Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Soxta salafiylarning kelib chiqishi

09.06.2021   2270   2 min.
Soxta salafiylarning kelib chiqishi

Ibn Taymiyaning qarashlari  o'z davrida  fitnalarga sabab bo'lishiga qaramasdan unga ergashuvchilarning soni juda ko'pchilikni tashkil etgan. Tarafdorlarining asosini savodsiz -badaviylar (sahro xalqi) tashkil qilgan bo'lsa-da, ammo ular orasida ayrim ko'zga ko'ringan ziyolilar, olimlar ham yo'q emas edi.

Buning asosiy sababi Ibn Taymiya kuchli taqvosi va o'tkir ilmi bilan tanilgan Hanbaliy mazhabiga mansub namunali oilaning farzandi bo'lganidir. Otasi va bobosi zamonasining mashhur faqihlaridan deb, tan olinar edi. Ibn Taymiya muxolifatchilik harakatlarini asosan qirq yoshda boshlagan.

Ungacha esa, u o'z davrining etuk hanbaliy mazhabiga mansub faqihlaridan biri bo'lib, bir necha foydali diniy asarlarini yozib, atrofga tanilib ulgurgan edi.

Uning ilmiy mansab-mavqei va shuhrati shu darajaga etgan ediki, u tomondan aytilgan har bir fikr uning ixlosmandlari tarafdan so'zsiz qabul qilinar, dalillari surishtirilmas edi. Uning ana shu shuhrati keyingi ixtilofli fikrlarini atrofga yoyilishiga omil bo'ldi. Bular esa, musulmonlar jamoatiga qarshi fikrlarini “bezab” va “ziynatlab” qo'ygan edi. Natijada uning adashuvini ko'pchilik payqamay qoldi. Uning “yangicha fatvolari” muxlislari tomondan bosh ustiga qabul qilinar, oqibatda esa, uni “mujaddid” (dinni yangilovchi) va “shayxul-islom” degan “sharafli” laqablar bilan atay boshladilar. Aslida esa, Ibn Taymiya “mujaddid” ham, “mujtahid” ham, asl salafiy ham bo'lmagan! Udan keyin vujudga kelgan “salafiylik” oqimi hech qachon salafi-solihlarning yo'lini tutmagan va ularga mos kelmagan! Balki, musulmonlar jamoasidan ajrab chiqqan ayrimlarning adashuviga sabab bo'lgan bir kichik oqim - to'da xolos!  

Hozirgi davrimizda ham internet va ijtimoiy tarmoqlarda salafiylikni targ'ib qilayotgan ayrim shaxslar (Abdulloh Zufar, Yusuf Davron va o'zini men ham hanafiyman deb, soxta salafiylikni targ'ib qilayotgan Sodiq Samarqandiylar) mazhabga ergashish shart emas deb, ayni damda esa, o'zlari soxta mazhabda ekanliklarini anglamasa.

Haqiqiy salaflar esa, to'rt mo''tabar mazhabboshilarimizdir. Ularning tuzgan yo'llari – mazhablarida yurishgina salafi solihlarga ergashishlikdir.  Shuni anglash lozimki, uch oltin davrda yashab o'tgan salafi solihlar – mazhabboshilarimizga tosh otish – Payg'ambarimiz alayhissalom maqtagan zotlarga tosh otishdan boshqa narsa emas!

 

“Oxunbobo” jome masjidi imom xatibi

   Botirov Bahodir

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

24.08.2026   25535   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari