Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Oktabr, 2026   |   2 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:14
Quyosh
06:32
Peshin
12:09
Asr
16:02
Shom
17:50
Xufton
19:04
Bismillah
13 Oktabr, 2026, 2 Jumadul avval, 1448

Besh mo''tabar matn

27.05.2021   3884   4 min.
Besh mo''tabar matn

Hanafiylik mazhabida to'rt mo''tabar fiqhiy matn – kitob bor bo'lib, ular “Muxtasari Quduriy”, “Viqoya”, “Kanzud daqoiq” va “Muxtor” deb ataladi. Ular “To'rt matn” nomi bilan mashhur.  Aĭrim olimlar bular safiga “Majma'ul bahraĭn” asarini ham qŭshadilar. Shu bilan ular “Mutuni xamsa” (“Besh tamatn”) deb nomlanadi.

  1. “MuxtasariQuduriy”.Abul Husaĭn Ahmad ibn Muhammad Quduriĭ Bag'dodiĭ (972–1037) asari bŭlib, u hanafiĭlik mazhabidagi fiqhiĭ matn kitoblari ichida eng e'tiborlisidir. Asarda 12 000 ta fiqhiĭ masala zikr qilingan. “Muxtasari Quduriĭ ”ga juda kŭp sharhlar, hoshiyalar bitilgan.
  2. “Viqoya”.Ushbuasarning tŭliq nomi “Viqoyat ar-rivoya fi masoil al-Hidoya” bŭlib, u “Muxtasari Viqoya” sohibining bobosi Burhonush shari'a Mahmud ibn Sadrush shari'a Ahmad Mahbubiĭ (vaf. 1232) qalamiga mansub bŭ lib, musannif buxorolik bŭlgan. “Viqoya” asari Ubaĭdulloh ibn Mas'ud Mahbubiĭ tomonidan qisqartirilib, “Muxtasari Viqoya” nomli asar bitilgan. “Muxtasari Viqoya” hozirgacha ahamiyatini ĭŭqotmagan.
  3. “Kanzud daqoiq”.Hofiziddin Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiĭ (1232– 1310) qalamiga mansub ushbu kitobning tŭliq nomi “Kanzud daqoiq fi ilm al-furu'” bŭlib, fiqhiĭ kitoblar orasida ŭziga xos ŭringa ega. “Kanzud daqoiq”da boshqa fiqhiĭ matn kitoblarida uchramagan mavzular, jumladan, faroiz – meros huquqi kabilar ham bor. “Kanzud daqoiq” asari asrlar davomida madrasalarda darslik sifatida ŭqitib kelingan. Shuning uchun unga ŭnlab sharh, hoshiyalar bitilgan. “Kanzud daqoiq” ba'zi fiqhiĭ asarlarda qisqartirilib, “al-Kanz” deb yuritiladi.
  4. “Muxtor”.Abul Fazl Majdiddin Abdulloh ibn Mahmud Mŭvsiliĭ (1202–1284)ning “al-Muxtor fi furu' al-hanafiya” ëki “al-Muxtor li-l-fatvo” nomli asari. Muallif ŭz asarini ŭzi “al-Ixtiyë r li-ta'lil al-Muxtor” nomi bilan sharh qilgan bŭlib, matn tuzishda faqat Imomi A'zam Abu Hanifaning fiqhiĭ qarashlarini ixtiyër qilganligi sababli shu nomni tanlaganini zikr qiladi.
  5. “Majma'ulbahrayn”.Tŭliq nomi “Majma'ul bahraĭn va multaqiĭ an-nahraĭn fi furu' al-hanafiya” deb atalgan asarni Muzaffariddin Ahmad ibn Ali ibn Sa'lab ibn Saotiĭ Bag'dodiĭ Ba'labakkiĭ Hanafiĭ (vaf. 1294) ëzgan. Mazkur asar tŭrtta mŭ'tabar fiqhiĭ matnning biri sifatida ham qadrlangan. “Majma'ul bahraĭ n” Abul Husaĭ n Quduriĭ ning “Muxtasar” hamda Abu Hafs Nasafiĭ (1068– 1142) qalamiga mansub “Manzuma” asarlari asosida tartib beril gan hanafiĭ likdagi mŭ'tabar fiqhiĭ matn kitobi hisoblanadi5.

 Sodda, mŭ'jaz, ëdlashga oson bŭ lgani uchun unga ahli ilmlar katta e'tibor berib, ŭnlab sharhlar ëzilgan. Muallifning Fotima ismli qizi otasidan ilm ŭrganib, otasining ushbu “Majma'ul bahraĭn” asariga chiroĭli “ta'liqot” (qŭshimcha izohlar) bitgan.

Besh mŭ'tabar fiqhiĭ kitoblarning arabcha matnlari dunë bŭĭlab bir necha marta nashr qilingan. Hanafiĭlik fiqhidagi eng asosiĭ manbalar bŭlmish ushbu asarlar orasida birortasi hozirgacha ŭzbek tiliga tar jima qilinmagan.

Hamidulloh AMINOV,

 tarix fanlari nomzodi

“Hidoyat” jurnalining 4-sonidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Rossiyskaya gazeta”: Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning ma’naviy-intellektual yuksalishiga xizmat qilmoqda

11.09.2026   139908   1 min.
“Rossiyskaya gazeta”: Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning ma’naviy-intellektual yuksalishiga xizmat qilmoqda

“Rossiyskaya gazeta”sida “Uchinchi Renessans: Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning ma’naviy-intellektual yuksalishiga xizmat qilmoqda” nomli tahliliy maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilm-fan, ta’lim va zamonaviy raqamli texnologiyalarni birlashtirgan yirik madaniy-ma’rifiy platforma sifatida taqdim etilgan. Poytaxtimizda qariyb 10 gektar maydonni egallagan va VII asrga oid muqaddas Usmon Qur’onini saqlaydigan ushbu majmuaning tashkil etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida islom dinining ma’rifiy mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbusi bilan bevosita bog‘lanadi. Uchinchi Renessans konsepsiyasi va Sharqning buyuk allomalari merosi orqali maqolada mamlakat ilmiy taraqqiyotining uzviyligi - qadimgi kashfiyotlardan tortib sun’iy intellekt, VR va AR-texnologiyalari qo‘llanilgan interaktiv ekspozitsiyalargacha keng yoritilgan.

Shuningdek, nashrda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi yakunlari, unda 20 ga yaqin bitimlar imzolangani ta’kidlangan. Ular orasida Xalqaro mediaalyans tuzish, “Sivilizatsiya ovozi” tanlovini ta’sis etish hamda milliy artefaktlarni xorijdan qaytarish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorlar o‘rin olgan bo‘lib, bu O‘zbekiston madaniy merosini dunyoda tizimli targ‘ib qilish uchun mustahkam zamin yaratadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari