Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2026   |   21 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:30
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:02
Shom
19:01
Xufton
20:17
Bismillah
10 Aprel, 2026, 21 Shavvol, 1447

Islom dinidagi fiqhiy mazhablar

24.05.2021   15910   4 min.
Islom dinidagi fiqhiy mazhablar

Ma'lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to'rtta fiqhiy mazhab bo'lib, ular Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablaridir. Agar islom tarixiga nazar tashlansa, bu mazhablarning kelib chiqishidan oldin ham turli mazhab va yo'nalishlar bo'lgan. Lekin u mazhablar muayyan shaxs nomi bilan emas, balki shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. Imom Molik rahmatullohi alayh o'zlarining mashhur “Muvatto” (ommabop) kitoblarini yozilish tarixini zikr qilganlarida shunday degan edilar: Halifa Abu Ja'far al-Mansur bilan hajda uchrashib qoldik, shunda u menga: “Men bilan sizdan boshqa olim qolmadi, men siyosat bilan mashg'ulman. Siz odamlarga sunnat va fiqhni bayon qiluvchi bir kitob yozing. Faqatgina, unda Ibn Abbosning ba'zi masalalardagi ruxsatlarini, Ibn Umarning ba'zi masalalardagi qattiqqo'lligini va Ibn Mas'udning ba'zi masalalardagi nodir so'zlarini kitobga kirgizishdan saqlaning, uni ommabop qilib yozing” – dedi. Kitob ta'lif qilinib, Abu Ja'far al-Mansurga taqdim qilinganda, u Imom Molikka: “Men bu kitobingizni Ka'baga osib qo'ymoqchiman, uni butun Islom olamiga tarqatib, ixtiloflarga chek qo'yish uchun odamlarni yolg'iz shu kitobga amal qilishlariga majbur qilmoqchiman” – dedi. Shunda Imom Molik: “Yo'q, unday qilmang, chunki sahobalar er yuzi bo'ylab tarqalib ketganlar. Ular men kitobga kiritgan Hijoz aholisining hadislaridan boshqa hadislarni ham rivoyat qilishgan. Odamlar o'sha hadislarni ham olganlar. Siz ularni o'z hollariga qo'ying” – dedilar.

Barcha hadis kitoblarida keltirilgan ushbu mashhur voqea asrlar davomida faqihlarimizni yangidan-yangi ilmiy cho'qqilarga, izlanishlarga chorlashi bilan birga, Qur'oni karim oyatlari, boshqa hadislar bilan bir qatorda fiqh ilmiga hujjat va dalil bo'lib kelmoqda. Keyinchalik zabardast ulamolar tomonidan sahobiy va tobeinlarning fatvolari jamlanib, ularni tahlil qilish orqali yangi mazhablar vujudga keldi va bu mazhablar mazhab sohibining nomi bilan atala boshladi. Hususan, Ko'fada Hanafiy, Madinada Molikiy, Misrda Shofe'iy va Bog'dodda Hanbaliy mazhablari paydo bo'ldi. Tarix nuqtai nazaridan qaralsa, bu to'rt mazhab ham bir-biri bilan bog'liq, mazhab egalari o'zaro bevosita yoki bilvosita bir-birlariga ustoz yoki shogird bo'lishgan. Masalan, Abu Hanifa Imom Molik bilan ko'rishgan, Imom Molik Imom Shofe'iyga ustozlik qilgan, Imom Shofe'iy esa Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan bevosita munozaralar qilgan. Shuningdek, Imom Shofe'iy Ahmad ibn Hanbalga ustozlik qilgan. Lekin shunga qaramay, har bir mujtahidning mazhab tuzishda o'ziga xos ilmiy yo'nalishi bo'lgan.

Mazhablar o'z tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida dinning yaxlitligi, musulmonlarning hamjihatligi, o'zaro inoqligi va birligini ta'minlashda eng muhim omil sifatida kurashib kelgan. U musulmonlar orasidagi har qanday firqachilikka qarshi bo'lib, qavmning diniy e'tiqod belgilari bo'yicha guruhlarga bo'linish g'oyasini hech qachon tan olmagan. Garchand turli oqim va firqalar har doim islom dini yaxlitligini buzishga urinib kelgan bo'lsada, hech qachon buning uddasidan chiqolmaganlar. Bu muvaffaqiyatning zamirida ham shu ahli sunna ulamolari keltirgan dalil va asoslarning mustahkam va to'g'riligi asos bo'lib xizmat qilgan. Musulmonlar ommasiga ushbu haqiqatlarni tushuntirib berish bemazhablik avj olgan hozirgi davrda ayniqsa muhimdir.

Mazhablar Qur'oni karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari asosida ijtihod qilib, sahobiy va tobeinlar fatvolariga muvofiq ravishda topilgan Alloh roziligiga erishtiruvchi, haqiqiy to'g'ri yo'ldir.Alloh taoloning eng oxirgi va mukammal, qiyomatgacha boqiy qoluvchi, barcha zamon va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodat yo'lini ko'rsatib beruvchi din Islom ekanini yaqindan anglaymiz. Mazhablar to'la ma'noda birlik, birdamlik, birodarlik ramzi ekanini anglab olmog'imiz darkor.

 

 

U.Madaminov  

Bog'ot tumani “Nazar ota” masjidi imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi

09.04.2026   6271   1 min.
Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish islohotlari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan diniy soha xodimlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, imom-xatiblar va imom-noiblarining kundalik ish faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari monitoringi KPI (samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari) platformasi orqali nazorat qilinmoqda.
 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 9 aprel kuni Andijon viloyatida shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda masjid hujjatlariga mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov va Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Sherxonovlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar imom-xatiblarning ilmiy va kasbiy mahoratini oshirish, faoliyatdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish jarayonini tizimli tashkil etishda KPI platformasidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.

Muslimun.uz 

Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi Imom-xatiblarga KPI platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi
O'zbekiston yangiliklari