Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Milliy totuvlik – tinchlik omili

21.05.2021   3513   8 min.
Milliy totuvlik – tinchlik omili

Olam yaralganidan buyon kishilar o'zaro hamkorlikka intilgan. Negaki, buni hayotning o'zi taqozo etgan. Albatta, insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlaboq, o'zganing ko'magiga muhtoj bo'lgan. Aslida, hamkorligu hamjihatlikda hikmat bor. Undan nafaqat moddiy balki, ma'naviy rag'bat olingan.

Diniy bag'rikenglik, do'stlik va hamjihatlik, do'stona munosabatlar odamiylikning oliy namunasidir. Sir emas, o'tgan ajdodlarimiz o'z avlodlariga bu borada mislsiz katta ma'naviy meros qoldirgan.

Zero, ahillikda ma'no va hikmat jamuljamdir. Yaratgan er yuzida yashovchi insonlarga diniy va milliy qarashlarida tenglikni ravo ko'rgan. Islomda barcha millat va elatlarning teng huquqliligi, mukarramlik faqat taqvoda ekani haqida Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: ya'ni “Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz  sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol ( Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir”.

(Hujurot surasi,13-oyat).

Davlat rahbari “Biz jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiramiz. Bu borada 30 iyul' - “Halqaro do'stlik kuni” munosabati bilan yurtimizda birinchi marta “Do'stlik haftaligi”ni  va “Do'stlik” xalqaro forum-festivalini o'tkazishni taklif etaman. Mamlakatimizda “jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qoladi”, deb ta'kidlab o'tgandi.

Yurtimizda turli millatu elat vakillari do'stona, birodarlikda, tinchlik-totuvlikda yashab kelmoqda. Bilasizki, ota-bobolarimiz yurtimizdagi o'zga din vakillariga mudom bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lishgan. O'z navbatida ular ham o'lkamizni o'z Vatani sifatida qabul qilishib, diyorimizning rivojlanishi yo'lida o'z mehnatlari bilan xizmat qilganliklariga guvohmiz.

O'zbekiston aholisi 33 milliondan oshib ketdi. Ular orasida esa 130dan ortiq  millat vakillari bor. Yurtimiz fuqarolarning 94 foizdan ko'prog'i muqaddas  Islom diniga e'tiqod qiladi. 3,5 foiz aholi esa pravoslav diniga mansubdir. Aholining qolgan qismi boshqa dinga mansub hisoblanadi. Yurtimizda ko'plab diniy tashkilotlar ham faoliyat olib borayotganligi ozod va obod hayotda yashayotgan xalqimiz bag'rikengligining amaliy ifodasi bo'lib hisoblanadi.

So'ngi yillarda yurtimizda do'stona amaliy hamkorlik, o'zaro birodarlik borasida ko'plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha Kengashining beshinchi Sammitida “Eng muhimi, bugungi kunda jahon ishonch inqiroziga yuz tutmoqda. Zero, mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi ishonch xavfsizlik va barqarorlikning eng muhim shartidir”,  deya alohida e'tirof etgan edi.

Ming afsuski, guruch kurmaksiz bo'lmaydi, deganlaridek, keyingi paytlarda millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, o'zaro do'stlik-birodarlikka salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar ham uchrab turmoqda.

Barchamizga ma'lum bo'lgan bir kalima she'r bor:

Samarqand sayqali ruyi zamin ast,

Buxoro quvvati islomi din ast.

Azizlar, e'tibor bergan bo'lsangiz, bu satrdagi she'rning mazmun va ma'nosini barchamiz juda yaxshi anglaymiz. Va shu barobarida qalbimizda cheksiz faxr to'yamiz. Negaki, ushbu satrlar misoli qo'yosh kabi butun olamga porlagan kabi ma'lum bo'lgan. Forsiy bitilgan ushbu she'r zaminimizning naqadar ulug'langanligini beixtiyor qalblarimizga huzur bilan birga halovat ham baxshida etadi. Ajdodlarimizning arab tilida bitgan ilmiy asarlari va forsiyda yozgan she'rlari butun insoniyatni lol qoldirganligini tarixdan ma'lum. Bu esa diyorimizda turli millat vkillarining bir tanu bir jon bo'lib yashaganligidan dalolatdir.

