Hanafiylik mazhabida to'rt mo''tabar fiqhiy matn – kitob bor bo'lib, ular “Muxtasari Quduriy”, “Viqoya”, “Kanzud daqoiq” va “Muxtor” deb ataladi. Ular “To'rt matn” nomi bilan mashhur. Aĭrim olimlar bular safiga “Majma'ul bahraĭn” asarini ham qŭshadilar. Shu bilan ular “Mutuni xamsa” (“Besh tamatn”) deb nomlanadi.
Sodda, mŭ'jaz, ëdlashga oson bŭ lgani uchun unga ahli ilmlar katta e'tibor berib, ŭnlab sharhlar ëzilgan. Muallifning Fotima ismli qizi otasidan ilm ŭrganib, otasining ushbu “Majma'ul bahraĭn” asariga chiroĭli “ta'liqot” (qŭshimcha izohlar) bitgan.
Besh mŭ'tabar fiqhiĭ kitoblarning arabcha matnlari dunë bŭĭlab bir necha marta nashr qilingan. Hanafiĭlik fiqhidagi eng asosiĭ manbalar bŭlmish ushbu asarlar orasida birortasi hozirgacha ŭzbek tiliga tar jima qilinmagan.
Hamidulloh AMINOV,
tarix fanlari nomzodi
“Hidoyat” jurnalining 4-sonidan
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati