Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Vatan bo'ylab sayohat tashkil etildi

09.02.2024   3302   3 min.
Vatan bo'ylab sayohat tashkil etildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Hidoya” o'rta maxsus Islom ta'lim muassasasi mas'ul xodim, pedagog-o'qituvchi va talabalari “Vatan bo'ylab sayohat” shiori ostida madaniy ekskursiya uyushtirildi.

Shu yil 2-4 fevral' kunlari ta'lim muassasasining 3 nafar ustoz va 14  nafar talabasi sayohat tadbiri doirasida Samarqandda bo'ldi. Dastavval Imom Buxoriy xazratlarining qayta qad roslayotgan majmuasi qurilishi, Registon majmuasidagi Sherdor, Tillakori va Ulug'bek madrasalari, “Shoxi Zinda” majmuasidagi tarixiy binolar, maqbaralar, xususan, sahobalardan biri Qusam ibn Abbos roziyallohu anhuning qabrlari ziyorat qilindi. Shuningdek, O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida bo'lib, duoyi xayrlar qilindi.

Sayohat davomida talabalar Hadis ilmi maktabida bo'ldi. Unda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon domla Yusupov hamrohligida ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yil 3 fevral' kuni “Ajdodlar xotirasi yodimizda” shiori ostida yana bir sayohat tadbiri tashkil etildi. Unda 50 nafar professor-o'qituvchi, ishchi-xodim va talabalar ishtirok etdi. Unda Farg'ona viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat “O'rda” majmuasidan boshlandi. Ziyoratchilar sayohat davomida “Hudoyorxon saroyi”, “Madrasai Mir” va Marg'ilon shahridagi “Hunarmandlar uyi” faoliyati va boshqa me'moriy obidalar bilan yaqindan tanishdi.

Sayohat davomida ziyoratchilar yurtimizning boy madaniy merosi, tarixiy obidalarimiz o'tmishi va buguni, mintaqada yashab o'tgan tarixiy shaxslar to'g'risida keng qamrovli ma'lumotlar oldi.  

Ma'naviy va ma'rifiy ruhdagi bunday tadbirlar o'tkazilishi o'qituchi va xodimlarning o'tmish tariximizni yaxshiroq o'rganishga, hozirgi hayotimizga shukronalik va buyuk kelajagimizga ishonch tuyg'ularining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi.  

Abdunosir BOBAMIRZAYeV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi,

Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi xodimi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Holva” degan bilan...

15.09.2026   3256   2 min.
“Holva” degan bilan...

Bugungi jamiyatimizda odob-axloq jihatidan oqsoqliklar ko‘zga tashlanmoqda. Salom berish, yordamga muhtojlarni ko‘rganda ko‘maklashish, o‘zidan kattalarga hurmat ko‘rsatish kabi qadriyatlar kamayib borayotganini hech kim inkor qilmasa kerak. Holbuki, har bir ota-ona farzandining ilmli, solih va yetuk inson bo‘lib kamol topganini ko‘rishni orzu qiladi. Biroq “holva” degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Ya’ni quruq orzu-havasning o‘zi kifoya qilmaydi. Balki doimiy va tartibli ta’lim-tarbiya ishiga kirishish lozim bo‘ladi. Bu borada jamiyatdagi insonlarni uch toifaga bo‘lish mumkin:

1. O‘zi ham amal qilib, farzandini ham ezgulikka yetaklaydiganlar. Bu tutum dunyo va oxirat saodatini ko‘zlagan mo‘minning yo‘li. Tarbiyada eng samarali omil ota-onaning shaxsiy namunasidir. Bolaga, avvalo, Allohni tanitish va solih amallar bilan o‘rnak bo‘lish lozim. Qur’oni karimda ta’kidlanganidek, iymon keltirib, ezgu amal qilganlarga dunyoda pokiza hayot, oxiratda esa abadiy jannat bashorati berilgan (Nahl surasi, 97-oyat).

2. O‘zi amal qilmay, farzandi tarbiyasiga mol-dunyo sarflaydiganlar. Unutmang, pul hamma narsani hal qilmaydi. Ota-onaning o‘zi diniy va axloqiy majburiyatlarni bajarmasa, pand-nasihatlari farzandga ta’sir qilmaydi. Oilaviy muhitda ota ta’minotga, ona tarbiyaga mas’ul bo‘lib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik bo‘lishi shart.
Shuningdek, ota-onalarning behuda ishlar, masalan, telefonga ko‘p bog‘lanib qolishi tarbiyadagi eng katta bo‘shliqni yuzaga keltiradi. Farzand kamoloti uchun uning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, uyqu va dars tartibini doimiy nazoratda tutish, tartibni ushlash lozim. Eng muhimi, xulq ilmdan ustun turadi: xulqsiz berilgan ilm insonni zalolatga yetaklaydi, shu bois farzandga go‘zal axloqiy tarbiya berib, so‘ng ilm bilan ziynatlash kerak.

3. O‘zi ham amal qilmay, farzandini ham bunga chaqirmaydiganlar. Bu toifaning oqibati xatarlidir. Alloh taolo Toha surasida bunday marhamat qiladi: “Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang hayot bo‘lur...” (124-oyat). Mana shu oyatning o‘ziyoq kishini sergak torttirib, bu toifadan bo‘lib qolmaslikka undashi lozim.
Xulosa shuki, farzand qalbi va ruhiyati ildiz otishi kerak bo‘lgan daraxt ko‘chati kabidir. Uning ildizini iymon va taqvo mustahkamlaydi. Shunday ekan, kim farzandlari kamolini ko‘rishni istasa, amali va e’tiborini bilan shunga harakat qilsin. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilib, zurriyotlarimiz kamolini ko‘rsatsin.

Aziza RAHMATOVA,
Samarqand tumani bosh otinoyisi

Maqolalar