Bir amalga 700 daraja mukofot!
O'zbekiston musulmonlari idorasining «Muslim.uz» ijodkorlari «Islomiy motivatsiya» nomli yangi loyihani taqdim etadi.
Toshkent shahridagi "Dorul omon" jome masjidi imom-xatibi Abdulxamid domla Jumanov tomonidan dinimizdagi amallarning fazilatlari, ularga beriladigan ajr-savoblar miqdori, dunyo va oxiratda erishiladigan darajalar haqida so'z yuritiladi.
Alloh taolo ushbu loyihani muvaffaqiyatli etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati