhamat qilgan. Demak, iymon keltirib mo'min bo'lganlarning barchasi bir-biri bilan bir qorindan tushgan aka-uka – birodarlardek ekanini alohida ta'kidlanmoqda.

Tarixdan ma'lumki, muayyan kuchlar Islom ummatini kuch bilan, urush qilish yo'li bilan engib bo'lmasligiga amin bo'lgan. Shunday bo'lsa-da, ular musulmonlar orasidagi birlikka putur etkazish maqsadida aqidaviy va fiqhiy masalalarda mazhablar o'rtasida ixtiloflar keltirib chiqarishni o'ylab topib, qurolsiz urush boshlashdi. Shu bilan birga, “Islom” niqobidagi har-xil aqidaviy firqalarning paydo bo'lishida ham ularning “xizmati” katta.

Ateistlar, qur'oniylar, soxta salafiylar va Hizbut-tahrir kabilarning bosh maqsadi ham musulmonlar o'rtasida fitna chiqarish, ulamolarimizni adashganlikda ayblash, tinchlik va birdamlikka rahna solishdir.

Islom ulamolari ummatni aslini saqlab qolish yo'lida mazhablarni shakillantirishdi. Hozirda Islom dinimizga dushmanlik kayfiyatidagilarning asosiy harakatlari Islom ummatining birdamligiga asos bo'lgan mazhablarga zarba berish bo'lib, bu yo'lda ular o'z tuzoqlariga ilinganlar vositasida bemazxablikni targ'ib etishmoqda. Chunki Islom ummatini birlashtirib turgan omil ayni damda mazhabdir. Islom dinini shu davrgacha etib kelishiga xizmat qilganlar ham, albatta, to'rt mo''tabar mazhab ulamolaridir.

Imom Said Ramazon Butiy rahimahulloh: “Mazhabsizlik kufrga yo'ldir”, degan edilar. Mazhabsiz aqidalarimiz ham, ibodatlarimiz ham mutlaqo durust bo'lmaydi. Mazhabga til tekkizayotgan, tosh otayotgan va turli echimi topilgan masalalar orqali fitna chiqarayotganlarning ortida turganlar ham aynan yuqorida aytilgan to'dalardir. Ular o'zlarinigina haq yo'lda, boshqalar ya'ni, o'zlariga ergashmagan, balki mazhabni mahkam ushlaganlarni esa adashgan, zalolatda, xatto kufrda, deb hukm chiqarishmoqda. Chunki ular o'zlarini “islohotchilar” deb biladi. Vaholanki, aynan ularning o'zlari buzg'unchilardir.

Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: “Va qachon: “Yer yuzida buzg'unchilik qilmang”, – deyilsa, “Biz faqat isloh qiluvchilarmiz”, – derlar. Ogoh bo'lingki, ular – o'shalar buzg'unchilardir, lekin o'zlari sezmaslar.  

Ularining  jirkanch maqsadlaridan yana biri avvalda o'tgan va hozirgi zamon ulamolarimizning hurmatini oyoqosti qilish va dunyo musulmonlarini ularga ergashishdan to'sishdir. Bu erdagi nozik nuqta – agar ummat din ulamolariga ergashmasa, ularning so'ziga yurmasa musulmonlarning birlik silsilasi uziladi. Oqibatda esa jamiyat bir poda yoki to'daga aylantiriladi va uni istalgan yo'lga solish, og'dirish mumkin bo'ladi. Aslida esa bizga ma'lum va mashhur bo'lgan an'anaga sodiq qolib, din ulamolarimizga ergashishimiz va ularning ko'rsatmalarini qabul qilishda sobitqadam bo'lishimiz lozim.

Hulosa o'rnida aytish lozimki, barchamiz nosog'lom harakatlarning tarafdorlariga qarshi echim topishda – aqidamiz va mazhabimizni mukammal bilishimiz va bu yo'lda diyonat va hamjihatlik bilan harakat qilmog'imiz lozimdir.

Alloh taolo yurtimiz va dunyo musulmonlarini O'z panohida asrasin va go'zal maqsadlariga erishtirsin!

 

“Chinor” jome masjidi imom-xatibi

Muhammadxonov Mutallibxon

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   5022   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari