Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Davriy nashrlarda: Taraqqiyotdan to'suvchi illat

19.05.2021   2275   4 min.
Davriy nashrlarda: Taraqqiyotdan to'suvchi illat

Islom dini insonni doim ezgulikka chaqiradi. Uni kamolot sari chorlab, yaxshilikka etaklaydi. Pirovardida Yaratganning roziligini topib, dunyo va oxiratning baxtu saodatiga erishish uchun jamiyat bilan adolatda bo'lishga targ'ib etadi. 

Alloh taolo: «Ey imon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh bo'ling» (Moida surasi, 8-oyat), deb amr qilgan. Adolat nafaqat Islomning, balki har qandaĭ jamiyatning asosiĭ mezonidir. Shuning uchun Rabbimiz bizlarni doimo adolatga buyuradi: «Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadi va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytaradi. U sizlarga va'z qilur. Shoyad, eslasangiz» (Nahl surasi, 90-oyat).  

Adolatning asosiĭ kushandasi poraxŭrlikdir. U qaĭsi jamiyatda avj olsa, ŭsha joĭda inson huquq va manfaatlari poĭmol bŭlaveradi. Undaĭ jamiyatda na bandaning haqiga, na jamoatning haqiga rioya qilinmaĭdi. Poraxŭrlik insonni, jamiyatni taraqqiyëtdan tŭsadi.

Muhtaram Yurtboshimiz Oliĭ Majlisga Murojaatnomasida aĭni shu masalaga jiddiĭ e'tibor qaratib, jumladan, bundaĭ ta'kidladi: “Meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat – korruptsiya balosi... Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi kŭp jihatdan tŭrtta muhim omilga – ya'ni, qonun ustuvorligini ta'minlash, korruptsiyaga qarshi qat'iĭ kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog'liq”.

Islomning gurkiragan davriga nazar solsak, insonparvarlikning asosiĭ mezoni adolatda barqaror bŭlganini kŭramiz. Adolat shu darajada qaror topgan ediki, bunda xalqu rahbariyat, musulmonu nomusulmon barchasi teng kŭ rilardi.

Rivoyat qilinishicha, Umar ibn Hattob roziĭ allohu anhu Ubaĭ ibn Ka'b roziĭallohu anhu bilan bahslashib qoldi. Hukm chiqarish uchun Madinai munavvara qozisining oldiga borishdi. Qozi ularning oldiga chiqar ekan:

– Assalomu alaĭ kum, eĭ mŭminlarning amiri, – deb Umar roziĭ allohu anhuga iltifot kŭrsatdi. Sŭng unga Ubaĭ ibn Ka'b roziĭallohu anhudan kŭra yuqoriroqdan joĭ berdi. Ubaĭ ibn Ka'bni ŭng tomoniga ŭtirg'izdi-da, yana xalifaga yuzlandi:

– Eĭ mŭminlarning amiri, afv etgaĭ siz.. Shunda xalifa g'azablanib, qoziga qattiq dashnom berdi:

– Qachondan beri ŭzboshimcha bŭlib qolding! “Eĭ mŭminlarning amiri, mana bu joĭga ŭtiring, afv etgaĭsiz”, deĭsan!

Ular boshqa qozini hakam qilishdi...

Bu illat butun xalqqa – ziyëli, oddiĭ ishchi ëki maktab ŭquvchisi – barchaga teng ofat keltiruvchi balodir. Har qandaĭ jamiyatda poraxŭrlikni ĭŭqotib, adolat tiklanmas ekan, u jamiyatda taraqqiyët, osoĭishtalik mustahkam asosga ega bŭla olmaĭdi.

Poraxŭrlikka qarshi kurashish nafaqat mas'ullar, balki jamiyat a'zolarining ham birlamchi burchlaridandir.

Shahobiddin PARPIYeV, 
Asaka tumani bosh imom-xatibi
 

“Hidoyat” jurnalining 4-sonidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   6349   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari