Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Ramazon oyida Payg'ambarimizning amallari qanday bo'lgan?

03.05.2021   8355   4 min.
Ramazon oyida Payg'ambarimizning amallari qanday bo'lgan?

Har qanday musulmon borki, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga ergashishga va unga to'liq amal qilishga urinadi. Chunki, Alloh taolo o'z oyati karimasida u zotni maqtab shunday deydi: 

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا

Batahqiq, sizlar uchun–Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo'lganlar uchun va Allohni ko'p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go'zal o'rnak bor edi. (Ahzob surasi 21-oyat).

Biz siz azizlarga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyini qanday o'tkazganliklarini qisqacha keltirib o'tmoqni niyat qildik.

Ho'p, bu oyda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qanday amallar bilan mashg'ul bo'lganlar?

Quyida sizga u zotning bu oyda qilgan amallarning ba'zilarini keltirib o'tamiz:  

- Saharlikni ohirgi vaqtigacha kechiktirar, iftorlikni tezlashtirar edilar. Sahobalarni ham shunday qilishga buyurar edilar. Ya'ni iftorlikni Quyosh botishi bilan qilar edilar.  Lekin ba'zi musulmonlarda iftorlikni shom namozidan keyin hatto, hufton namozigacha kechiktirib xatoga yo'l qo'yadilar. Huddi shuningdek, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni saharlik qilishga undar edilar.

   - Quyomul Layl ( tungi namoz)ni ko'paytirar edilar.

   - Qur'on qiroat qilishni ziyoda qilar edilar. Har Ramazon oyida Qur'oni Karimni Jabroil alayhissalomga bir marotaba o'qib berar edilar.

   - Alloh yo'lida ko'plab Hayr-ehson qilar edilar. Vaholanki, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng saxiysi edilar. Lekin u zotning saxiyliklari bu oyda yana ham ziyoda bo'lar edi.

   - Fitr sadaqasini iyd namoziga chiqishdan oldin berar va sahobalarni ham shunga buyurar edilar.

عَن ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنهما قَالَ: "فَرَضَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ زَكَاةَ الْفِطْرِ مِنْ رَمَضَانَ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ عَلَى الْعَبْدِ وَالْحُرِّ، وَالذَّكَرِ وَالْأُنْثَى، وَالصَّغِيرِ وَالْكَبِيرِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ". رَوَاهُ البخاري

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini qulga ham, hur insonga ham, erkak-ayol, katta-kichik musulmonlarga bir so' hurmo va arpadan berishni  farz qildilar”.( Imom Buxoriy rivoyati).

   - oxirgi o'n kunlikni ko'proq ibodat bilan o'tkazar edilar. 

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: "كَانَ رَسُولُ اللهِ ﷺ إِذَا دَخَلَ العَشْرُ أَحْيَى اللَّيْلَ، وَأَيْقَظَ أَهْلَهُ، وَشَدَّ المِئْزَرَ"  

Oyisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonning ohirgi o'n kunligi kirganda kechalarni bedor o'tkazar, ahllarini ham uyg'otar va izorlarini shimarar edilar”. (Imom Muslim rivoyati).

 Ba'zilar hadisdagi «izorlarini shimarar edilar » degan gapni, ibodatga ko'proq vaqt bo'lishi uchun ayollaridan tiyilar edilar deb tafsir qilishgan. Ba'zilar esa ibodatga qattiq kirishganlaridan kinoya tarzda keltirilyapti deganlar.

   - Oxirgi o'n kunligida e'tikof o'tirar edilar. Bu payt ayollardan va barcha ishlardan uzoqlashib, vaqtlarini zikr, tavba va ibodatlar bilan o'tkazar edilar.

 Alloh taolo barchamizni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga mukammal tarzda ergashuvchi va qiyomatda shafoatlariga sazovor bo'luvchi bandalardan qilsin.

 

Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Toshkent Islom instituti  talabasi

Muhammad Ali Muhyiddin.

Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   37764   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV