Avval, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh ulamolar Andijon viloyatiga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik. Ushbu ulamolar qatorida Shayx Alijon qori ham fayzli tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Shayx Alijon qori Andijon shahridagi “Imomi A'zam” jome masjidida peshin namozini mo'min-musulmonlar bilan birga-birga ado etib, o'zlarining go'zal qiroatlari bilan yig'ilgan namozxonlarning qalblarini jo'nbushga keltirdi va ko'zlariga yosh balqitdi.
Ma'lumot o'rnida, Al-Quran.uz mobil' ilova loyiha rahbari Shayx Alijon qori Al-Azhar universitetining Shariat va Qonun fakul'teti hamda Ulumul Qur'on va qiroat ilmlariga ixtisoslashgan ilm dargohlarida tahsil olgan. Shayx Alijon qori Qur'oni karim va tajvid ilmi bo'yicha eng mo''tabar ustozlarning ijozalarini olgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun 17 iyun 2026 yil Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025-2026- o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari Umumta’lim fanlari: O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya hamda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanlari bo‘yicha boshlandi.
Mazkur imtihonlarda Yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Rahmatillo domla Usmonov ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyat tiladilar hamda ularning kelgusidagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga oid tavsiya va nasihatlar berdilar.
Yakuniy attestatsiya imtihonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida davom etmoqda.