Vatan-ostonadan boshlanadi. Shunday ekan, oila tinch bo'lsa, yurt rivoj topadi. Jamiyatimizda diniy va ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash yo'lida keng qamrovli xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Elimizning o'ziga xos mehr-oqibat, ahillik, o'zaro totuvlik singari fazilatlarni o'zga millat vakillariga ibrat va namuna sifatida namoyish etilmoqda.

Payg'ambarimiz sallohu alayhi vassalam hadislarining birida shunday dedilar: ya'ni: “Bir-biringizga hasad qilmanglar, molning narxini yolg'ondan ko'tarmanglar, bir-biringizga bug'zu – adovot qilmanglar, bir-biringizdan yuzingizni burmanglar, hech biringiz boshqaning savdosi ustiga savdo qilmasin, Allohning birodar bandalari bo'linglar! Musulmon – musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni yordamsiz tashlab qo'ymaydi, uni tahqirlamaydi. Taqvo mana bu joydadir, deb, uch marta ko'kraklariga ishora qilib aytdilar. Kishining musulmon birodarini tahqirlashi uning yomonligiga kifoya qiladi. Har bir muslmonga musulmonning qoni, moli va obro'yi haromdir.” (Imom Muslim rivoyatlari.)  

Poytaxtimizning Mirobod tumanida ham millatlararo totuvlik masalasida bir qator xayrli ishlar bajarilmoqda. Mutasaddi idoralar hamkorligida aholi orasida turli uchrashuvlar va suhbatlar tashkil qilinyapti. Suhbatlar davomida turli millat vakillarini totuvlik va ahillikka undovchi diniy bag'rikenglik borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu borada ayniqsa, tuman imom xatibi boshchiligida ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar peshma pesh olib borilayotgani tahsinga loyiqdir. Joylarda tuman imom xatibining ma'rifiy tadbirlarni o'tkazilishi aholi orasida katta qiziqish o'yg'otmoqda. Qayd etish lozimki, inson diniy qarashlari har xil bo'lsa-da, uning yaratganning oldida bir xil maqomda ekanligi va barchamiz insoniyat rivoji va uning kamoli uchun eng shimarib xizmat qilishimiz zarurligi mazkur suhbatlar davomida alohida uqtirilmoqda. Va bu borada turli hikoyatlar bilan birga rivoyatlarni amaliy misollarni keltirgan holda, tushuntirishib berilmoqda. Bu esa o'z navbatida millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlashda o'ziga xos zamin vazifasini o'tamoqda.

Mamlakatimizdagi mavjud tinchlik va osoyishtalik turgan gapki, turli millat va xalqlarning o'zaro inoqligiga asoslangan. Bu haqida Prezident “O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida o'z an'analariga doimo sodiq bo'lib, bu yo'ldan hech qachon og'ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o'rtasida o'zaro hurmat, do'stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e'tibor qaratiladi. Bu–bizning eng katta boyligimiz va uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir”, deya ta'kidlagandi.

Mirobod tumanida ham yuqoridagi vaziyatlarni inobatga olgan holda, tegishli idoralar hamkorligida millatlararo totuvlik borasida bir qator xayrli ishlar  amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman imom xatibi turli diniy e'tiqod vakillari bilan birga hamkorlik asosida ishlar ekan, ularga dinimizning naqadar olijanob va bag'rikengligini  amaliy misollar bilan ko'rsatmoqda.

So'zimizning isboti sifatida, tumandagi “Baynalmilal” mahallasida 5200 aholi va 1470 xonadon mavjud bo'lib, u erda yuzga yaqin millat vakillari ahil va inoq bo'lib hayot kechirishayotganligi alohida qayd etmog'imiz zarur. Bu erdagi aholi bir birining holidan xabar olib, yaxshi- yomon kunlarida elkadosh bo'lib yashamoqdalar. Shu o'rinda, turli bayram va shodiyonalarda bir birining holidan xabar olish hamda boshiga musibat tushganida yanada bir bo'lib, hamkorlikda millat va e'tiqodidan qat'iy nazar  beminnat ko'mak berish holatlari kishi qalbiga quvonch bag'ishlashi dillarni yayratadi.

 Odil Holmurodov

 Mirobod tumani  “Al-Badr” jome masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   4273   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari