Islom dini insonni doim ezgulikka chaqiradi. Uni kamolot sari chorlab, yaxshilikka etaklaydi. Pirovardida Yaratganning roziligini topib, dunyo va oxiratning baxtu saodatiga erishish uchun jamiyat bilan adolatda bo'lishga targ'ib etadi.
Alloh taolo: «Ey imon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh bo'ling» (Moida surasi, 8-oyat), deb amr qilgan. Adolat nafaqat Islomning, balki har qandaĭ jamiyatning asosiĭ mezonidir. Shuning uchun Rabbimiz bizlarni doimo adolatga buyuradi: «Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadi va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytaradi. U sizlarga va'z qilur. Shoyad, eslasangiz» (Nahl surasi, 90-oyat).
Adolatning asosiĭ kushandasi poraxŭrlikdir. U qaĭsi jamiyatda avj olsa, ŭsha joĭda inson huquq va manfaatlari poĭmol bŭlaveradi. Undaĭ jamiyatda na bandaning haqiga, na jamoatning haqiga rioya qilinmaĭdi. Poraxŭrlik insonni, jamiyatni taraqqiyëtdan tŭsadi.
Muhtaram Yurtboshimiz Oliĭ Majlisga Murojaatnomasida aĭni shu masalaga jiddiĭ e'tibor qaratib, jumladan, bundaĭ ta'kidladi: “Meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat – korruptsiya balosi... Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi kŭp jihatdan tŭrtta muhim omilga – ya'ni, qonun ustuvorligini ta'minlash, korruptsiyaga qarshi qat'iĭ kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog'liq”.
Islomning gurkiragan davriga nazar solsak, insonparvarlikning asosiĭ mezoni adolatda barqaror bŭlganini kŭramiz. Adolat shu darajada qaror topgan ediki, bunda xalqu rahbariyat, musulmonu nomusulmon barchasi teng kŭ rilardi.
Rivoyat qilinishicha, Umar ibn Hattob roziĭ allohu anhu Ubaĭ ibn Ka'b roziĭallohu anhu bilan bahslashib qoldi. Hukm chiqarish uchun Madinai munavvara qozisining oldiga borishdi. Qozi ularning oldiga chiqar ekan:
– Assalomu alaĭ kum, eĭ mŭminlarning amiri, – deb Umar roziĭ allohu anhuga iltifot kŭrsatdi. Sŭng unga Ubaĭ ibn Ka'b roziĭallohu anhudan kŭra yuqoriroqdan joĭ berdi. Ubaĭ ibn Ka'bni ŭng tomoniga ŭtirg'izdi-da, yana xalifaga yuzlandi:
– Eĭ mŭminlarning amiri, afv etgaĭ siz.. Shunda xalifa g'azablanib, qoziga qattiq dashnom berdi:
– Qachondan beri ŭzboshimcha bŭlib qolding! “Eĭ mŭminlarning amiri, mana bu joĭga ŭtiring, afv etgaĭsiz”, deĭsan!
Ular boshqa qozini hakam qilishdi...
Bu illat butun xalqqa – ziyëli, oddiĭ ishchi ëki maktab ŭquvchisi – barchaga teng ofat keltiruvchi balodir. Har qandaĭ jamiyatda poraxŭrlikni ĭŭqotib, adolat tiklanmas ekan, u jamiyatda taraqqiyët, osoĭishtalik mustahkam asosga ega bŭla olmaĭdi.
Poraxŭrlikka qarshi kurashish nafaqat mas'ullar, balki jamiyat a'zolarining ham birlamchi burchlaridandir.
Shahobiddin PARPIYeV,
Asaka tumani bosh imom-xatibi
“Hidoyat” jurnalining 4-sonidan
Iordaniyaning nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.
Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati