— Tush ko'rish va uning ta'birlari to'g'risida dinimizda nima deyilgan?
– Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy alayhissalom: “Tush uch xildir: Solih tush – Allohdan sevinch bashoratidir. Mahzun tush – shaytondandir. Kishi o'ziga o'zi gapirgan narsani tushida ko'rishi. Agar biringiz o'ziga yoqmagan narsani tush ko'rsa, turib namoz o'qisin. Uni odamlarga aytmasin”, dedilar”.
– Bilishimizcha, rahmoniy va shaytoniy tushlar bo'lar ekan, shular haqida to'xtalsangiz, iltimos.
Bu hadisi sharifda tush haqida bir necha umumiy qoida bo'lgan haqiqatlar zikr qilinmoqda. Musulmon ulamolar tushni uch turga bo'ladilar:
— Har qanday ko'rilgan tush biror narsadan darak beradi-mi?
— Tush inson taqdirini belgilamaydi. Buni hayotiy misol orqali ko'rish mumkin. Yaxshi va ezgu ishlar qiluvchi qalbida kiri yo'q inson ba'zan tushida yomon, xunuk manzaralar, qo'rqinchli voqea va hodisalarni ko'rishi mumkin. Bu o'sha insonning hayoti, turmush tarzi yomon ekani yoki oqibati noxush bo'lishidan darak bermaydi. Bunda u yomon tushdan panoh so'rashi talab etiladi. Buning aksi o'laroq, ba'zi hollarda yomon va razil kishilar ham yaxshi, yoqimli tushlar ko'rishi mumkin. Bu o'sha insonning oqibati yaxshi bo'lishiga dalolat qilmaydi. Demak, yaxshi odamning noxush tush ko'rishi uning yomonligiga dalolat qilmaydi.
Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish, har safar tush ko'rganda folbin va kinnachilar huzuriga chopib boraverish aqlli, o'zini bilgan ongli insonga yarashmaydi. Biz dinimiz ko'rsatmalariga og'ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog'lom, irodamiz mustahkam bo'ladi.
— Banda Allohni tushida ko'rishi mumkinmi? Bu rahmoniy tush bo'ladi-mi?
— Alloh taoloni tushda ko'rish bor narsa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlarining bir necha hadislarida: “Robbimni tushimda ko'rdim”, deganlar. Shulardan biri imom Ahmad o'z “Musnad”larida, shuningdek, imom Termiziy ham “Sunan”larida keltirganlar. Mujtahid imomlarimiz ham bir necha bor tushlarida Alloh taoloni ko'rganlarini aytganlar. Ahli sunna val jamoa ulamolari: “Alloh taoloni tushda ko'rish mumkin”, deydilar. Buning haqiqati shuki, Alloh taoloning misli-o'xshashi yo'q. Bu haqda Alloh taolo:
﴿لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ﴾
“U Zotga o'xshash hech narsa yo'qdir” deb marhamat qilgan (Shuuro surasi, 11-oyat). Lekin Alloh taolo O'ziga masal-misolni isbot qilgan.
﴿اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ الْمِصْبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ الزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّيٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِي اللَّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ وَيَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ﴾
“... Alloh osmonlar va erning nuridir. Nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichida chiroq bor, chiroq esa shisha ichida, shisha esa go'yo durdan bo'lgan bir yulduz bo'lib, sharqiy ham, g'arbiy ham bo'lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o'ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydi...” (Nur surasi, 35-oyat).
Alloh taoloni biror narsaga o'xshatishlik bilan misol keltirish mumkin. Huddi yuqoridagi oyatda Alloh taolo nurining misolini keltirgani kabi. Misol keltirish bilan bir narsaga o'xshatish degan narsa kelib chiqmaydi.
Inson Alloh taoloni tushida ayni o'zini ham, mislini ham ko'rmaydi. Alloh taoloning ayni O'zini bu dunyoda ko'rishning imkoni bo'lmagani uchun ko'ra olmaydi. Mislini esa Alloh taoloning misli yo'q bo'lgani uchun ko'ra olmaydi. Lekin tushda Uning misolini ko'ra olishi mumkin. Vallohu a'lam!
— Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni tushda ko'rish uchun alohida namoz o'qish kerak deb eshitganmiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushda ko'rishning ma'lum bir duolari ham bor emish? Shu haqda ma'lumot bersangiz?
— Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni tushda ko'rish namozi degan narsa yo'q. U zot alayhissalomni tushda ko'rish uchun tavsiyalar kelgan. Jumladan, “Qadr” surasini har kuni quyosh chiqish va botish chog'ida 21 martadan o'qishni odat qilgan kishi, “Kavsar” surasini bir kechada ming marta o'qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Allohning xohishi bilan tushida ko'radi singari ko'plab tavsiyalar bor.
— Odam noxush tush ko'rganda nima qilish borasida hadisi shariflarda qanday ko'rsatmalar kelgan?
— Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Solih tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz o'zi qo'rqadigan bir tush ko'rsa, chap tomoniga tuflasin va uning yomonligidan Allohdan panoh so'rasin, shunda unga zarar qilmaydi”, dedilar” (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida: “Agar birortangiz o'zi yaxshi ko'rgan narsasini tushida ko'rsa, boshqalarga aytsin. Yomon ko'radigan narsasini tushida ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin-da, boshqa tomonga yonboshlab olsin. Allohdan uning sharridan saqlashini so'rasin. Birovga bu tushini aytmasin. Shunda tush unga zarar qilmaydi”, deganlar.
— Halqimiz orasida “tushda tishi to'kilsa, biror kimi vafot etadi”, “ilon dushmandan dalolat” va shunga o'xshash gaplar bor. Ular qanchalik asosli?
— Avval aytilgandek, avval chap tarafiga tuflaydi, panoh tilaydi va keyin turib tahorat qilib namoz o'qiydi. Yana muhim shartlardan biri o'sha yoqimsiz tushni birovga aytmaslikdir. Vallohu a'lam.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Arab davlatining Bosniya va Gertsegovinadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi dastlabki bosqichni o‘tkazdi. Bu Kosovo Respublikasidagi Islom shayxligi va Saudiya Arabistonining Albaniya Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda uchinchi marotaba tashkil etilgan tadbirdir.
Musobaqada Kosovo, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Chexiya, Kipr, Sloveniya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Gruziya, San-Mariya va Uzbekiston kabi 22 davlatdan 2350 nafar da’vogarlar ishtirok etdi.
8-11 may kunlari Kosovo poytaxti Prishtina shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga jami 160 nafar ishtirokchi yo‘llanma oldi va ular besh toifa bo‘yicha kurash olib boradi.
quranuz